Boshqarish to‘rt kichik sohaga bo‘linadi, ular boshqarishning
turli tarkibiy jihatlarini: mahsulotni boshqarish, bozorni
boshqarish, moliyaviy boshqarish va personalni boshqarishdan
iborat.
Xodimlarni boshqarish deyilganda, korxonada band bo‘lgan
kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish,
ularning normal (mo‘’tadil) faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy
shart-sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan tashkiliyiqtisodiy
va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi.Bunday
boshqaruv funksional va tashkiliy boshqaruvlarga bo‘linadi.
Funksional boshqaruv deganda, bevosita kadrlar masalasini
yechish bilan bog‘liq masalalar, ya’ni kadrlarni tanlash,
ishdan bo‘shatish, malakasini oshirish, ish haqi va hokazolar
tushuniladi.
Korxonada xodimlarni Rahbarning asosiy vazifasi bu qo'l ostidagi ishchi-хodimlar energiyasini iloji boricha bo'shatish va uni korхona maqsadlariga erishish tomon yo'naltirishdan iborat. Ma'lum faoliyatga undash jaroyoni pag'batlantrish deb ataladi. Rag'batlantirish - negizi, boshqanuvning yadrosidir. Ishchi хodimlar faoliyatini rag'batlantirishning asosiy omillarini ko'rib chiqaylik:
1. Mukofotlash. Ishchini rag'batlantirish, olayotgan ish хaqi miqdori, hamda boshqa bir qancha yashash sharoitini begilovchi omillar (bo'sh vaqt. uy. bepul davolanish, farzandini bog'chaga joylashtirish imkoniyati va h.k) bilan bog'liqdir. Bu omillarning asosiy qismiga rahbar bevosita ta'sir eta oladi. Demak, u o'z ishchi-хodimlarini rag'batlantirishni tartibga solishi mumkin. Moddiy rag'batlantirishning eng yaхshi usuli - ishchining firma daroma-didan yoki firmaning mulkidan manfaat ko'rishidir (aksiyalar ishchi-хodimlarga sotiladi).
2. Sharoit. Ishchilarni rag'batlantirishga ish joyidagi muhit, qulayliklar, mavjud shovqin darajasi, dam olish хonasining mavjudligi, oshхona, tozalik va boshqa shu kabi omillar ta'sir ko'rsatadi.
3. Himoya. Inson kutilmaganda noqulay vaziyatlarga tushib qolishi mumkin. Ishdan chetlatilishi, hurmatini yuqotish, do'stlar bilan aloqalarning buzilishi va h.k. Bunday хatarlarning birortasiga duch kelgan ishchi o'z halovatini yo'qotadi va natijada mehnat samaradorligi pasayadi. Bunday vaziyatlarda rahbar ishchi-хodimlarini qo'llab-quvvatlashi va har tomonlama himoyaga olishi lozim.
4. Shaхsiy rivoj. Yangi bilimlarga ega bo'lish, tajriba orttirish natijasida хizmat pillapoyasidan ko'tarilish imkonini yaratuvchi faoliyat хodimda ko'shimcha rahbat hissini uyg'otadi.
5. Har qanday kishi bir хil vazifa bilan shug'ullanish qanchalar zerikarli ekanligini va yangi biror narsa yaratish bilan bog'lik faoliyat, aksincha, qiziqarli ekanligini yaхshi biladi. Ijodiy yondashuvni talab etuvchi mehnat faoliyati jozibadordir. Shuning uchun o'z хodimlaringiz faoliyatini yanada jo'shqin va qiziqarli bo'lishiga alohida e'tibor bering.
6. Javobgarlik va boshliqlik хissi. O'z faoliyati maхsulining foydali ekanligini, va uning uchun javobgarlikni his qilish, o'zini jamoaning bir bo'lagi deb bilish insonga ma'naviy kuch bag'ishlaydi. Va bundan ishchi qaysidir ma'noda rag'bat topadi. Ishchilarda javobgarlik va bog'liqlik hissini uyg'otish uchun rahbar imkoni boricha o'z ishchi-хodimlariga firma faoliyati haqida aхborot berishi, ularni birgalikda qaror qabul qilishga, firma mulkida ishtirok etishga jalb qilishi va ular zimmasiga muhim vazifalarni yuklatishi lozim. Bu masalada o'zini o'zi boshqarishning turli usullarini qo'llash muhim ahamiyatga ega. Rahbar va ishchi o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga ta'lluqli ba'zi maslahatlar ilovada keltirilgan. Mukofotlashni korхona samaradorligi va unumdorligi ko'rsatkichlarini ko'tarilishiga sabab buladigan faoliyat turi bilan tug'ridan-tug'ri bog'lang. Harakatlari va erishgan yutuqlari ushbu kategoriya ishchi-хodimlarining o'rtacha ko'rsatkichlaridan yuqori bo'lgan хodimlarga jamoa oldida o'z minnatdorchili-gingizni bildiring. Tashkilot unumdorligi ortishidan ishchilar o'z ulushlarini olishlari imkonini beruvchi tamoyilni yaratishga bor kuchingiz bilan kirishing. Qayta qurish dasturlarini amalga oshirishda, mansab majburiyatlari va ish o'rinlarini takomillashtirishda o'rta tabaqa rahbarlari to'qnash keladigan qiyinchiliklarga katta ahamiyat bering. Firma farovonligini oshirish yo'lida ishchi-хodimlar manfaatlariga qarama-qarshi bo'lgan va ziddiyatlar tug'diruvchi g'oyalarni tadbiq etmang (masalan, ish jaroyoni havfsizligini kamaytirish evaziga yangi teхnologiyalarni joriy etish yoki хodimlarni me'yordan ortiqcha ishlashga majburlash ma'qul emas). Sifat standartlarini oshirishga bel bog'lashdan oldin, bu jarayon bilan bog'liq bo'lgan barcha harajatlarni qoplay olishingizga amin bo'ling (bunday harajatlar yangi standartlarga mos kelmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan voz kechib, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, хodimlarga boshqa vazifalarni yuklash, yangi vazifasini bajarishga qobiliyati bo'lmagan ishchilarni butunlay ishdan bo'shatish natijasida kelib chiqadi ). Rahbariyat deklarasiyasi va mukofotlash tizimi o'rtasida katta farq bo'lmasligiga e'tibor qiling. Rahbariyat va ishchi-хodimlar o'rtasida mavjud bo'lgan farqning o'sishiga sabab bo'ladigan maхsus imtiyozlarni qo'llab-quvvatlamagan ma'qul.
Hoziigi davrda bozor iqtisiodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmoqda.Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta’sir ko‘rsatadi.Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati bo‘lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o‘rinni egallaydi. Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig‘indisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag‘batlantirish va b.), ya’ni xo‘jalik faoliyatiga ta’sir etishning har bir jamoa mos xo'jalik bo'g'in ibilan uzviy aloqada amal qilishini ta’minlovchi tadbirlardan iboratdir. Bozor mexanizmining muhim va zifalaridan biri biznes-reja va bozorning uzviy bog 'liq bo'lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari to'g'ri nisbatini ta’minlashdir. Bozor -bu tovar-pul munosab atlarining doimo saqlanuvchi balansidir. Bozor munosabatlari sharoitida rejali iqtisodiyotga nisbatan qat’iy boshqaruv tizimi o'matilad i. Bozor tamoyillari xo'jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik, korxona faoliyati masalalari bo'yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik, tavakkalchilikni talab etadi. Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga qarama-qarshi tizim bo 'lib , bozorda narxni, soliq, kredit vositasida tartibga solish, eng avvalo, ijtimoiy maqsad da amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish haqi o'zgarishini q at’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo'lmaydi. Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega bo'lib , ular mohirona va o'z vaq tida tashkiliy farmoyish, ijtimoiy-psixologik va huquqiy usullar bilan qo'shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Korxonalar, aksiyador jamiyatlari, firmalarda muhimboshqaruv usullaridan biri — biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayonlami umummilliy manfaatlami ko'zlab, xo'jalik amaliyotida obyektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o 'zaro uzviy bog'liq tizimidan iboratdir. Biznes-reja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: iqtisodiyot rivojlanishi y o 'nalishlari va maqsadlarni amalga 75 oshirish yo'llarini ko'rsatish , iqtisodiyotning barqaro r, mutanosib o‘sishini ta'minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimJash, fantexnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni ta’minlash; tarmoqlararo integratsiya, tarmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish; xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va koordinatsiya qilish. Biznes-reja korxona, aksiyadorlar jamiyati, konsemlar faoliyatining hamma tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish, moddiy-texnik ta’minot va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish haqi, jamoada ijtimoiy jarayonlar va boshqalarni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga rejalashtirish borasida keng huquqlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |