Guruh : 1910
Talaba ; Najmuddinov Fazliddin
Lutfiy ning «AYOQINGG‘A TUSHAR HAR LAHZA GISU...» g’azaali va uning tahlili
Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu, Masaldurkim:1 «Charog‘ tubi – qorong‘u».
Tuturmen ko‘zki, ko‘rsam orazingni, – Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)».
Yuzungni tuttum ortuq Oy-u Kundin, «Kishining ko‘zidur, ore, tarozu».
Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabtur, –
Ki: «Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa, hindu».
Tilar vaslingni, Lutfiy, qil ijobat, – Ki ayturlar: «Tiloganni – tilogu».
Har bir baytda shoir bittadan maqol qo‘llaydi. Maqol- lar go‘yo baytlar birinchi misrasida aytilgan fikrga bir isbot- dek keltiriladi. Shuning uchun barcha baytlarning ikkinchi satri maqol bilan tugaydi. Shundan ham bilib oldingizki, shoir beshta bir-biriga qofiyadosh so‘z bilan tugaydigan maqol topgan. De- mak, g‘azal besh baytdan iborat ekan.
G‘azal hazaji musaddasi mahzuf (yoki maqsur), ya’ni «mafoiylun – mafoiylun – faulun (yoki mafoiyl)» vaznida yozil- gan. Taqte’si: V – – – / V – – – / V – – (yoki V – ~).
Matla’ nihoyatda go‘zal, Lutfiyga xos lutf bilan qog‘ozga tushgan: har lahza soching oyog‘ing ostiga tushadi, shuning uchun, maqolda aytilganidek, «Chirog‘ tubi – qorong‘u». Bu yerda yorning yuzi aytilmagan holda oppoq nur taratib, yonib turgan chiroqqa qiyoslanyapti. Baytda keltirilgan maqol – juda mashhur. Biroq hozirgi zamonda shamchiroq deyarli ishlatil- magani uchun bu maqol kam qo‘llanadi. Holbuki, sham yoqil- ganda kuzating, rostdan ham uning tubiga nur tushmaydi, shu- ning uchun u yer qorong‘i bo‘ladi.
Ikkinchi baytda lirik qahramon yorning yuzini (orazini) ko‘rishga ko‘z tutayotganini aytadi, axir, maqol bor-ku: «Oqqan ariqqa oqar su(v)». Bu maqol hozir ham ko‘p ishlatiladi. Faqat endi u «Oqqan daryo oqaveradi» shaklini olgan.
Uchinchi baytda ham yuz tasviri izchil davom etadi. Shoir uni Oy bilan Quyoshdan ham ortiq deb ta’riflaydi, chunki «Kishining ko‘zi – tarozi» degan maqol bor-ku.
Shu tariqa to‘rtinchi baytda tasvir yuzdan ko‘zga o‘tib oladi. Lirik qahramonning yor ko‘zi oshiq qonidan iymanmayotgani, ya’ni qo‘rqmayotganiga ajablanayotgani bejiz emas, axir: «Hindi qayda qon ko‘rsa, qo‘rqadi» degan maqol bor edi-ku! Bu yerda «ko‘zing – hindi» deyilayotgani yo‘q, lekin ko‘z tasviri bilan maqolda «hindi» so‘zi kelishi zimdan shuni yuzaga chiqazgan.
Lutfiyning dardi – yor vasliga yetish, sababi u «Tiloganni tilogu» («Tilagan kishi tilagiga yetadi») degan maqolga umid bog‘layapti.
Ko‘rinib turganidek, asarda boshdan-oxir irsoli masal san’a- tidan mahorat bilan foydalanilgan. Buning badiiy-tab’iy (badi- iy-estetik) jozibasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |