Asoslarni formulasini tuzish.
Metalni belgisi keyin gidroksid guruhi yozilib, metal valentligi indeks sifatida yoziladi. Masalan:
Asoslarni nomlash
Metalni nomiga gidroksid so’zi qushib birikmalarning nomi yasaladi. Agar metall o’zgaruvchan valentli bo’lsa, element nomidan keyin qavs ichida uning valentligi rim raqamida ko’rsatiladi.
|
|
|
Natriy gidroksid –
Mis (II) gidroksid –
Xrom (III) gidroksid –
Temir (III) gidroksid –
Magniy gidroksid –
Alyuminiy gidroksid –
Nikel (III) gidroksid –
Rux gidroksid –
Kaltsiy gidroksid –
Qalay (II) gidroksid –
|
|
NaOH
Cu(OH)2
Cr(OH)3
Fe(OH)3
Mg(OH)2
Al(OH)3
Ni(OH)3
Zn(OH)2
Ca(OH)2
Sn(OH)2
|
|
Al(OH)3 –
Cu(OH)2 –
KOH –
Cr(OH)3 –
Fe(OH)3 –
Mg(OH)2 – Ni(OH)3 –
Zn(OH)2 –
Ca(OH)2 – NaOH –
|
|
Alyuminiy gidroksid
Mis (II) gidroksid
Kaliy gidroksid
Xrom (III) gidroksid
Temir (III) gidroksid
Magniy gidroksid
Nikel (III) gidroksid
Rux gidroksid
Kaltsiy gidroksid
Natriy gidroksid
|
|
Nomlanishi.
Agar mеtall bitta gidrooksid hosil qilsa,to'g`ridan to'g`ri mеtall nomi aytilib, oxiriga gidrooksid so'zi qo'shiladi. Masalan: NaOH-natriy gidrooksid; Ca(OH)2 - kaltsiy gidrooksid.
Agar mеtall ikki yoki undan ortik gidrooksid hosil qilsa mеtall nomi aytilib, kеyin mеtallning valеntligi rim raqami bilan yozilib, oxiriga gidrooksid so'zi qo'shiladi. Masalan Fe(OH)2 -tеmir(II)-gidrooksid; Fe(OH)3 - tеmir (III) gidrooksid.
Asoslarda kislorod atomi bitta valеnti bilan mеtall atomiga, ikkinchi valеnti bilan vodorod atomiga birikadi. Masalan: KOH (K-O-H), Mg(OH)2 (H-O-Mg-O-H) va hokazo.
2.ASOSLARNING OLINISH USULLARI.
Asoslar bir nеcha usullar yordamida olinadi. Masalan:
1). Aktiv mеtallarni suvga ta'sir ettirib :
2Na+2H2O=2NaOH+H2; Ca + 2H2O = Ca(OH)2 +H2
2) Asosli oksidlarga suv ta'sir ettirib:
Na2O + H2O =2NaOH, CaO + H2O = Ca(OH)2
3) Suvda yomon eriydigan asoslar olish uchun ularning tuzlarga ishqor ta'sir ettiriladi:
CuSO4 + 2NaOH = Cu(OH)2 + Na2SO4
FeCl3 + 3NaOH = Fe(OH)3 + 3NaCl
MgCl2 + 2NaOH =Mg(OH)2 + 2NaCl
Bu usul bilan suvda yaxshi eriydigan asoslar ham olish mumkin. Bunday hosil bo’layotgan tuz suv va ishqorda erimaydi. Masalan:
Na2CO3 + Ca(OH)2 = 2NaOH + CaCO3
K2SO4 + Ba(OH)2 = BaSO4 = BaSO4 + 2KOH
Ba'zan tuzlar eritmasini elеktroliz qilish bilan ham asos hosil qilinadi. Osh tuzi yoki xlorid eritmasidan o’zgarmas to’k o’tkazilsa, katodda vodorod, anodda esa xlor ajralib chiqadi, eritmada natriy yoki kaliy gidroksid qoladi. Eritma bug’latilsa qattiq xoldagi NaOH yoki KOH olinadi.
Kimyoda asos vodorod ionlari (protonlar) ni qabul qila oladigan, yoki keng aytganda, elektron juftlarini bera oladigan moddadir. Eruvchan asosga, agar u gidroksid ionlariga (OH-) ega boʻlsa va ularni qoʻyib yuborsa, ishqor deyiladi. Bronsted-Lowry (talaffuzi: Broʻnsted-Louri) nazariyasi asoslarni proton akesptorlari, Lewis (talaffuzi: Luis) nazariyasi esa elektron juftlari donorlari, deydi. Eski Arrhenius (talaffuzi: Arrenius) nazariyasi asoslarni gidroksid anionlari, deydi, lekin bugunda bu taʼrif faqat ishqorlarga tegishli. Suvda asoslar kimyoviy muvozanat avtoionlanishini oʻzgartirib, sof suvdagidan kamroq faollikli vodorod ionili eritmalar beradi, yaʼni pH normal sharoitda 7 dan yuqori boʻladi. Metall oksidlari, gidroksidlar va ayniqsa alkoksidlar kuchli, kuchsiz kislotalarning teskari anionlari esa kuchsiz asoslardir.
Asoslar kislotalarga kimyoviy jihatdan qarama-qarshidir deb qarash mumkin. Asos va kislota orasidagi kimyoviy reaksiya neytrallashish, deyiladi. Asos va kislotalar qarshiligi shundaki, kislota suvda gidroksoniy ioni (H3O+) konsentratsiyasini oshiradi, asos esa, aksincha, pasaytiradi. Asos va kislotalar odatda suvli eritma shaklida bo'ladi. Asos suvli eritmasi kislota suvli eritmasi bilan reaksiyaga kirib, suv va tuzlar hosil qiladi, bunda tuz suvli eritmada uni tashkil etuvchi ionlarga ajraladi. Agarda suvli eritma tegishli tuz bilan toʻyingan boʻlsa, reaksiya natijasida eritmada tuz choʻkmasi hosil boʻladi.
Amfoter gidroksidlar.
Dissotsilanganda bir vaqtning o ‘zida vodorod kationlari H + ni ham, gidroksid-ionlar OH~ ni ham hosil qiladigan gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi.
Bularga Al(OH)3, Zn(OH)2, Cr(OH)3, Sn(OH)2, Be(OH)2, Ge(OH)2, Fe(OH)3, Sn(OH)4, Pb(OH)2 va boshqalar misol bo‘la oladi.
Kislotalarning ta'mi nordon bo‘ladi va indikator qog‘ozni (lakmus qog‘ozini) qizil rangga bo‘yaydi. Asoslar esa, qo‘lga tekkanda, sovun singari sezgi uyg‘otadi va indikator qog‘ozni ko‘k rangga bo‘yaydi.
3.ASOSLARNING KIMYOVIY VA FIZIK XOSSALARI.
Kimyoviy xossalari.
1. Suvda yaxshi eriydigan asosiar va suvda yomon eriydigan asoslar kislotalar bilan rеaktsiyaga kirishib, tuz hosil qiladi.
КОН + НCl = КСl + Н2О
Ва(ОН)2 + Н2SO4 = BaSO4 + 2H2O
2Fe(OH)3 + 6HCl = 2FeCl3 + 6H2O
2.Asoslar kislotali oksidlar bilan rеaktsiyaga kirishib, tuz hosil qiladi.
2NaOH + SiO2 = Na2SiO3 + H2O
2NaOH + SO2 = Na2SO3 + H2O
3. Asoslar amfotеr oksid va amfotеr gidroksidlar bilan rеaktsiyaga kirishib, tuz hosil qiladi.
CuCl2+2NaOH=Cu(OH)2+2NaCl Cu(NO3)2+2KOH=Cu(OH)2+2KNO3
4. Asoslar amfotеr oksid va amfotеr gidroksidlar bilan rеaktsiyaga kirishib, tuz hosil qiladi.
2NaOH + Al2O = NaAlO2 + H2O
2NaOH + 2Al(OH)3 = 2NaAlO2 + 4H2O
2NaOH + ZnO = Na2ZnO2 + H2O
5. Ishqorlar yuqori haroratga chidamli bo’ladi. Masalan, NaOH 1400oC da parchalanmasdan qaynaydi. Asoslarning ko’pchiligi qizdirilganda mеtall oksidi va suvga parchalanadi:
2Al(OH)3 = Al2O3 + 3H2O
Cu(OH)2= CuO + H2O
Asoslar:
- asoslar achchiq ta’mga ega;
- asoslar sovunga o`xshash xususiyat beradi, chunki sovunning tarkibi asoslardan iborat;
- asos eritmasiga qizil lakmus qog’oz tushirsak, u ko’karadi, fеnolftalеn eritmasidan bir-ikki tomchi tomizsak, pushti rangga kiradi;
- asoslarning suvdagi eritmasi elektr tokini o`tkazadi.
Ishqorlarning eritmalari qoiga surilganda sovunga o ‘xshab tuyuladi- Indikatorlarning rangini o ‘zgartiradi: qizil lakmusni ko‘k tusga, rangsiz fenolftaleinni - pushti rangga kiritadi.
N aO H , KOH va boshqa suvda eriydigan ishqorlar qizdirishga juda chidamlidir. M asalan, N aO H 1400°C da parchalanmasdan qaynaydi. Lekin asoslarning ко ‘pchiligi qizdirilganda parchalanadi.
Masalan:
Cu(OH)2=CuO + H2O 2Fe(OH)3=Fe2O3+3H2O
Asoslarning eng muhim kimyoviy xossalari ularning kislotalar, kislotali oksidlar va tuzlarga munosabati bilan belgilanadi.
1. Asoslar kislotalar bilan ekvivalent miqdorlarda o‘zaro ta’sir ettirilganda tuz va suv hosil boiadi:
A soslarning k islotalar bilan o ‘zaro ta ’siri neytrallanish reaksiyasi deyiladi. H ar qanday neytrallanish reaksiyasi OH va H ionlarning o‘zaro ta’sirlashib, kam dissotsilanadigan elektrolit - suv hosil qilishidan iborat.
KOH+HCl = KCl + H20
2NaOH+H2SO4=Na2S04+2H2O
2. Ishqorlar kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishadi:
Ca(OH)2 + CO2 = CaCO3 + 4H2O
2NaOH + SiO2 = Na2SiO3 + H2O
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasiga ko‘ra asoslarning barcha umum iy xossalari (qoiga surilganda sovunga o ‘xshab tuyulishi, indikatorlarning rangini o'zgartirishi, kislotalar, kislotali oksidlar va tuzlar bilan o ‘zaro ta’sirlashuvi)gidroksid-ionlar OH- tufaylidir.
Asoslar - turli ranglarga ega bo‘lgan, qattiq moddalardir: KOH, NaOH, Ca(OH)2 - oq rangli,
Ni(OH) 2 - yashil rangli, Fe(OH)3 - qo‘ng‘ir rangli moddalar va h.k.
Ishqoriy va ishqoriy-yer metallar (berilliy va magniydan boshqa) gidroksidlari suvda eriydi. Qolgan asoslar suvda erimaydi yoki juda yomon eriydi. Qattiq asoslar kristall panjaralari tugunlarida metall ionlari va gidroksid – ionlari turadi.
Mavzuga oid savollar:
1. Asoslar deb nimaga aytiladi?
2. Asoslarning nomlanishida nimalarga asosiy e’tibor qaratish kerak?
3. Asoslar qaysi usullarda olinadi?
4. Asoslar bir-biridan qanday farq qiladi?
5. Amfoter asoslar deb nimaga aytiladi?
6. Asoslarning qanday fizik xossalarini bilasiz?
7. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining asoslari qanday xossalarga ega bo’ladi?
XULOSA
Dissotsiatsiyalanganda metall kationi va gidroksid anioniga ajaraladigan murakkab moddalarga asoslar deyiladi. Agar asos suvda erisa unga ishqor deyiladi. Arrenius nazariyasi asoslarni gidroksid anionlari deydi. Lekin bugungi kunda bu ta’rif faqat ishqorlarga tegishli. Suvda asoslar kimyoviy muvozanar avtoionlanishini o’zgartirib, sof suvdagidan kamroq faollikli vodorod ionli eritmalar beradi, ya’ni pH normal sharoitda 7 dan yuqori bo’ladi. Keng tarqalgan asoslarga misol qilib natriy gidroksidni olish mumkin. Metall oksidlari, gidroksidlar va ayniqsa alkoksidlar kuchli, kuchsiz kislotalarning teskari anionlari esa kuchsiz asoslardir. Asoslar kislotalarga kimyoviy jihatdan qarama-qarshidir. Asos va kislota orasidagi kimyoviy reaksiya neytrallanish deyiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. H.A.Parpiyev, A.G.Muftaxov, H.P.Rahimov. Anorganik kimyo.
2. Toshpoʻlatov Yu.T., Isʼhoqov Sh.S. Anorganik kimyo.
3. Toshpulatov Yu.T., Raxmatullayev N.G. Anorganik kimyo (nazariy asoslari).
Do'stlaringiz bilan baham: |