Gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya


ijtimoiy va ma’naviy sohada



Download 3,36 Mb.
bet28/191
Sana24.01.2022
Hajmi3,36 Mb.
#407979
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   191
Bog'liq
2 kurs O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan O\'UM 2021 Восстановлен

ijtimoiy va ma’naviy sohada bu:

- insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib qolishini;

- ma’naviyatni qayta tiklashni;

- o‘zbek tilini rivojlantirishni;

- hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirishni;

- ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari - keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi-yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli huquqlarini ta’minlashni;

- odamlarning iste’dod qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma’naviy mulkni himoya qilishni bildiradi.

3. Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O'zbekistonning munosib o'rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning ikkinchi bosqichi vazifalari sifatida mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalar - xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy valyutani mustahkamlash, ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalarini belgilab beradi.

Mazkur masalaning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:

birinchidan, iqtisodiy siyosatda dehqonchilikka, umuman qishloq hayotiga etakchi tarmoq sifatida qarash;

ikkinchidan, milliy valyutani joriy qilish, uning qadrini muttasil oshirib borish;

uchinchidan, mulkchilikning barcha shakllariga erk berish, shaxsiy tashabbus va ishbilarmonlikka yo‘l ochish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;

to‘rtinchidan, iqtisodni jonlashtirish uchun korxonalarni xusu- siylashtirish, bu jarayonni tobora chuqurlashtirish;

beshinchidan, o‘tish madaniyati va qadriyatlarini tiklash ishlarini yo‘lga qo‘yish va bu borada izchil tadbirlarni amalga oshirish.

Bular Mustaqil O‘zbekistonda davlat Mustaqilligini amalga oshirishning jamiyat rivojining hozirgi bosqichidagi ustuvor yo‘nalishlaridir. Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy xususiyatlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan iborat edi. Shuning uchun 1991 yilning 18-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida mulkni “Davlat tasarraufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra mulkchilik shakllarini o‘zgartirish sahasidagi ishlar mamlakat miqyosida hayotga tatbiq etila boshlandi.

Dastlabki bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tiziimni, xullas “kichik xususiylashtirish” jarayonini qamrab oldi. Birinchi bosqichda (1992-1993 yillar) 1 mln. Kvartira xususiylashtirildi yoki O‘zbekiston shaharlaridagi har bir oildada o‘rtacha 4,7kishi bo‘lsa, qariiyb 5 mlnga yaqin kishi birgina kvartirani xususiylashtirish hisobiga mulkdorga aylandi. “Kichik xususiylashtirish davrida 1992-1994 yillarda 54 mingga yaqin korxona va obyekt davlat tasarrufidan chiqarildi”. Xususiylashtirishning yangi bosqichi 1994 yildan boshlanib, shu yilning o‘zida 5127 ta obyekt xususiylashtirildi. Bu jarayonlar qishloq xo‘jaligida ham boshlandi.

Bosib o'tilgan yo'l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida yerishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan edi.

Mazkur vazifani amalga oshirish yo'lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma'ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o'rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.

Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o'rganish hamda umumlashtirish asosida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan:

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi; Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o'rinlarda — Davlat dasturi) tasdiqlandi. Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg'in muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi, ularning natijasida ko'plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko'rsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar.

Harakatlar strategiyasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog'ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.

Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.

Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo'nalishi belgilangan:

1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;

2. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;

3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;

4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;

5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.

Mazkur yo'nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo'limlardan iborat.

Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi.

2017 yil 7 fevralda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan e'lon qilingan “Harakatlar strategiyasi”, o'z mohiyat e'tiboriga ko'ra, dunyoda tub o'zgarishlar yuz berayotgan hozirgi zamonda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy sohalar va xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha beshta ustuvor yo'nalishda aniq muddatga mo'ljallangan tom ma'nodagi milliy strategiya hisoblanadi. U besh bosqichda, kelgusi besh yilda yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo'yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. Va bu O'zbek modelining mantiqiy davomi bo'lib xizmat qilmoqda, deyish mumkin.

Ushbu hujjat 1992 yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari hamda 2010 yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov taqdim etgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar doirasidagi demokratik yangilanish hamda modernizatsiya jarayonlarining mantiqiy va qonuniy, izchil va uzviy davomidir. Ayni paytda bu muhim strategiya davlatimiz va jamiyatimizni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab bermoqda. Bu bejiz emas. Nega deganda, Prezident Sh.M.Mirziyoyev Asosiy Qonunimizning Istiqlol arafasida ishlab chiqilishi va mustaqillikning ilk yillarida qabul qilinishi davrida ham, Konsepsiyani tayyorlash va unda belgilangan eng muhim vazifalarni hayotga chuqur tatbiq yetish jarayonlarida ham Yo'lboshchimizning yonida turib, ta'bir joiz bo'lsa, yelkama-yelka birga ishlagan, davlat siyosatini yuritish bobida yuksak mahorat maktabini o'tagan.

4. O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritilgach, tabiiy ravishda davlat mustaqilligi va suverenitetini Konstitutsiya asosida mustahkamlash zarurati yuzaga keldi.

O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi dastlab Islom Karimov tomonidan 1990 yilning mart oyida ilgari surildi. 1990 yil 20 iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Kengashining II sessiyasida yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi.

Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobiga olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa davlat arbobi hamda allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi.

Loyihaning dastlabki varianti 1991 yil oktabr – noyabrigacha tayyorlab bo‘lindi. U muqaddima, olti bo‘limga bo‘lingan 158 moddadan iborat edi. Bu loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. Uning ustida yanada jiddiyroq va talabchanlik bilan ishlash zarur edi. 1992 yil bahorida esa loyihaning 149 – moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. 1992-yil 26-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992-yil 26-noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Birinchi Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi.


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish