Guruhli turizm. Nisbatan arzon, ko‘p sonli turistlar uchun hamyonbop, ammo guruhli turizmda guruhning barcha a’zolari o‘rnatilgan tartibga bo‘ysu-nishlari lozim.
Jozibador turistlik mahsulot yaratish turoperatorlarning eng muhim va eng birinchi vazifasidir. Turistlik tashkilotlar faoliyatining ushbu sohasi ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita bog‘liq. Tashkilotning tovar siyosati ishlab chiqarish va sotish o‘rtasidagi kelishilgan, shuningdek turlar assortimenti, xizmat ko‘rsatish dasturi va turmahsulot birligi bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishini talab etadi. «Turistlik mahsulot yaratishda turist nima sotib oladi?» degan savolga aniq javob berish lozim. Axir turist mehmonxonadagi joylashtirish uchun emas, yangi hissiyotlar va notanish narsalar bilan tanishish uchun, restorandagi bifshteks yoki go‘shtli qiyma uchun emas, balki e’tibor, qo‘laylik, xizmatlar uchun pul to‘laydi. Shuning uchun turmahsulot yaratish turistning iste’molchilik xususiyati va sifatlarini o‘rganishdan, turistlar uchun eng jozibali tomonlarni ochishdan boshlanadi. Aynan shu ko‘rsatkichlar turistlik mahsulotni ishlab chiqish va sotishdagi eng muhim yo‘naltiruvchilari hisoblanadi.
Mutaxassislar tomonidan turistlik mahsulotning bir nechta iste’mol-chilik xususiyatlari ajratib ko‘rsatiladi:
· asoslanganlik, barcha xizmatlarni takdim etish turist ehtiyojlariga asoslangan,
sayohat maqsadi va tegishli sharoitlar bilan moslashgan bo‘lishi lozim;
· ishonchlilik, axborot, ma’lumot ishonchliligi, mahsulot real tarkibi-ning
reklamaga muvofiq kelishi;
· samaradorlik, turist tomonidan kam harajatlar evaziga ko‘proq samaraga
erishilishi;
· yaxlitlik, mahsulotning yakunlanganligi, uning turist talabini to‘la qondira
olish xususiyati;
· aniqlik, mahsulot iste’moli, uning yo‘naltirilganligi ham turist uchun, ham
xizmat ko‘rsatuvchi xodim uchun tushunarli bo‘lishi lozim.
· qo‘llashdagi oddiylik;
· egiluvchanlik mahsulot va xizmat ko‘rsatish tizimining iste’molchi-larning
turli tiplariga mos kelishi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimning o‘zgarishiga
nisbatan befarqligi;
· naflilik, mahsulotning bir yoki bir nechta maqsadga erishish uchun xizmat
qilishi (masalan dam olish va o‘rganish) turistning u yoki bu ehtiyojlarini
qondira bilish qobiliyati.
Ushbu xususiyatlar sotilishi ustidan nazorat birinchi navbatda turistning sayohatdan qoniqish darajasini o‘rganish (so‘rov, anketa) hisoblanadi. Ammo turistlik xizmat ustidan nazoratning o‘zi turmahsulotni rejalashtirish bosqichida boshlanadi. Yuqoridagi ta’kidlangan xususiyatlar bilan bir qatorda turmahsulotning mehmondo‘stlik kabi betakror xususiyati ham tan olingan. Ushbu xususiyatsiz har qanday eng mukammal turmahsulot ham o‘z qiyofasini yo‘qotadi va turist o‘zining u yoki bu ehtiyojining qoniqtirili-shining ko‘tilayotgan darajasiga erisha olmaydi. Turistlik industriyada mehmondo‘stlik – bu kasbiy talab, bu turistlarga ularga xizmat qilishdan xursand ekanligini bildirishdir. Mehmondo‘stlikning ajralmas qismlari bo‘lib e’tibor, hurmat, xodimlarning iltifotliligi hisoblanadi. Mehmondo‘stlik serqirra tushuncha bo‘lib, u bir necha tashkil etuvchi omillardan iborat:
Dam olish imkoniyatlari, bilim olish va vaqtichog‘lik haqidagi mahalliy va hududiy bozorlarning sifatli axboroti.
Potensial iste’molchilarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va turistlik hudud to‘g‘risida ijobiy tasavvur yaratish (reklama, teleko‘rsatuvlarda qatnashish va h.k.)
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimning turistlarga iltifot ko‘rsatishga intilishi (hammasi mijoz uchun shiori bo‘yicha xizmat ko‘rsatish).
Turistlik mahsulotni taqdim etuvchilarning turistlar hajmi va iltimoslariga e’tiborli munosabati. (biz siz uchun nima qila olamiz? tamoyili bo‘yicha).
Xizmatlarni olishda turistning moslashuvini yengillashtirish (turfirma ichki axboroti, turistga tushunarli bo‘lgan tilda tayyorlangan bukletlar, sayohatnomalar).
Turistlarga marhamatli munosabatda bo‘lish ushbu xususiyat xizmat ko‘rsatish tamoyillaridan biriga aylanish lozim.
Yuqorida ta’kidlangan tamoyillarning barchasi xizmat ko‘rsatish texnolgiyasiga kiritilishi lozim. Turni tashkillashtirish texnologiyasida turistlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimning o‘zaro ta’sir muhiti ham turistlar tomonidan xizmatlar qabul qilinishining psixologik jihatlari ham birdek muhimdir. Bu shuni anglatadiki, turistning shaxsiy qiziqishlari, unga bo‘lgan samimiy munosabat doimo birinchi o‘ringa qo‘yilishi lozim.
Shu nuqtai nazardan xalqaro turizmda qo‘yidagi e’tibor alomatlarini turistlarga ko‘rsatish allaqachon amaliyotga aylangan:
· har bir turist uchun qutlovchi suvenirlar mehmonxona xizmatidan farqli o‘laroq (mehmonxonada xatto yostiq ustidagi shokolod ham suvenir) turlarda suvenirlar sayohat maqsadidan kelib chiqib beriladi. Masalan: kasbiy sayohat, ya’ni ish
yuzasidan sayohatlarda prospektlar yoki turistlarni qiziqtiruvchi mahsulot namunalari, folklor turlarda esa milliy harakterdagi suvenirlar bo‘lishi mumkin.