Festinger fikriga ko‘ra, buning uchun, ya’ni dissonansni bartaraf etishga qaratilgan, odamda uch yo‘l mavjud:
kognitsiyalar birini o‘zgartirish (ayni vaziyatda — yoki shokoladni iste’mol qilishdan voz kechish yoki diyeta saqlamaslik);
dissonant munosabatlarga kirishayotgan kognitsiyalar ahamiyatini pasaytirish (semizlik unchalar ham katta kamchilik emas yoki shokoladni iste’mol qilish vazn ortishiga katta ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidlash);
yangi kognitsiyani qo‘shish (masalan, shokolad vazn ortishiga ta’sir ko‘rsatsa-da aqliy faoliyatni yaxshilaydi).
Kognitiv dissonans motivlashtiradi, ya’ni uni pasaytirishga majburlaydi, munosabatlarni o‘zgartirishga undaydi pirovardda — xulqni o‘zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |