OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS
TALIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO VA UNI OQITISH METODIKASI KAFEDRASI
MUSTAQIL ISH
Talim yo'nalishi: KIMYO
Guruh: 101
Talabaning F.I.SH: Rustamova Komila Nurbek qizi
Mavzu: Molekulyar orbitallar metodi (MO) elektronlar bilan to'lib borish tartibi. Molekulalarning elektron formulalarini yozish.
Fan nomi: Umumiy Kimyo
Reja:
1. Turli Atom orbitallarda boğlovchi va ajratuvchi Molekulyar Orbitallarning hosil bölishi.
2. Molekulyar Orbitallarning elektron konfiguratsiyasi.
3. Boğ tartibi yoki boğning karraliligi.
.
Atom tuzilishini aniqlash uchun Shredinger teglamasidan foydalanib atomdagi elektronlar harakat qiladigan sohaning shakli va elektron energiyasi topiladi. Molekulya orbitallar usuli molekuladagi jami elektronlar harakat qiladigan soha molekulyar orbital-MO ning shakli va unga muvofiq keluvchi energiyani aniqlash imkonini beradi. Demak, Molekulyar Orbitallar Usuli atom tuzilishini molekulaga tadbiq etadi.
Atomda elektronlar bittagini yadroni qurshab olgan atom orbitallarda, molekuladagi elektronlar esa barcha yadrolarni yoki ularning bir qismini о‘rab oluvchi Molekulyar Orbitallarda harakatlanadi. Molekulyar Orbitalning Ajrativchi Orbital dan farqi, Molekulyar Orbital ikki va undan ortiq markazli. Molekulyar Orbital Usuliga binoan, molekuladagi barcha elektronlar hammma yadrolarga tegishlidir. Molekulyar Orbital va Atom Orbitalning о‘xshashlik tomoni ham mavjud, Molekulyar Orbitallarni valent elektronlar tо‘ldirganda Atom orbitallardagidek energiya minimumi, Pauli prinsipi va Xund qoidalariga bо‘ysunadi. Molekulyar Orbitallar Atom Orbitallarning qoplanishidan hosil bо‘ladi. Qoplanish natijasida qanday shakildagi Molekulyar Orbital hosil bо‘lganini aniqlash uchun molekulani tashkil qiluvchi atomlar elektron buluti Atom Orbitallarning turlicha qoplanishlari kо‘rib chiqiladi. Va hosil bо‘lgan Molekulyar Orbitallarning har qaysisini energiyasi alohida hisoblab topiladi. Ayni Molekulyar Orbital dagi elektronlar energiyasi deyiladi.
MO – LKAO ga asoslanib, eng kam va eng kо‘p energiyali Molekulyar Orbitallar aniqlangach, kam energiya tutuvchi Molekulyar Orbital bog‘ hosil bо‘lishiga yordam beradi,kо‘p energiyali Molekulyar Orbital bog‘ hosil bо‘lishiga hissa qо‘shmaydi degan xulosaga kelinadi. Birinchisini bog‘lovchi, ikkinchisini ajratuvchi Molekulyar Orbital deb atash qabul qilingan.
1s 1s
Bog‘lovchi Molekulyar Orbital
1s 1s
Ajratuvchi Molekulyar Orbital
Elektronlar bog‘lovchi Molekulyar Orbitalni tо‘ldirganda bog‘ hosil bо‘ladi (bog‘lovchi MO dagi elektronlar energiyasi ular alohida atomlarda bо‘lgan paytdagiga nisbatan kichik), ajratuvchi Molekulyar Orbitalda joylashganda esa bog‘ yuzaga kelmaydi. Chunki ajratuvchi Molekulyar Orbital dagi elektronlar energiyasidan katta. Goho molekulada shunday Molekulyar Orbitallar ham bо‘lishi mumkinki, ulardagi elektronlar bog‘ hosil bо‘lishiga ham bо‘lmasligiga ham hissa qо‘shmaydi, bu Molekulyar Orbital esa bog‘lamaydigan elektronlar, ular joylashagan Molekulyar Orbitallar esa bog‘lamaydigan Molekulyar Orbitallar deyiladi. VBN da alohida stukturalar energiyasini aniqlashdagidek Molekulyar Orbitallar energiyani topishda ham Shredinger tenglamasidan foydalaniladi. 2.15 –rasmda vodorod atomlarining 1s orbitallarining qoplanib, vodorod molekulasining MO larini hosil qilish kо‘rsatilgan. Bog‘lovchi Molekulyar Orbital hosil bо‘lganda elektron bulutlar ikkita yadro о‘rtasida yig‘ilishi rasmdan kо‘rinib turibdi. Yadrolarning elektron bulutlariga tortilishi kuchi yadrolar о‘rtasidagi itarilishi kuchlariga nisbatan katta bо‘lganligi uchun N2 hosil bо‘ladi.
Ajratuvchi Molekulyar Orbital hosil bо‘lganda esa yadrolar о‘rtasida bulut zichligi kam, shuning uchun yadrolarning elektron bulutlarga tortilish kuchi zaif, aksincha bu kuch yadrolarning itarilishi kuchi bilan bir yо‘nalishda bо‘lgani sababli molekula hosil bо‘lmaydi. 2.15 – sxemadan yana shunday fikrga kelishi mumkin. Hosil bо‘ladigan jami bog‘lovchi va ajratuvchi Molekulyar orbitallar soni ikkita qoplanayotgan Atom Orbitallari soni (2ta) ga teng. Bog‘ hosil qilayotgan Molekulyar Orbitallari va hosil bо‘luvchi Molekulyar Orbitallar sonining teng bо‘lishi Molekulyar Orbital da umumiy qoidadir. Masalan, bog‘ hosil bо‘lishida ikkita atomdan tо‘rttadan, jami sakkizta Atom Orbital ishtirok etsa, sakkizta Molekulyar Orbital (tо‘rtta bog‘lovchi, tо‘rtta ajratuvchi) hosil bо‘ladi. Ba’zan bog‘lovchi va ajratuvchi Molekulyar Orbitallar soni о‘zaro teng bо‘lmasligi mumkin. Lekin bunday hollarda ham bog‘lovchi va ajratuvchi Molekulyar Orbitallar yig‘indisi, qoplanayotgan jami Atom Orbitalar soniga teng bо‘lib qolaveradi.
2s 2s σ 2s
2s 2s σ*2s
2s 2px σs
2s 2px σ*s
2px 2px σ2r
2py 2py π2py
2py 2py π* 2py
Bog‘lovchi Molekulyar Orbital dagi elektronlar energiyasi ajratuvchi Molekulyar Orbital dagi elektronlar energiyasidan kam bо‘lishi yuqorida aytib о‘tilgan edi. Shuningdek, birikayotgan atomlar orbitallaridagi elektronlar energiyasidan ham kam. Bu garfik tarzda energetik diagrammalar kо‘rinishida ifodalaniladi. Diagrammada chap tomondagi vertikal о‘q energiyani bildiradi. U pastdan yuqoriga tomon ortib boradi. Bu о‘qdan chiqqan gorizantal chiziq qoplanuvchi Atom Orbitallari energiyasini kо‘rsatadi. Bu chiziqqa muvofiq keluvchi (о‘qlar kesishgan nuqtadagi) energiya kо‘pincha Atom Orbitallari energiyasi deyilmasdan, “nolinchi energetik pog‘ona” deb ataladi. Bu ajratuvchi va bog‘lovchi Molekulyar Orbitallar energiyasini “nolinchi pog‘ona” ga nisbatan taqqoslash uchun qulay, lekin Atom Orbitallarning energiyalarini nolga teng, degan ma’noni anglatmaydi. Diagrammadagi ikkita Atom Orbitallarining bitta gorizantall chiziqda yotishi ularning energiyalari о‘zaro tengligini kо‘rsatadi.
Bu diagramma vodorod molekulasi uchun chizilgan. Molekulasi bir xil atomlardan tashkil topgan vodorodga о‘xshash birikmalar deyiladi. Molekulasi har xil ikkita atomdan hosil bо‘lganda birikmalar geteroyadrolilar tipigp kiradi.
Agar ikki va undan ortiq Molekulyar Orbital yoki Atom Orbitallarning energiyalari bir xil bо‘lsa ular “buzilgan” deyiladi. Ikkita bir xil energiyali Molekulyar Orbital yoki Atom Orbitalni ikki marta “buzilgan” deyish qabul qilingan. Demak, π2ry, π2rz, π2r*y, hamda π*2ry, MO lar ikki marta “buzilgan”. 2r, 3r, 4r, ... atom orbitallar uch marta, d – AO lar 5, f – Atom Orbitallar esa 7 marta “buzilgan”. Nima uchun π2ry, va , π2rz, π*2ry va π*2ry, MO lar “buzilgan” degan savol tug‘iladi. Chunki ularni hosil qiluvchi 2ry, va 2rya, Atom Orbital lar faqat fazodagi yо‘nalishi bilangina farq qiladi. Har ikkala Atom Orbital qoplanganida bir xil – qoplanish joylari X о‘qi (shuningdek 2rx orbital) ga perpendikulyar chiziq bо‘ylab sodir bо‘lgan π – bog‘lar yuzaga keladi. Molekulyar Orbitallar energiyalari ularni hosil qiluvchi Atom Orbitallar energiyalarining о‘zgarish tartibi bilan о‘xshash bо‘lishi aniqlangan.
1s < *1s < 2s < *2s < 2rx < *2rx < π 2ru= π 2rz < π *2ry= π *2rz
Lekin hisoblashlar *2rx Molekulyar Orbital energiyasi π *2ry hamda π *2rz larnikidan ham katta ekanligini kо‘rsatdi. U holda
1s < *1s < 2s < *2s < 2rx < π 2ru= π 2rz < π *2ry= π *2rz< *2rx
. Lekin 2 s va 2r – orbitallar atomda bir-biriga yaqin joylashgan (energiyalari kam farq qiladigan) bо‘lsa (masalan, Li, ßé, B,C va N elementlarida shunday) Molekulyar Orbitallar energiyalarining yuqoridagi izchilligi о‘zgaradi. 2rx va π 2ru = π 2rz Molekulyar Orbitallarning о‘rni almashadi.
1s < *1s < 2s < *2s < π 2ru= π 2rz < 2rx < π *2ry= π *2ru < *2rx
O,G‘ elementlarida 2 s va 2r energiyalari farqi katta va ular Molekulyar Orbitallarning energiyalari izchillikka mos keladi.
a mustaqil ishi (TMI) - muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan.
bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan
tashqari o'zlashtirilishiga yo'naltirilgan tizimli faoliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |