Turkiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991 yil 16 dekabrda tan olgan. Diplomatik aloqalar 1992 yil 4 martda o’rnatilib, shu yil aprel oyida Turkiyaning Toshkentda elchixonasi ochilgan. 1993 yil may oyidan Anqarada O‘zbekiston elchixonasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 4 marotaba Turkiyaga tashrif buyurgan (1991, 1994, 1997 va 1998 yy.).
2017 yil 25-26 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi amalga oshirildi.
Turkiya prezidentlari T.Ozal (1993y.), S.Demirel (1996y., 1996y., 1999y.), N.Sezer (2000y.) R.Erdog’an (2016y.), bosh vazirlari S.Demirel (1992y.), T.Chiller (1995y.), M.Yilmaz (1998y.) va R.Erdog’an (2003y.) O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurgan.
2017 yil 14 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi bilan hamkorlik bo’yicha parlamentlararo guruhi tuzildi. Uning rahbari Oliy Majlis Senati raisining birinchi o’rinbosari S.Safoyev hisoblanadi.
Turkiya O‘zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi (Rossiya, Xitoy va Qozog’istondan keyin 4-o’rinda). 2017-yil yakunlariga ko’ra, O‘zbek-turk savdo aylanmasi hajmi 1,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017 yil 25-26 oktyabr kunlari Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdug’onning taklifiga binoan Turkiya davlatiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o’rtasida savdo- iqtisodiy, siyosiy, turizm, transport, logistika, madaniy- gumanitar va boshqa sohalarda, jami 3.5 mld dollar hajmidagi 30 dan ortiq loyihalar bo’yicha bitimlar imzolandi. Tashrif chog’ida ikki mamalakat o’rtasida tovar ayrboshlash hajmi 2020 yillarga borib 3-4 mld dollarga yetkazishga kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston va Pokiston hukumatlararo savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo’yicha qo’shma komissiyasi 1993-yilda tuzilgan bo’lib, uning so’nggi 5-yig’ilishi 2011-yil mart oyida Islomobadda bo’lib o’tgan.
Imzolangan Savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g’risidagi bitimga ko’ra, ikki davlat o’rtasidagi o’zaro savdoda imtiyozlar berish joriy etilgan.
2018-yil yanvar-noyabr oylarida o’zaro savdo ko’rsankichi 92,4 mln.ga etdi, eksport 28,7 mln., import 63,7 mln.
2017-yil 5 apreldan boshlab “Toshkent-Lahor-Toshkent” yo’nalishi bo’yicha haftasiga ikki parvoz qayta tiklandi.
O‘zbekistonda Pokiston kapitali ishtirokida tuzilgan 81 korxona ishlab turibdi. Ularning 4 tasi 100 foiz Pokiston sarmoyasi asosida faoliyat yuritmoqda. 23 qo’shma korxona 2018-yilda tashkil etilgan. Ular asosan savdo, to’qimachiliq qog’oz, charm, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, transport va sayyohlik xizmatlari kabi sohalarda ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |