Taqrizning tuzilishi. Taqriz va xulosalarda, avvalambor, axborot bo'limi mavjud bo'lishi lozim, unda manba muallifining familiyasi va ismi-sharifi, ishning to'liq nomi ko'rsatiladi; agar ish nashr etilgan bo'lsa, uning chiqish ma'lumotlari, agarda ish qo'lyozmada bo'lsa, bosma varaqlarning soni ko'rsatiladi. Bundan tashqari bu bo'limda ilova, illyustratsiya, jadvallar va manbada foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati mavjudligi ko'rsatiladi. Betlar soni adabiyot ro'yxatisiz ko'rsatiladi, adabiyot ro'yxati borasida esa unda taqdim etilgan manbalarning umumiy soni ko'rsatiladi, xorijiy tillardagi manbalar soni alohida ko'rsatiladi.
Dolzarblik - bu taqriz qilinayotgan tadqiqotning hozirgi kun talablariga muvofiqligi, uni fan rivojining aynan mazkur bosqichida hal bo'lishi lozim bo'lgan muammolar bilan bog'liqligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |