Gumanitar fanlar


I bob. ANIQLOVCHINING TURLARI VA IFODALANISHI HAQIDA



Download 311,23 Kb.
bet4/14
Sana19.09.2021
Hajmi311,23 Kb.
#178652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Aniqlovchi va uning xususiyatlari

I bob. ANIQLOVCHINING TURLARI VA IFODALANISHI HAQIDA
MA'LUMOT

1.1. Aniqlovchilar ifodalanishi haqida umumiy ma’lumotlar



Aniqlovchi ва уning ifodalanishi. Aniqlovchi ot bilan ifodalangan,
shuningdek, bo’lak yoki bo’lak bo’laklarining, undalma yoki kirish birikmalarining
kengaytiruvchisidir. To’ldiruvchi kabi aniqlovchi ham so’z kengaytiruvchisi
sifatida gap tarkibida qatnashayotgan otlarning lug’aviy valentligini to’ldiruvchi
vosita sifatida namoyon bo’ladi va gap konstruktiv tuzilmasi o’rin egallamaydi.
Uning lisoniy satrga aloqadorligi muayyanlashuvchi otning qanday valentligiga
muvofiq kelishi va uni sintaktik aloqa bilan voqelantirishidir.
Aniqlovchi so’z kengaytiruvchisi ekan, u istagan gap bo’laklariga tobelanishi mumkin:
1. Kesim aniqlovchisi: Nilufar a‘lochi talaba.
2. Ega aniqlovchisi: Kimning gapi to’g’ri.
3. Hol aniqlovchisi: So’lim va xushhavo vodiyda o’rnashdilar.
4. To’ldiruvchi aniqlovchisi: Bizning yorni ko’rgan bormi(
5. Undalma aniqlovchisi: Xayr endi, yashil vodiy, xushmanzara tog’.
Aniqlovchi mustaqil holda biror bo’lakka bog’lanishi ham, kengaytiruvchilar
tarkibida kelishi ham mumkin. Qiyoslang:
Bir yonda lojuvard Bahri muhit bor
Bir yonda zafaron Sahroyi kabir
Bir yonda oq sochli tog’lar purviqor
Sening toleinga o’qiydi takbir
Misralardagi lojuvard so’zi Bahri muhit (ega), zafaron so’zi esa Sahroyi kabir (kesim) so’ziga aniqlovchi bo’lib, bo’laklar kengaytiruvchisi sifatida namoyon bo’lgan. Uchinchi misradagi sochli so’zi tog’lar (ega) so’ziga tobelangan bo’lib, o’z navbatida oq so’zini o’zi tobelangan.
Aniqlovchi gapda turlicha ifodalanishga ega. Aniqlashning o’ziga xosligiga
ko’ra, aniqlovchining materiali ham, shunga muvofiq, uning kengayuvchi so’z
bilan sintaktik aloqasi ham turlicha bo’ladi.

Ko‘pincha fe’l bilan ifodalangan, ba’zan fe’ldan boshqa ayrim so‘zlar bilan ifodalangan bo‘lakka boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, uning ma’nosini to‘ldirib keladigan ikkinchi darajali bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi.

To‘ldiruvchi boshqaruvchi so‘zning talabiga ko‘ra kelishik affikslari (qaratqich kelishigidan tashqari) yoki ko‘makchilar orqali shakllanadi. Masalan: Aql va idrok quyoshga o‘xshaydi, ular dog‘larni bekitadi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). To‘ldiruvchi o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan (fe’l, sifat, ravish, ot, modal so‘z bilan) «to‘ldiruvchi-to‘ldirilmish» sintaktik munosabatni yuzaga keltiradi.To‘ldiruvchi ifoda materialiga ko‘ra egaga hamda qaratuvchiga o‘xshaydi, faqat grammatik shakl jihatdan ulardan farq qiladi.

To‘ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi:

1. Ot bilan: Nodon kishi o‘zining nasl-nasabiga, olim kishi esa o‘zining ilm va adabiga tayanadi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Oy to‘lmagan bo‘lmasa ham, juda yorug‘, shabadada silkinayotgan terak barglarini bitta-bitta sanab chiqish mumkin. (P.Qodirov).

2. Olmosh bilan: Shaharliklar... o‘zlarini tog‘da yashayotganday his qilishadimi? (Sh.Xolmirzayev). O‘g‘il ham otaga shunchalik o‘rgandiki, u bilan birga yotadigan bo‘ldi. (Sh.Xolmirzayev).

3. Harakat nomi bilan: Xalqning hurmat qilishinitilasangiz,  avval o‘zingiz hammani hurmat qiling. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Olim kishi... maqtashlar va olqishlarga uchib, o‘zini yuqori tutmaydi, kamtar bo‘ladi («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).

4. Otlashgan sifat bilan: Yomondan qoch, yaxshiga quloch och. (Maqol). Aziz o‘g‘lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo‘lma, ulardan arslondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko‘zi bilan qara. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Botirdan yaxshi ish qolar, donodan – yaxshi so‘z. (Maqol).

5. Otlashgan son bilan: Chiqmasa... bittasinimenga ber,  bir-ikki oy boqay... (P.Qodirov). Ikkovgabirov botolmas, otliqqa yayov  etolmas. (Maqol).

6. Otlashgan olmosh bilan: Manmanlik yaramas odat ekanini anglang, hamisha buni yodingizda tuting. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Kattami, kichikmi - har qaysisini hurmatlab, yoshi va martabasiga ko‘ra muomala qiling. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»).

7. Otlashgan sifatdosh bilan: Ayrilganni ayiq er, bo‘linganni bo‘ri yer. (Maqol).

8. Otlashgan ravish bilan: Ko‘kka boqma, ko‘pgaboq. (Maqol). Ko‘pni bilgan oz so‘zlar, oz bo‘lsa ham soz so‘zlar. (Maqol).

9. Otlashgan taqlid so‘z bilan: To‘g‘ri, studentlar allaqachon paxtadan qaytib, yomg‘irdan ivigan parklar yana oshiq-ma’shuqlarning shivir-shivirigato‘ldi. (O‘.Hoshimov).

10. To‘ldiruvchi so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: O‘zingdan kichiklarni kamsitmang. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Ular bosh silkib, shundoq muhtaram odam bilan tanishganlaridan minnatdor ekanliklarini izhor qilishdi (O‘.Hoshimov).

To‘ldiruvchi gapga teng predikativ birlik bilan ham ifodalanishi mumkin: Yoshi ulug‘ni ulug‘lasa, baxt topar. (Maqol).


Download 311,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish