Gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya



Download 3,36 Mb.
bet3/191
Sana24.01.2022
Hajmi3,36 Mb.
#407979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Bog'liq
2 kurs O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan O\'UM 2021 Восстановлен

M U N D A R I J A




Ma’lumotlar

Bet

I

Fanning o‘quv dasturi

4

II

Fanning ishchi o‘quv dasturi

5

III

Fanning asosiy o‘quv materiallari:

6

3.1

Ma’ruza mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari

6

3.2

Amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv materiallari

193

3.3

Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv materiallari

-

3.4

Mustaqil ta‘lim bo‘yicha o‘quv materiallari

247

3.5

Fan bo‘yicha glossariy (o‘zbek, rus, ingliz tillarida)

250

IV

Fan bo‘yicha o‘tkaziladigan attestatsiyalar uchun savollar:




4.1

1 OB uchun og‘zaki savollar (120 ta)

261

4.2

2 OB uchun og‘zaki savollar (120 ta)

266

4.3

YaB uchun og‘zaki savollar (300 ta)

271

4.4

1 OB uchun yozma ish savollari (150 ta)

282

4.5

2 OB uchun yozma ish savollari (150 ta)

287

4.6

YaB uchun yozma ish savollari (500 ta)

293

4.7

1 OB uchun test savollari (200 ta)

312

4.8

2 OB uchun test savollari (200 ta)

342

4.9

YaB uchun test savollari (500 ta)

368

V

Fan bo‘yicha baholash mezonlari

437

VI

Fan bo‘yicha tarqatma materiallar

439

VII

O‘UMning elektron varianti





I. FANNING

O‘QUV

DASTURI

II. FANNING ISHCHI O‘QUV DASTURI


III. FANNING ASOSIY O‘QUV MATERIALLARI:

3.1.MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI UCHUN O‘QUV MATERIALLARI

Mavzu: KIRISH. “O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” O‘QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI
REJA:
1. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi

2. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari

3. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari to‘g‘risidagi fikrlari


TAYANCH SO'Z VA IBORALAR:
O‘zbekiston tarixi faniga yangicha yondashuv, O‘zbekiston tarixini davrlashtirish, fan, predmet, obyekt, nazariy - uslubiy asoslar, tamoyillar, xolislik, ilmiylik, tarixiylik, ma’naviy yetuk shaxs, milliy tarix, Oʼzbekiston tarixi fanini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
1. O‘zbekiston tarixi ko‘hna bo‘lib, olamshumul voqeliklarga juda boy. Mamlakatimiz jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri hisoblanib, O‘zbekiston tarixi qadim va yaqin ajdodlarimizning hayotiy kechmishlari qanday bo‘lganligi, jahon tarixi taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini holisona va haqqoniy o‘rganadi. Umuman, O‘zbekiston tarixi fani ajdolarimiz hayotida sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni tahlil qilishni, ularning sabablari va mohiyatini, ichki va tashqi omillarini, umumiy va o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi o‘ta muhim masala bo‘lib, u fanning tub ilmiy-nazariy asoslarini tashkil etadi. Vatanimiz tarixini mukammal o‘rganish, tadqiq qilishda uni to’g‘ri davrlashtirish muhim ahamiyatga egadir.

Sovetlar hukmronligi davrida SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, jumladan vatanimiz tarixini besh davrga bo’ldilar:


  1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davri

  2. Quldorlik tuzumi davri

  3. Feodalizm tuzumi davri

  4. Kapitalizm tuzumi davri

  5. Sotsializm va kommunizm davriga bo‘lindi

Bunday davrlashtirishning maqsadi jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta “Kommunizm” ga olib boradi degan g‘oyani ilgari surush va o‘tkazishdan iborat edi. Shu tufayli XX asrning oxiriga kelib insoniyat bu g‘oyani yelkasidan uloqtirib tashladi. Natijada butun dunyoda “sinfiy qadriyatlar” dan “milliy va umuminsoniy qadriyatlar” ning ustunligi e’tirof etildi.

Vatanimizning, o‘zbek xalqining boy, serko‘lam, betakror tarixi, uning o‘ziga xos va mos tarixiy taraqqiyot davri mavjud bo’lib, uni tarixnavis olimlarimiz fikriga ko‘ra quyidagi davrlarga bo‘lish joizdir.



  1. Ibtidoiy jamiyat, Qadimgi davr.

  2. O‘rta asrlar davri.

  3. Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri.

  4. Sovetlar istibdodi davri.

  5. Milliy istiqlol davri.

“Turon tarixi” jurnalida akademik A.Asqarov O’zbekiston tarixini davrlashtirishda quyidagi 7 davrni ko‘rsatib o‘tadi:

  1. Ibtidoiy to‘da davri.

  2. Urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri.

  3. Ilk o‘rta asrlar davri.

  4. O‘rta asrlar davri.

  5. Mustamlakachilik va milliy uyg‘onish davri.

  6. Sovetlar davri.

  7. Milliy istiqlol, demokratik va fuqorolik jamiyati qurish davri.

Mustaqillik yillarida tarixchi olimlar “Yangi tarix” ta’limoti va tarix fanini o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslariga suyangan holda shonli boy tariximizni ilmiy asosda davrlashtirish sohasida ma’lum yutuqlarni qo‘lga kiritdilar va tarixni sinflar kurashidan iborat, deb tushunish, uni 5 ta formatsiyaga bo‘lishdan batamom voz kechdilar. O‘zbekiston tarixiga oid dastur, darslik, va o‘quv qo‘llanmalari sovet tuzumi davrining soxta, to‘qima materiallaridan butunlay holi qilindi. Ularda O‘zbekiston tarixi shartli ravishda eng muhim davrlarga, o‘zbek davlatchiligi tarixiy davrlariga, xususan, dastlabki davlatlar (qadimgi davrlardan IX asrgacha), IX-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi, Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligi, O‘rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo‘linib ketishi, uning sabablari va oqibatlari, Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati, Sovetlar davri siyosati va Mustaqil O‘zbekiston davlati tarixiy davrlariga bo‘lindi.

Ko‘plab milliy tarixiy maktablarda mamlakatning zamonaviy tarixining boshlanishi uning xorijiy hukmronlikdan ozod bo‘lganligi va mustaqil milliy davlat tashkil topishi bilan belgilanadi. Zamonaviy tarixni davrlashtirishga boshqa yondashuvlar tarafdorlari "hozirgi zamon" atamasida hozirgi zamon bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan davrni nazarda tutadilar. Ular XX asr tarixi yoki hozirgi tarix haqida gapirishni afzal ko‘radilar. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixshunosligi muhim o‘zgarishlarga uchradi. Sovet partiyasi mafkurasining rad qilinishi munosabati bilan u yangi bosqichga o‘tdi, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari oldiga yangi nazariy va uslubiy darajani egallash, yangi ilmiy yo‘nalishlarni ishlab chiqishni boshlash vazifasi qo‘yildi.

Ko‘pgina mutaxassislarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning zamonaviy tarixi 1989 yildan boshlanadi. Mazkur sana bilan bog‘liq voqealar - sovet totalitar tuzumining so‘nggi o‘n yilligidan boshlab chuqur inqiroz pallasiga kirganligi, xususan, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlariga e'tiborsizlik bilan xarakterlanadi. O‘zbekiston tarixidagi ushbu murakkab davrda siyosiy sahnada yangi shakllangan lider - Islom Abdug‘anievich Karimov paydo bo‘ldi. Uning oqilona siyosati tufayli respublikaning manfaatlari himoya qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy inqirozdan, ichki va tashqi mojarolardan qutqarish mumkin bo‘ldi. I.A.Karimov davlat rahbari sifatida faoliyat boshlagan kundan boshlab, milliy mustaqillik g‘oyasini ilgari surdi va nihoyat,1991 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilindi. Suveren davlat sifatida O‘zbekistonning eng yangi tarixi butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining yangi bosqichiga to‘g‘ri keladi va shuning uchun ham u zamonamizning global voqealari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan eng yangi tarixning ajralmas qismiga aylandi.

Tarixdan ma'lumki, ko‘plab xalqlarning mustaqillikka erishishi, ularning nafaqat yangi shakllangan davlatlari tarkibini, balki xalqaro maqomini ham o‘zgartirgan va bu "yaqin tarix" tushunchasini belgilashda muhim omillardan biri bo‘lgan. Bu o‘rinda yangi va zamonaviy zamon o‘rtasidagi tarixiy davrni bir voqea sodir bo‘lgan sana bilan emas (juda katta miqyosda bo‘lsa ham), balki jamiyatning turli sohalaridagi sifat o‘zgarishini ko‘rsatadigan hodisa va jarayonlarning umumiy miqyosi doirasida aniqlash kerak.



Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, O‘zbekistonni mustaqil rivojlanishining mohiyati, mazmuni va ahamiyatini baholab, mamlakat yaqin tarixini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish