Gumanitar fanlar


Sifatlovchi va uning ifodalanishi



Download 98,99 Kb.
bet8/11
Sana24.09.2021
Hajmi98,99 Kb.
#184237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Aniqlovchi va uning gap tuzilishidagi o`rni

2.2. Sifatlovchi va uning ifodalanishi

Sifatlovchi-aniqlovchining bir turi bo‘lib, predmetning belgi-sifati, son miqdor, tartibi kabi belgilarni bildiruvchi bo‘lak.1 Sifatlovchili birikmada birinchi qism (sifatlovchi)ikkinchi qism (sifatlanmish) ning biror xususiyatini aniqlab, odatda, shu ot bilan ifodalangan predmetni ajratishda, konkretlashtirishda, uning ma’no doirasini toraytirishga xizmat qiladi.2

Masalan, Shiypondan narida jazillab kabob pishar, undan ko‘tarilgan ko‘kimtir tutun shabadaga yetib, daraxtlar orasiga kirib ko‘zdan yo‘qolar edi (A.Q.).

Sifatlovchi takror so‘zdan ifodalanganda, aniqlanmishdan-otdan anglashillgan predmetning ko‘pligi ifodalanadi. Masalan, go‘dak cho‘chib yig‘lab yubordi. Ko‘zlarida mumchoq-mumchoq yoshlar (darakchi gazeta). Jangga kirgan ne-ne yigitlar.

Sifatlovchi predmetning belgi-sifati, son-miqdori, tartibi kabi belgilarini bildiradigan aniqlovchidir. U hokim so‘zga bitishuv yo‘li bilan birikadi. U bog‘lanib kelgan so‘z sifatlanmish deyiladi. Muloyim qo‘llarda ivib, suvga aylangandan keyin go‘zal so‘zlarning surasida yonboshlashni muncha yaxshi ko‘rar ekan bu ko‘kat!

Sifatlovchi quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi.



  1. Sifat bilan. Bunda aniqlovchi premetning rang-tusi, maza-ta’mi, shakl-hajmi, xarakteri, psixik holati, o‘rin yoki paytga munosabati kabi belgilarni bildiradi. Yo rabbim, bu lazzatli bodani talabim jomiga ko‘proq qo‘y! (N). Ertalabki ish ko‘ngilni qilar xush (M).

  2. Son bilan. Bunda sifatlovchi predmetning miqdor va tartib jihatdan belgisini bildiradi: U esa ikki qo‘li ko‘ksida, rangi o‘chgan, o‘zini Zebining quchog‘iga tashladi. (Ch).

  3. Ravish bilan. Bunda ravish sifat funksiyasida qo‘llangan bo‘ladi: ko‘p mehnat kishiga xuzur bag‘ishlaydi. (M).

  4. Olmosh bilan. Bunda sifat, son va ravish xarakteridagi olmosh qo‘llaniladi: Shu so‘zlarni aytarkan, uning bulutli yuzlarida jindakkina achinish alomatlari ko‘rindi. Shuncha davlatni kimga ishonib qoldiraman? (Ch).

  5. Sifatdosh biln. Bunda sifatlarni predmetning xarakatga munosabati nuqtai nazaridan belgisini bildiradi. Maqtangan qiz to‘yda buzilar (M). Qaytgan qo‘yga qashqir o‘ch (M).

  6. Taqlid so‘z bilan. Ikkala xotin ovozlari barcha xotinlarning qiy-chuv ovozi orasida baralla eshitilib turardi (Ch).

Sifatlovchi so‘z birikma bilan ham ifodalanadi. Bunda shundan hollar yuz berishi mumkin. Sifatlarni va sifatlanmish birikmasi boshqa bir so‘zga butunicha sifatlovchi bo‘lib keladi. Bunda birinchi sifatlanmish sifat yasovchi qo‘shimcha oladi. Gul tanli sumanbar shom paytida bog‘dan uyi sari qaytar ekan, o‘z chexrasidan olamga gul ochib, yuzdagi ter bilan yerga qulab sochib, shu gul va gulobni namoyish etar, ishq o’tidan yuzlari juda boshqacha bo‘lib ketgan edi (N).

Download 98,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish