Gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya



Download 3,36 Mb.
bet73/191
Sana24.01.2022
Hajmi3,36 Mb.
#407979
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   191
Bog'liq
2 kurs O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan O\'UM 2021 Восстановлен

Eron Islom Respublikasi 1991-yilning 25-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini rasman tan oldi.

1992-yil 10-mayda O‘zbekiston va Eron o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi.

Eronning Toshkentdagi elchixonasi 1992-yil noyabr oyida va O‘zbekistonning Tehrondagi elchixonasi 1995-yil may oyida ochilgan.

O’tgan muddat davomida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning Eronga to’rt bor tashrifi amalga oshirildi. (1992 va 2003-yillarda rasmiy, 1996 va 2004-yillarda EKO sammiti doirasida).

O’z navbatida Eron prezidentlari A.Rafsanjoni (1993-yil oktyabr) va S.Hotamiylarning (2002-yil aprel) O‘zbekistonga rasmiy tashriflari bo’lib o’tgan.

Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 2017-yil sentyabrda Ostonada o’tkazilgan fan va texnologiyalar bo’yicha birinchi sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti H.Ruhoniy bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Tashqi ishlar vazirining orinbosari darajasida muntazam ravishda O‘zbekiston-Eron siyosiy maslahatlashuvlari o’tkaziladi. Siyosiy maslahatlashuvlarning 5-davrasi 2017-yilning 13-martida Toshkentda o’tkazildi.

2018-yil natijalariga ko’ra, o’zaro tovar ayirboshlash ko’rsatkichlari $306,5 mln, shu jumladan O‘zbekison eksporti – $172,5 mln., import esa $133,9 mln. hajmida qayd etildi.

O‘zbekistonning Eronga eksporti paxta, paxta tolasi, qora va rangli metallar, mineral o’g’itlar,elektomexanik jihozlar, mevalar, quruq mevalar va plastmassa mahsulotlaridan iborat bo’lmoqda.

Hozirgi davrda O‘zbekistonning BAA, Saudiya Arabistoni, Misr Arab RespublikasiIsroil,  Quvayt va boshqa Osiyo dalatlari bilan har tomonlama aloqalari kengayib bormoqda.

Sovet tuzumi davrida mamlakatlarimiz xalqlari vakillari qanchalik intilmasinlar, qanchalik harakat qilmasinlar, O‘zbekiston – Xitoy hamkorligi cheklanganligicha qolib ketavergan edi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgandan keyin ko’p asrlar davomida shakllanib kelgan O‘zbek va xitoy xalqlari o’rtasidagi do’stliq hamkorlik aloqalarini tiklash, umuman, ko’p tomonlama faol tashqi siyosat yuritish imkoniyati paydo bo’ldi.

Xitoy O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olgan dastlabki davlatlardan biri hisoblanadi (1991 yil 27 dekabr). 1992 yil 2 yanvarda XXR tashqi savdo va iqtisodiy hamkorlik vaziri Li Lyansinning O‘zbekistonga tashrifi davomida ikki mamlakat o’rtasida diplomatik munosabatlarni o’rnatish to’g’risida Bayonnoma imzolangan.

1992 yil 12–14 mart kunlari O‘zbekiston  Respublikasining Birinchi  Prezidenti Islom Karimov boshchiligidagi hukumat delegasiyasi XXR raisi Yan Shankunning taklifiga binoan Xitoyga tashrif buyurdi. Tashrif davomida XXR va O‘zbekiston Respublikasi o’rtasidagi hamkorlik to’g’risidagi yigirmaga yaqin muhim hujjatlar imzolangan.  O‘zbekiston Respublikasi va XXR o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning tamoyillari to’g’risidagi Shartnoma, O‘zbekiston Respublikasi va XXR qishloq xo’jaligi vazirliklari o’rtasidagi hamkorlik to’g’risidagi Bitim, O‘zbekiston Respublikasi va XXR tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida konsultasiyalar o’tkazish to’g’risidagi Bayonnomalar o’zaro hamkorlikni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Ikki davlat hukumatlarining o’zaro kelishuviga va imzolangan bitimlariga asosan, 1992 yilda Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi rasman o’z faoliyatini boshladi. O’z navbatida, O‘zbekiston Respublikasining XXRdagi elchixonasi 1995 yil 6 mayda Pekin shahrida ochildi. Shuningdeq savdo-tijorat ishlari bo’yicha vakolatxonamiz Xitoyning 15 eng yirik shaharlaridan biri hisobangan Shanxay shahrida o’z  faoliyatini bugungi kunga qadar samarali olib bormoqda.

Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aylanmasi 1993 yilda 71,9 million AQSh dollarini tashkil etgan. O‘zbekistondan Xitoyga umumiy qiymati 36,6 mln. AQSh dollari bo’lgan mahsulotlar eksport qilingan bo’lsa, Xitoydan O‘zbekistonga import 35,3 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. O’zaro savdo aylanmasidagi musbat saldo 1,3 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan. 1994 yilda ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aylanmasi, deyarli ikki baravarga oshgan va 165 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. Jumladan, eksport 76,9 mln. AQSh dollarini, import esa 88,1 mln. AQSh dollarini tashkil etgan. O’zaro savdo aylanmasida 11,2 mln. AQSh dollari miqdorida manfiy saldo qayd etilgan. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo aloqalari keyingi yillarda ham rivojlanib bordi va 1995 – 1996 yillarda o’zaro savdo aylanmasi 218,6 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Hozirgi kunda O’zbekistonning tashqi eksport-import savdosida Xitoy birinchi o’rinda turadi.

O‘zbekistonning mustaqillik sharoitidagi Janubiy Koreya bilan hamkorligining huquqiy asoslarining shakllantirilishi 1991-yil 31-dekabrga to’g’ri keladi. Mazkur sanada Koreya Respublikasi O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatidagi suverenitetini e’tirof etdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi rasmiy diplomatik aloqalar 1992-yil 29-yanvar kuni o’rnatildi.

O‘zbekiston Respublikasi  Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 1992-yilning 16-iyunda rasmiy ravishda Janubiy Koreyaga birinchi tashrifini amalga oshirdi. Ushbu tashrif davrida imzolangan kelishuv va shartnomalarda ikki davlat o’rtasidagi hamkorlinking huquqiy asoslariga dastlabki poydevorni qo’ydi deb hisoblash mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-apreldagi qaroriga muvofiq Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida O‘zbekiston Respublikasining Konsullik vakolatxonasini tashkil etildi.Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-sentyabrdagi qaroriga muvofiq Koreya Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi faoliyati yulga qo’yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga asosan, 2014-yilda ikki davlat o’rtasidagi tovar aylanmasi 2016,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi, ulardan eksport 143,7 mln. AQSh doll., import – 1872,7 mlrd. AQSh doll. tashkil qildi. Janubiy Koreya tomonidan O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investisiyalarning hajmi 5 mlrd. AQSh doll.dan oshgan.

O‘zbekiston-Janubiy Koreya tovar ayirboshlash miqdorida O‘zbekistonning eskportining asosini paxta tolasi tashkil qilishini yuqorida aytgan edik (umumiy eksportning 69%ni tashkil qiladi). Undan tashqari O‘zbekiston Koreya Respublikasiga uran, teri va qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qiladi. O‘zbekiston bo’lsa Janubiy Koreya importida asosiy urg’uni zamonaviy ilg’or texnologiyalarni olishga qaratgan. Chunki O‘zbekiston iloji boricha tayyor mahsulot olishdan ko’ra uni o’zimizda ishlab chiqarishni yulga qo’yishni asosiy maqsad deb biladi. Shuning uchun ham ko’pincha raqobatdardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir bo’lgan texnologiyalarni sotib olishga harakat qiladi.

O‘zbekistonning Sharqning eng rivojlangan mamlakati – Yaponiya, janubi-sharqiy Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Malayziya, Indoneziya, Vyetnam, Avstraliya kabi mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik aloqalari yo’lga qo’yildi, o’zaro manfaatli iqtisodiy va madaniy hamkorlik rivojlanib bormoqda.

1991-yil 28-dekabrida Yaponiya O‘zbekistonning mustaqilligini tan oldi. 1992-yil-26 yanvarda diplomatik munosabatlar o’rnatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 3 marotaba – 1994, 2002 va 2011 yillarda Yaponiyaga tashrif buyurdi. O‘zbekistonga javob tashriflari 2006 yilning avgust oyida Yaponiya bosh vaziri J.Koidzumi va 2015-yil oktyabrda Yaponiya bosh vaziri S.Abe tomonidan amalga oshirildi. 2010 va 2014-yillarning mayida Yaponiya bosh vaziri o’rinbosarlari, moliya vazirlari N.Kan va T.Aso O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

2002 yildan boshlab ikki davlatning tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida doimiy ravishda siyosiy maslahatlashuvlar o’tkazib kelinmoqda. 2017-yil martda siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi uchrashuvi Tokio shahrida o’tkazildi.

O‘zbekistonda 10 ta qo’shma korxona mavjud bo’lib, shundan bittasi 100 foiz yapon sarmoyasi ishtirokida tuzilgan. 13 ta yapon kompaniyalarining vakolatxonalari akkreditasiyadan o’tgan.

2017-yil yanvar-oktyabr oralig’ida o’zaro tovar aylanmasi 138,5 million dollarni tashkil qildi.

Yaponiyaning O‘zbekistonga ko’rsatgan moliya-texnikaviy yordami 4,1 milliard dollardan oshdi. Ushbu yordam tufayli O‘zbekistonda sog’liqni saqlash, maorif, energetika, transport, telekommunikasiya va boshqa sohalarda qator ijtimoiy ahamiyatli va infratuzilma loyihalari amalga oshirildi.

Hozirgi kunda Yaponiya O‘zbekistonning eng yirik hamkorlaridan biridir.

5. 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegasiyasi AQShga va Vakillar palatasi a’zosi T.Kelli boshchiligidagi bir guruh kongress a’zolari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston va AQSh o’rtasida ustuvor ahamiyatga ega bo’lgan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik faol rivojlanmoqda.

Mamlakatlar o’rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishda AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi muhim ahamiyat kasb etadi. AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida imzolangan TIFA savdo va investisiyalar to’g’risidagi bitimning amalga oshirilishi Amerika bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga hissa qo’shmoqda.

O‘zbekistonda AQShning dunyoda taniqli bir qator yirik kompaniyalari faoliyat ko’rsatmoqda. Xususan, «General Motors» korporasiyasi ishtirokida yengil avtomobillar uchun dvigatellar ishlab chiqarishga mo’ljallangan «General Motors Powertrain Uzbekistan» zavodi faoliyat ko’rsatmoqda.

«Boeing» kompaniyasi «O‘zbekiston havo yo’llari» Milliy aviakompaniyasini zamonaviy avialaynerlar, xususan «Boeing-787-8 Dreamliner» rusumidagi yangi avlod samolyotlari bilan ta’minlovchi asosiy va doimiy hamkor sanaladi.

«General Electric» korporasiyasi O‘zbekistonning neft-gaz va aviasiya sektorlarida, shuningdeq salomatlik va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi muhim hamkori hisoblanadi.

AQShning O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan boshqa kompaniyalari ichida «Exxon Mobil», «CNH Industrial», «Coca-Cola», «Hyatt», «Hilton», «John Deyere», «Honeywell», «Caterpillar» va boshqalar ham mavjud.

Universitetlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish doirasida O‘zbekistonning bir qator oliy ta’lim muassasalari hamda AQShning Ogayo va Michigan universitetlari, Boston yuridik kolleji, Amerika va Jorjtaun universitetlari kabi oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, Toshkentda Vebster universiteti filialini ochish to’g’risida kelishuvga erishildi. AQSh tibbiyot muassasalari va O‘zbekiston ixtisoslashgan klinika va shifoxonalari o’rtasida, jumladan jarrohliq kardioxirurgiya, urologiya, akusherlik va ginekologiya ko’z mikroxirurgiyasi yo’nalishlarida to’g’ridan-to’g’ri aloqalar o’rnatildi.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvida Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan o’zaro manfaatli aloqalarni yo’lga qo’yish va tobora rivojlantirish alohida o’rin tutadi. 1996 yil 21-iyunda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi “Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim” mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bilan o’zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik aloqalari yildan-yilga chuqurlashib bormoqda. Mamlakatimizda  Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning 145 firma va kompaniyasi vakolatxonalari akkreditasiya qilingan. Yevropalik sarmoyadorlar ishtirokida 491 ta korxona ishlayapti. 1995-2002 yillarda Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining firma va kompaniyalari umumiy qiymati qariyb 8 mlrd dollarlik yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda qatnashdi.

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqining a’zosi Germaniya bilan o’zaro manfaatli aloqalari kengayib bormoqda. Bu davlat bilan mamalkatimizning o’zaro aloqalari o’tmishga borib taqaladi. Davlatning aholisi 82,3 mln kishi , umumiy yer maydon 357 ming kv.km.Oliy vakillik organi sifatida 709 deputatdan iborat parlament-Bundestag faoliyat yuritmoqda. Mamlakat YaIM 3 trillion yevroga teng. Bu ko’rsatkich orqali Germaniya jahonda AQSh, XXR, Yaponiyadan so’ng 4-o’rinda turadi. YaIM tarkibida xizmatlar 69%, sanoat-30%, qishloq xo’jaligi 1% tanshkil etadi. YaIM kishi boshiga taqsimlaganda 40 ming yevroga, infilyasiya darajasi 0,4% teng.

O‘zbekiston Germaniya munosabatlari 1992 yildan boshlangan. Germaniya mamlakati O‘zbekiston mustaqilligini 1991 yil 31-dekabr kuni tan olgan. O‘zbekiston Respublikasi bilan GFR o’rtasida diplomatik munosabatlao 1992 yil 6 yanvarda o’rnatilgan. 1992 yil 6 martda o’zaro elchixonalar va konsulliklar ochish, diplomatik aloqalarni yo’lga qo’yish, siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olindi. Shu kungacha  ikki davlat o’rtasida 140 dan ortiq turli bitm va shartnomalar imzolangan. 2017 yil 30 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o’rtasida ikkitomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 20 yanvarda GFR federal kansleri  Angela Merkel taklifiga binoan ushbu mamlakatda bo’ldi. Uchrashuvda asosiy e’tibor ikki mamlakat o’rtasida savdo-iqtisodiy ivestitsiyaviya va texnalogik hamkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratildi. O’tkazilgan Biznes forumda 8 mlrd yevroga teng qiymatdagi yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. 2018 yilda ikki mamlakat o’rtasidagi tovor-ayrboshlash hajmi 700 mln yevrodan oshgan bo’lsa, 2019 yil bu ko’rsatkich 1 mlrd yevrodan oshishi ko’zda tutilgan.


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish