Havolalarni berish tartibi va namunalari. Havolalar matn ichida va har bir sahifa oxirida berilishi mumkin. Havolalar matn ichida berilganda katta qavs ichida arab raqamlari bilan [ 1, 3] yoki [4, s. 144]: [ 1; 3] shakllarida beriladi. Birinchi holatda [1, 3] shaklida 1 yoki 4 raqamlari ilmiy manbani, 3 yoki 144 raqamlari esa uning beti, sahifasini bildiradi. [1; 3] shaklida esa har ikkisi ham ilmiy manbani bildiradi. Matn ichida berilgan havolalar ilmiy ish (maqola, gissertatsiya, monografiya) oxirida matn ichidagi tartibni saqlagan holda “Foydalanilgan adabiyotlar” ro`yxatida beriladi. Havolalar sahifa oxirida berilganda esa, iqtibos matn va sahifa oxirida bir xilda raqamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |