Gumanitar fanlar va xorijiy tillar



Download 1,29 Mb.
bet29/101
Sana29.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#74279
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101
Bog'liq
majmua ak.yozuv,2-semestr

2-topshiriq. “Qanday?” sxemasini to‘ldiring

Davrimizning qanday global muammolari bor ? Ularni qanday bartaraf qilish mumkin?



5. Uslublar va vizula axborotlar.

Vizual axborotlar.

Biz qanday ko'ramiz: vizual munosabatlar. Har safar biz ma’lumotlarni ko'rish orqali qabul qilganimizda, o'zimiz ko'rayotgan narsalarning o'xshash va farqli tomonlarini aniqlashga harakat qilamiz. Buning yordamida obyektlarni obrazlar orqali ajratish mumkin, balki ularning ahamiyatini ham tushunish mumkin. Masalan, ranglardagi farq oldimizda 2 ta turli obyekt borligini anglatadi, masshtablardagi farq shuni anglatadi-ki, bir obyekt boshqasiga nisbatan bizdan uzoqroqda joylashgan va h.k. Obyektlar o'rtasidagi munosabatni bizning miyamiz tahlil qilgandan keyin, obrazning barcha qismlariniyaxlitlaymiz hamda nimani ko'rayotganimizni tushunamiz.

Bu jarayon bizning obyektlarni ko'rish yordamida guruhlash qobiliyatimiz yordamida yanada tezlashadi. Biz o'simlik bargini kuzatayotganimizda, atrofdagi obyektlarni, (xuddi shunday rang, shakl, o'lcham va holatda) birgalikda guruhlanadi, bu bilan “ko'lmak” tushunchasi yaratiladi. Shu bilan birga biz barcha o'simliklarni bir-biri bilan taqqoslaymiz.

Qabul qilishning bu prinsiplari biz axborotni qanday guruhlashni tushunishimiz uchun kalit vazifasini o'taydi. Masalan, yonma-yon joylashgan obyektlar sifatida, biz ularni yaqinlik belgisi yordamida guruhlaymiz, xuddi shunday bir xil obyektlarni o'xshashlik belgilari bilan guruhlaymiz.

Yaqinlik, o'xshashlik, oradagi masofa, tugallanganlik.Ammo, vizual axborotning psixologik jihatlarini tushunish samarali vizual obraz yaratish uchun yetarli emas. Buning uchun biz quyidagilarni tushunishimiz zarur:

- Bu jihatlarni (aspektlarni) biz o'z ishimizda qanday ishlatishimiz mumkin?

- Qanday vositalar yordamida obyektlar har xil bo'ladi?

Variantlar ko ‘p bo ‘lishiga qaramay, obyektlarga vizual tasvir berishning 5 ta bosh kategoriyasi mavjud:

Bu kategoriyalardan biri bo'yicha obyektning o'zgarishi vizual kontrast yaratadi. Ikki obyekt o'rtasidagi kontrast qanchalik kuchli bo'lsa, ularni 2 ta alohida o'zaro bog'liq bo'lmagan obyektlar sifatida qabul qilinadi.

Boshqa elementlar “iyerarxiyasi" butun kompozitsiya bo'ylab ko'z yuritadi, syujetga o'z qo'shimchalarini kiritadi. Har bir elementning holati ko'rayotgan shaxsga yaxlit kartinada bu elementning muhimlik darajasi to'g'risida axborot beradi.

Sirkning vizual jihatdan dominant bo'lgan reklama plakatidagi eng qiyin element - bu artistlar va sarlavhani tasvirlashdir. U umumiy kartina yaratadi, ya’ni - shaharga sirk keldi. Kamroq darajada dominant bo'lgan yangiroq elementlar - biletning narxi va namoyish ishtirokchilarning ro'yxati. Agar iyerarxiya boshqacharoq bo'lsa, ko'pchilik shaharga sirk kelganini tushunmagan bo'lar edi. Tartibga solingan iyerarxiya nafaqat axborotni qabul qilish tartibini belgilaydi, balki sahifaning tarqoq elementlarini birlashtirishga ham yordam beradi. Shunday qilib, tartib va balans tuyg'usipaydo bo'ladi. Vizual iyerarxiyasiz ^^ sahifaning har bir elementi foydalanuvchining diqqatini tortadi, natijada tarqoq e’tibor yo 'qoladi.U yoki bu elementning iyerarxiyasidagi holati siz nimani aytishni xohlayotganingizga bog'liq bo'ladi.

Sahifaning u yoki bu elementi yukini kamaytiramiz. Bu bilan biz sahifani ko'rayotgan shaxsning diqqatini jalb qiladigan yo'lni belgilaymiz. Elementning vizual og'irligi o'ziga qaratilgan ko'z qarashning e’tibor darajasi yoki qiziqarliligi bilan o'lchanadi.

Masalan, qizil rangli yirik sarlavha, oq fon bilan ko'proq kontrast paydo qiladi (och kulrang nuqtaga nisbatan). Qizil sarlavha ko'proq og'irlikka ega, chunki u birinchi bo'lib qarayotgan shaxsning diqqatini jalb qiladi. Ammo u chapdagi suratdan ko 'ra ko 'proq diqqatni ushlab tura olmaydi.

Syujetni bayon qilish: vizual iyerarxiya. “Dizaynerlar tartibsizlikka (xaosga) tartib kiritish uchun ishlaydilar: ular g'oyani aniqroq taqdim etish uchun so ‘z va tasvirlarni tashkil qilish va manipulyatsiya qilish usulidan foydalanadilar.

Djeffri Vin (Jeffery Veen), The Art and Science of Web Design.

Biz obyektlarni vizual taqsimlashning asosiy qoidalarini (prinsiplarini) bilib olganimizdan keyin, umumiy boshqa vazifaga murojaat qilishimiz mumkin: ma ’lum syujetni, xabarni taqdim qilish uchun bu prinsiplardan qanday foydalanish kerak? Bunday “vizual hikoya”da elementlar muhim darajaga qarab joylashtiriladi, buni oson qabul qilish mumkin. Dastlab, unga nazar solayotgan shaxs eng asosiy elementga diqqatini qaratadi, keyin muhimligi kamroq bo'lgan elementlarga o'tadi. Umumiy syujetni yangi ma’lumotlar bilan mantiqiy tartibda joylashuvi vizual iyerarxiya deb ataladi. Aniq vizual iyerarxiyaga (ketma-ketlikka) ega bo'lgan kompozitsiyada har bir elementning vizual og'irligi (vazn) tasvirni ko'rayotgan shaxsning diqqat-e’tiboriningyo'lini belgilaydi.

Sahifadagi har bir elementning nisbatan muhimligini e’tiborga olgan holda, sizning saytingizga tashrif buyuruvchilar bu tushunchani saytning barcha sahifalariga o'tkazadilar. Agar sahifa elementlarining barchasi bir xil vizual vaznga ega bo'lsa, uni qabul qilishni, elementlarning o'xshash va farqli tomonlaridan o'yin tariqasida foydalanishni osonlashtiradi. Amaliyotda qo'llash: har qanday veb-sahifa ko'plab alohida elementlardan tarkib topadi, masalan, navigatsiya menyusi (bir necha daraja), murojaat uchun axborot, izlash bloki, logotiplar, xarid qutisi bilan piktogramma va h.k. Bu elementlar o'z navbatidayana kichikroq elementlarga bo'linadi.Oo shimcha та ’liimotlar (rastn ostidagi yozuvlar va h.k.)

Saytning bosh sahifasi - navigatsiya sahifasi misol bo'lishi mumkin. Uning iyerarxiyasi ushbu sahifaning mazmuniga, uning auditoriyasi va maqsadlariga bog'liq.Vizual iyerarxiya yordamida sahifaning har bir elementi vazifasini tushuntirish mumkin. U go'yoki foydalanuvchilarni sayt bo'yicha yetaklaydi hamda u yoki bu harakatga rag'batlantiradi.

Har bir elementning iyerarxiyadagi o'rnini aniqlab, tashrif buyurvchilar muhim elementlarni ajratadilar (sayt ichidagilarni yoki sayt bilan ishlash elementlarini), boshqalarini tushirib qoldiradilar. Ushbu shaklda vizual iyerarxiya yordamida tashrif buyuruvchiga hozir nima qilishi kerakligi ma’lum qilinadi. Ayniqsa, birinchi qadam haqidagi fikr “(Ordering from...)” va oxirgi (“Sign-In” tugmasi) alohida ta’kidlanadi. Bunda unga tegishli axborot vizual jihatdan kichraytiriladi, Shuning uchun u shaklning bosh vazifasiga xalaqit bermaydi.

Shu tartibda, vizual iyerarxiya yor damida tashrif buyuruvchilarga ular veb- saytning qayerida ekanligini ma’lum qilish, qandaydir harakatga undash, u yoki bu elementning ahamiyatini tushuntirish mumkin va h.k. Ammo e’tibor bering, o'ziga jalb qiluvchi sahifa hech qachon “qichqirmaydi”. U barcha elementlarni ohista va xotirjam taqdim etadi.




Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish