«Nilufar guli» sxemasini tuzish bo‘yicha o‘quv topshirig‘iga yo‘riqnoma
O’quv topshiriqda ko‘rsatilgan muammoni hal etish vositalarini topish uchun:
O’zida nilufar guli qiyofasini mujassam etgan sxemani chizing. Uning asosini 9 ta katta kvadratlar tashkil etib, ularning har biri o‘z navbatida to‘qqizta kichik kvadratdan iborat;
asosiy muammoni markaziy kvadratning markaziga yozing. Uni hal etish g‘oyalarini markaziy kvadrat atrofida joylashgan qolgan sakkizta kvadratlarga yozing;
har bir ushbu sakkizta g‘oyani markaziy kvadrat atrofida joylashgan sakkizta katta kvadrat markaziga o‘tkazing, boshqacha aytganda, nilufar gulidan uning gul bargiga o‘tkazing. Shunday qilib, ular har biri, o‘z navbatida, yana bir muammo sifatida qaraladi.
6. Axborot texnologiyalarini va darslarda texnik vositalaridan foydalanishni o‘rganish bo‘yicha
Ta’lim portallari hamda sohaga oid internet saytlari bilan tanishdim va Ta’lim portallari hamda sohaga oid internet saytlari katalogini tuzdim (ilova qilinadi).
Ilova-7
Ta’limga oid internet saytlari katalogi:
www.oak.uz – Oliy attestatsiya komissiyasining sayti
www.edu.uz – Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining portali
www.uzedu.uz – Xalq ta’limi vazirligining portali
www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati portali
www.press-service.uz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
www.uza.uz – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi sayti
www.natlib.uz – O‘zbekiston Milliy kutubxonasi sayti
www.dtm.uz – Davlat test markazi sayti
www.lex.uz – Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi
www.istedod.uz – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi sayti
http://94.141.66.245/malaka/ – “Iste’dod” jamg‘armasi masofali ta’lim portali
www.eduportal.uz – axborot-ta’lim resurslari portali
www.multimedia.uz – multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi
www.rtm.uz – Respublika ta’lim markazi
www.markaz.uz – Respublika Oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi
www.uzscience.uz – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi sayti
www.ccitt.uz – O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi sayti
www.bimm.uz – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi sayti
www.layoqat.bimm.uz - Fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqatini aniqlash bo’yicha test sinovlarini oʻtkazish electron tizimi (test oʻtkazish muddati, jadvali)
http://bimm.uz/portfolio/ - Oliy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilarining "Elektron portfolio" tizimi (OTMning malaka oshirgan pedagoglari haqida ma’lumotlar)
http://markazlar.bimm.uz/ - masofaviy malaka oshirish tizimi.
www.uzinfocom.uz/uz - Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi sayti
www.id.uz – yagona identifikatsiya tizimi (ID.UZ)
www.uz – milliy qidiruv tizimi (WWW.UZ)
www.ref.uz – turli referatlar sayti
Kafedrada o‘quv mashg‘ulotlarida foydalaniladigan texnik vositalar bilan tanishdim. Bakalavriat yo‘nalishi o‘quv jarayonida foydalaniladigan texnik vositalar ro‘yxatini shakllantiradim va vazifalarini o‘rgandim.
Ta’limning Texnik Vositalari - bu o‘zida o‘quv- axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir.
Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar; proyektorlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar.
Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: axborot; aralash(kombinatsion); trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar.
Ta’ limning texnik vositalari quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;
o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;
o‘quvchilarni idrok qilishga yo‘naltiradi;
o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;
dunyoqarashni,ishonchni,o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;
o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;
bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.
7. Talabalarning mustaqil bilim olishini tashkiliy va o‘quv-uslubiy ta’minotini o‘rganish bo‘yicha
O’z.R OO’MTVning “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i, 26.09.2018-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3069 hamda “Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2009 yil 14 avgustdagi 286-sonli buyrug‘ini o‘rgandim.
TMI – o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlar bo‘yicha, uning uslubiy ko‘magida, ammo bevosita ishtirokisiz (talabaning yetakchilik o‘rnini inkor qilmagan holda, o‘qituvchining qisman ishtiroki ham mumkin) auditoriyadan tashqarida bajariluvchi rejali tavsifga ega bo‘lgan talabaning o‘quv, o‘quv-tadqiqot va ilmiy-tadqiqot faoliyatidir.
Ta’lim tizimini samaradorligini o‘qituvchi saviyasi, talaba ehtiyoji, o‘quv adabiyotlari mazmuni hamda mustaqil ta’limni shakllantirishga qaratilgan infratuzilma bevosita ta’minlab beradi. demak ilg‘or kadrlarni tayyorlash, ularni mehnat bozori talablariga muvofiq raqobatdoshligini oshirish, ijodiy fikrlaydigan mutaxassislarni etishtirish o‘quv dargohlarida yo‘lga qo‘yilgan ta’lim berish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yilning 8-oktabridagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni imzolandi. Ushbu muhim dasturilamal hujjatda “…oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit modul tizimiga o‘tkazish” masalalari vazifa qilib qo‘yildi.
Kredit-modul tizimi zamonaviy ta’limning eng takomillashgan shakli sanaladi.
Kredit-modul tizimiga ko‘ra o‘quv mashg‘ulotlari shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari va talabaning mustaqil o‘qib o‘rganishiga asoslanadi.
Kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ishining ikki turi ajratiladi:
- auditoriyada – bu bevosita o‘qituvchi rahbarligida bajariladigan mustaqil ishlar;
- auditoriyadan tashqari – o‘qituvchi tomonidan berilgan, lekin uni ishtirokisiz talaba tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar.
Talabalarning auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ishlari mazmuni o‘quv fani ishchi dasturida ko‘rsatilgan, tavsiya etilayotgan o‘quv topshiriqlari asosida belgilanadi.
Talaba va o‘qituvchilarda ushbu umumiy o‘qish yuklamasining aynan qancha qismi dars, auditoriya soatlariga to‘g‘ri keladi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Kredit modul qoidalari bu masala bo‘yicha aniq talab yoki chegara belgilanmagan.
Bunga ko‘p sabablarni keltirish mumkin. Masalan, ta’lim jarayonlari yoki modul har doim ham o‘z tarkibiga auditoriya soatlarini qamrab olavermaydi. Bunga misol qilib o‘quv dasturidagi bitiruv amaliyoti, diplom ishi va shu kabi o‘qish elementlari va modullarni keltirishimiz mumkin. Ko‘rib turganingizdek, bunday o‘qish elementlarida auditoriya soatlari bo‘lmaydi. Lekin kredit-modul tizimida faoliyat yuritadigan universitetlar amaliyotini tahlil qilganimizda, ularning aksariyatida auditoriya soatiga ega bo‘lgan fan va modullarda auditoriya va mustaqil o‘qish soatlari nisbati o‘rtacha 40 foizga 60 foiz ekanligini kuzatishimiz mumkin. Bu nisbat boshqacha qilib aytganda 1 : 1.5 to‘g‘ri keladi. Ya’ni, talaba muayyan fan bo‘yicha belgilangan har 1soat dars uchun unga darsdan tashqarida bir yarim soat mustaqil o‘qishi, tayyorlanishi kerak bo‘ladi.
IPI rahbarim tuzgan ishchi dasturlarda mustaqil ta’lim soatlarining ajratilishi va shunga mos holda mustaqil ta’lim mazmunining aks etishini o‘rgandim (ilova qilinadi).
Ilova-8
“Soliq va soliqqa tortish” fanidan mavzularning soatlarga taqsimlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |