Gumanitar fanlar



Download 311,23 Kb.
bet12/14
Sana19.09.2021
Hajmi311,23 Kb.
#178652
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Aniqlovchi va uning xususiyatlari

1-topshiriq
Gaplarni o’qib, sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarni toping. Ularning
farqlarini aytib berishga tayyorlaning.
1. Po’lat pichoq qinsiz qolmas.
2. Ishlaganning yuzi yorug’ bo’ladi.
3. Daraxtlarning ko’m-ko’m shoxlarida och-sariq gullar miltillab ko’rinar edi.
2-topshiriq
“O’qigan” so’zini sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilar vazifasida keltirib,
ikkita gap tuzing. Sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarning umumiy xususiyatini
aytib berishga tayyorlaning.
3-topshiriq
Gaplarni o’qib, aniqlovchilarning turlarini aytib berishga tayyorlaning.
Sifatlovchi, qaratqich, izohlovchi aniqlovchilarning qanday ifodalanganini
tushuntiring.
Ayvon pastida Soli sovuq bilan Juman pismiq qo’l qovushtirib turardi.
Egrining soyasi ham egri. Bizning qishlog’imiz tog’ yon bag’riga tutashgan.
Ko’m-ko’k ko’zli latta qo’g’irchoqning yuzi olmadek qip-qizil edi.
4-topshiriq
Aniqlovchining qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanganini aniqlab, gap
tarkibidagi o’rnini taqqoslang. Gapning qaysi bo’lagini aniqlayotganini
tushuntiring. Aniqlovchilarning uchala turi uchun umumiy xususiyatini ko’rsating.
Oltining yarmi-uch. Ko’m-ko’k dalalar ko’rindi. Vatan – ona so’zi naqadar laziz
(Uyg’un).
Yuqoridagi topshiriqlarni bajarish asosida aniqlovchi bo’yicha quyidagi
umumiy xulosalar chiqariladi:
1. Sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarning farqlari – sifatlovchi aniqlovchi
narsa belgisini anglatib, sifat, son, olmosh, ot, sifatdoshga oid so’zlar bilan
ifodalansa, qaratqich aniqlovchi narsa qarashli bo’lgan narsani bildirib, qaratqich
kelishigidagi so’zlar bilan ifodalanadi, sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarning
o’xshash tomonlari–ular gap tarkibidagi biror bo’lakni aniqlaydi, gap tarkibida
o’zlari aniqlagan gap bo’lagidan oldin keladi.
2. Izohlovchi gap tarkibidagi biror bo’lakni aniqlashi bilan sifatlovchi va
qaratqich aniqlovchilarga o’xshaydi. Izohlovchi gap tarkibidagi o’rni jihatdan
sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilardan farq qiladi: izohlovchi ba’zan
izohlanmishdan oldin, ba’zan esa keyin keladi.
3. Aniqlovchilarning barcha turlari gap tarkibidagi biror bo’lakni aniqlaydi. Gap
bo’laklarini aniqlash aniqlovchilarning barcha turlari uchun umumiy xususiyat
hisoblanadi. Chiqarilgan umumiy xulosalar zaminida aniqlovchilarga doir yanada
umumiy, oxirgi va yakuniy xulosa chiqariladi.
Gapning biror bo’lagini aniqlaydigan, izohlaydigan yoki biror bo’lakning
ikkinchi bo’lakka qarashli ekanligini ko’rsatadigan gap bo’lagiga aniqlovchi
deyiladi.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, bilim va malakalarni umumlashtirish darslari
darsning boshqa tiplaridan tubdan farq qiladi. Ruhiy jihatdan umumlashtirish
darslari tushuncha doirasida bilimlarni tizimga keltirish bilan xarakterlanadi.
Bunday darslar uchun alohida mashq tanlanadi, mashg’ulot o’rganilgan
tushunchalar, hosil qilingan malakalarni taqqoslash asosida olib boriladi. Bilim va
malakalarni umumlashtirish darslarining miqdori o’rgatilgan bilimlar
mundarijasiga ko’ra belgilanadi.


Download 311,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish