Gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya


Harakatlar strategiyasining to‘la bajarilishi qisqa qilib ifodalanganda qanday natijalarga olib keladi?



Download 3,36 Mb.
bet89/191
Sana24.01.2022
Hajmi3,36 Mb.
#407979
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   191
Bog'liq
2 kurs O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan O\'UM 2021 Восстановлен

Harakatlar strategiyasining to‘la bajarilishi qisqa qilib ifodalanganda qanday natijalarga olib keladi?

  1. Huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etiladi, aholi turmush darajasi va hayot sifati oshadi.

  2. Mamlakatimizda muvaffaqiyatsiz va qoloq ishlovchi sohalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar yoki rahbar va xodimlar bo‘lmaydi. Hamma tashkilot va muassasalarda xalqaro qabul qilingan standartlar asosida hamda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda ishlash ta zi to‘la kuch bilan amal qila boshlaydi.

  3. Tadbirkorlik faoliyati odamlar orzusidagi ishdan real hayot tarziga, yalpi ijtimoiy harakatga aylanadi.

  4. Soliq to‘lovchilarning umumiy miqdori oshadi, demakki, ish bilan band aholi hissasi keskin ko‘payadi.

  5. Mamlakatimizda sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi hajmi oshadi, davlatning eksport salohiyati keskin ko‘tariladi.

  6. Davlat xalqqa to‘laqonli xizmat qila boshlaydi, bu jarayon nodavlat tashkilotlar tomonidan jamoatchilik nazoratiga olinadi.

  7. Har bir ish, sohaning, u bank, fermerlik, ularning holatiga jamoatchilik tomonidan baho berib boriladi.

  1. Har bir soha o‘zicha emas, balki o‘zaro hamjihatlikda davlatning ustuvor taraqqiyot yo‘nalishlarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan holda ishlay boshlaydi.

  2. 2021 yilga kelib yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida industrial mahsulotlar, intellektual-madaniy mulk va xizmatlarning hissasi keskin oshadi.

YU.Odamlarda mas’uliyat, tashabbuskorlik, hamjihatlik, mehr-oqibat fazilatlari milliy mentalitetimizning uzviy jihatiga aylanadi.

  1. Dunyoda andozasi bo‘lmagan yangi demokratik, insonparvar tuzilma - xalq davlati shakllanadi va butun jahon mamlakatlari uchun xalqchil, demokratik tartibotlar o‘rnatishda namunaviy model sifatida tavsiya etiladi.

  2. Bandlikni ta’minlash muammosi umumjamiyat miqyosida hal etiladi, boqimandalik kayfiyatiga qarshi jamoatchilik kurashi avj oladi.

  3. Iqtisodiy holati turli darajada bo‘lgan aholi qatlamlariga moslab, yangi uy-joy qurilishi keng ko‘lamlarda olib boriladi. Uy-joyga ehtiyojmand oilalarning muammolari yechiladi.

  4. Jamiyatda to‘g‘rilik, halollik, adolatlilik, mehnatsevarlik, “hamma narsani o‘z nomi bilan atash” fazilatlari odamlarning haqiqiy qadriyatlariga aylanadi.

  5. Vatanparvarlik omili davlat va jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan ma’naviy siyosatning harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi.

  6. Jamiyatda yolg‘onchilik, tovlamachilik sotsial miqyosda notipik faktlarga aylanadi. Jamiyat shunday ijtimoiy zararli pozitsiyaga ega shaxslarni o‘z muhitidan ajratib qo‘yadi. Demak, biz ayrim odamlarni samarali tarbiyalay olishimiz uchun ularni jamiyat o‘zidan uzoqlashtirishi haqida ogohlantirishimiz ham lozim.

  7. YAxshilik qilib, ma’naviy-ruhiy zavqlanish, bunyodkorlik bilan shug‘ullanish, har kuni yaxshilik, savob ish qilay deb ko‘chaga chiqish har bir odam uchun uzviy xususiyatga, yalpi ijtimoiy harakatga aylanadi.

  8. Loqaydlik, befarqlik holatlarini jamiyat tomonidan jiddiy ijtimoiy illatlar sifatida baholash va bunday holatlarni pozitiv yo‘nalishlarga burish, ijtimoiy daxldorlikni kuchaytirish harakati boshlanadi.

  9. Yoshlarda mehnatga bo‘lgan ko‘nikmani tarbiyalash, ularga mehnat qilib zavqlana olishni o‘rgatishning ama- liy mexanizmlari ishlab chiqiladi va yagona milliy siyosat sifatida joriy etiladi.

  10. Aholining xarid quvvati oshadi. Odamlarning ehtiyojlari qatorida ijodkorlik, ilm-fan, san’at, adabiyotga bo‘lgan intilish kuchayadi.

  11. Bozorlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari mo‘l-ko‘lligi ta’minlanadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari arzonlashadi.

  12. Odamlarda o‘z davlati, millatiga bo‘lgan muhabbati haqiqiy qadriyat sifatida mustahkamlanadi. Vatan uchun fidoiylik umummilliy xususiyatga aylanadi.

  13. Diniy ekstremistik oqimlarga berilish holatlarining oldi olinadi, davlat qonunlari, jamiyat qoidalari, haqiqiy islom ma’rifatining hamkorlikdagi kuchi o‘z ta’sirini samarali namoyon eta boshlaydi va boshqalar.

3. Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo‘lib, eng avvalo o‘zida jamiyat a’zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir13.

Mustaqillik yillarida saylov jarayoni bilan bog‘liq “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida saylovlarga doir umume’tirof etilgan demokratik xalqaro tamoyil va qoidalar mustahkamlab qo‘yilgan edi.

2019 yil saylov qonunchiligi sohasida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Yuqoridagi va saylov qonunchiligiga oid ko‘plab boshqa hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Yangi hujjat - O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 – iyundagi O‘RQ-544-сон Qonuni bilan tasdiqlangan Saylov kodeksi (103-moddadan iborat) qabul qilindi. Mazkur kodeks Prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari,  mahalliy kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish tartibini belgilaydi. Shu paytgacha mamlakatimizda saylov to‘g‘risida ko‘plab hujjatlar amal qilib kelmoqda edi. Biroq turli darajadagi 20 dan ortiq qonun hujjatlarini amalda qo‘llashda murakkabliklar yuzaga kelishi holatlari mavjud edi. Masalan, ushbu qonun hujjatlarida deyarli bir xil narsalar yozilgan. Ammo o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kerak bo‘lsa, har biriga kiritib chiqish lozim bo‘lardi. Bu esa ko‘p vaqt va boshqa resurslarni talab qiladi.

«O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qonun va u bilan tasdiqlangan Kodeks orqali mamlakatimizda amalda bo‘lgan saylov to‘g‘risidagi 26 ta qonun hujjatlari qamrab olindi. Ya’ni shuncha hujjat bekor qilinib, o‘rniga ushbu yagona kodeks amalga kiritildi. Jumladan, kodeksda quyidagi o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin: saylov jarayonidan oldin saylovchilarning elektron ro‘yxati shakllantiriladi. Markaziy saylov komissiyasi mutaxassislari saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini yaratish ustida ish olib bordilar. Uyma-uy yurib, saylovchilar ro‘yxatga olindi, har bir saylovchi turar joy kadastr raqamiga biriktirildi. Bundan maqsad «bir saylovchi – bir ovoz” prinsipini to‘liq va bexato amalga oshirishdan iborat. Masalan, biror saylovchi yashash joyi o‘zgarsa, doimiy ro‘yxatdan vaqtinchalik ro‘yxatga o‘tsa, bu saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatida o‘z aksini topadi. Bu saylovchining faqat bir joyda bir marta ovoz berishini ta’minlaydi. Shu bilan birga ushbu elektron tizim orqali saylovchilarga ham qator qulayliklar yaratildi. Masalan, saylovchi Markaziy saylov komissiyasi saytiga kirib pasport raqamini kiritish orqali o‘zining qaysi saylov uchastkasiga mansub ekanligini va saylov uchastkasi joylashgan manzilni aniqlashi mumkin.

Kodeksda uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarning jihozlanishiga oid talablar o‘z aksini topgan. Xususan, saylov komissiyalari joylashgan binolarda saylov uchastkasining xaritasi, zarur mebel, ofis texnika vositalari (telefon, printer, Internetga ulangan va jarayonni boshqarish axborot tizimiga kirish imkoniyatiga ega kompyuterlar, seyf, kanselyariya tovarlari) bo‘lishi kerak.

Saylov kodeksidagi yana bir o‘zgarish asosida saylov okruglari ko‘paytirildi. Saylov kodeksi bilan saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalari faoliyatini tashkil etish tartibib belgilandi. Unga muvofiq, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish uchun 150 ta hududiy saylov okrugi tuziladi. Ilgari 135 ta okrug tuzilgan va 15 nafar deputat O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan. Endilikda O‘zbekiston ekologik partiyasi tashkil etilganligi bois, mazkur partiya deputatlikka o‘z nomzodlarini umumiy saylovlarga qo‘ygan holda Qonunchilik palatasidan o‘rin egallashi mumkin. Shu sababli ushbu 15 o‘rin ham okruglarga berildi. Bu, birinchidan, har bir deputatning teng sharoitlarda saylovlarda ishtirok etish va g‘alaba qozonishi uchun imkon yaratadi. Qolaversa, saylovlarda hech bir partiya yoki harakat uchun alohida sharoit yaratilmasligiga, saylovlarning sof demokratik ruhda o‘tishiga yo‘l ochib beradi.

Saylov kodeksi amalda 2019 yil 22-dekabrdagi saylovlarda va 2020 yil 5-yanvarda o’tkazilgan takroriy ovoz berish jarayonlarida ta’minlandi.Ushbu muxim siyosiy tadbirni o’tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 10253 ta uchastka hamda xorijdagi fuqarolarimiz ovoz berishi uchun 55 ta uchastkalar tuzildi.O‘zbekistonning yangi tarixida birinchi marta MSK tomonidan 180 mingdan ortiq a’zolar saylov qonunchiligidagi yangiliklar bo’yicha o’qitildi.Shuningdek MSK ning 2019 yil 11-oktyabrdagi qarori bilan o’tkazilgan  20-oktyabrdan-20 noyabrgacha saylov qonunchiligi targ’ibot oyligi doirasida davra suxbatlari,debatlar va ommaviy axborotlarda chiqishlar orqali keng xalqimiz  “Yangi o‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostidagi saylov qonunchiligi bo’yicha yangiliklar xabardor qilindi.Saylovlarning shaffof o’tkazilishini xamda xalqaro standartlarga mosligini 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlardan 800 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar kuzatdilar. 

Shuningdek Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko’rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridan mahalliy kuzatuvchilar hamda ommaviy axborot vakillari,blogerlar ham faol kuzatdilar. Ular joylarda saylov jarayonlarini kodeks talablari doirasida o’tkazilishini ta’minladilar. Bundan tashqari respublikamizda 60 ta saylov uchastkasidagi saylov jarayoni  to’g’ridan to’g’ri jaxon ommasiga transilyasiya qilindi. Bu jarayon jaxonda O‘zbekistondagi saylovlar demokratik prinsiplarga mos holda o’tganligini ko’rsatdi.

Prezidentimizning 2018 yil 4-oktyabrda qabul qilingan “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori milliy saylov tizimiga Saylov jarayonini boshqarishda axborot tizimi va Saylovchilarning yagona elektron ro’yxatini joriy qilishning xuquqiy asoslarini yaratishda muhim omil bo’ldi.

Saylovchilarning yagona elektron ro’yxati (SYaER) tegishli davlat organlari tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar asosida shakllantirildi va yangilandi, ushbu ro’yxat joylardagi saylov komissiyalari tomonidan aniqlashtirildi. Aholini uyma-uy yurish natijasida saylov komissiyasi tomonidan saylovchilarning yagona elektron ro’yxatiga saylovchining JSIR yoki uning pasport ma’lumotlari yordamida saylovchini izlab topdi va familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan sanasi va yashash manziliga, uning ovoz berish huquqiga o’zgartirish kiritdi. 

Qonunchilik palatasida Ekoharakat vakillari uchun kvota ajratish instituti tugatildi;

 Nomzodlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan ko’rsatish tartibi bekor qilindi;

 Saylovchilarning yagona elektron ro’yxatini yuritish tartibi qonunan tartibga solinadi;

 Siyosiy partiyalar tomonidan imzo yig’ishda saylovchilar tomonidan bir qancha partiyalarni yoqlab imzo qo’yish imkoniyati berildi;

 Saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasining ovozlarni sanash to’g’risidagi bayonnomasining zudlik bilan jamoatchilik muhokamasi uchun 48 soatdan kam bo’lmagan vaqtga ilib qo’yish tartibi o’rnatildi;

 Uchastka saylov komissiyalarining ovoz berish jarayoni tugagandan keyin amalga oshiradigan aniq harakatlari nazarda tutilmoqda (ovozlarni sanash, bayonnomalarni tuzish, okrug saylov komissiyalari bilan o’zaro aloqalari va x.k);

 Uchastka saylov komissiyasi a’zolarining yarmidan ko’pi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emasligi belgilab qo’yildi;

 Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida muhokama etiladigan va tavsiya etiladigan uchastka saylov komissiyalari a’zolari nomzodlari bo’yicha jamoat birlashmalari va tashkilotlarining takliflari olinishi tartibi o’rnatildi;

 Saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yo’l qo’yiladigan eng ko’p chetga chiqishi o’n foizdan oshmasligi tartibi o’rnatildi;

 fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish huquqi berildi;

 Qonunchilik palatasiga, mahalliy Kengashlarga saylov bir vaqtda o’tkazilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalari tomonidan yagona saylov uchastkalari tuzish tartibi o’rnatildi;

 Saylovlarda ovoz berish vaqti 08:00 dan 20:00 gacha etib belgilandi;

 Saylovchilar Markaziy saylov komissiyasining rasmiy
veb-saytida saylovchilarning ro’yxati to’g’risidagi o’zi uchun kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo’ladi  va boshqalar.

Yana bir o‘zgarish saylov o’tkazish oyi bilan bog’liq. Saylovlar dekabr oyidan oktabr oyiga ko’chirildi.



Saylovlar, referendum kabi, xalq irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyon etilishining qonunlashtirilgan shaklidir. Saylovlar orqali fuqarolar davlat hokimiyati organlarining shakllanishida ishtirok etadilar va bu bilan davlat boshqaruvidagi o‘zining konstitutsiyaviy huquqini amalga oshiradilar. Milliy saylov qonunchiligi va amaliyoti O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning uzviy tarkibiy qismi bo‘lib, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar tuzumdan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish sari qo‘yilgan qadamdir.

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish