Gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya


Mavzu: MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR



Download 3,29 Mb.
bet96/195
Sana13.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#446748
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   195
Bog'liq
1 kurs O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan O\'UM 2021

Mavzu: MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O‘ZBEKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR




REJA:

1. XX asr 80-yillari o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli holat


2. Markazning O‘zbekistonda amalga oshirgan qatag‘on siyosati: “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kampaniyalar
3. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojeasi va Farg‘ona voqealari
4. I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati

Mamlakat katta tabiiy resurslarga ega bo‘lsada, xo‘jaliklar uning yetishmovchiligiga duch keldi. Ko‘pgina mamlakatlar fan-texnika inqilobi tufayli xalq turmushida jiddiy ijobiy burilishlarga erishgan bir paytda SSSR bu jarayondan chetda, orqada qolib ketdi. Ishlab chiqarish texnologiyasi eskirgan, mahsulotlarning sifati past, ular sotilmasdan omborlarda to‘planib qolayotgan edi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, iqtisodiyotda partiyaviy rahbarlik va uning mafkuralashtirilishi iqtisodiyotni isloh qilish yo‘lidagi urinishlarni yo‘qqa chiqarar edi. Ijtimoiy ehtiyojlarga mablag‘ ajratishda qoldiq tamoyili va taqsimotda tekischilik hukmron edi. Boqimandalik, tayyorga ayyorlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, chayqovchilik, poraxo‘rlik kabi yaramas illatlar jamiyatni kemirmoqda edi.


Buyruqbozlik – boshqaruv usuli, sansalorlik, qog‘ozbozlik, majlisbozlik iqtisodiyotning o‘z qonunlari va vositalari asosida rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda edi. Odamlar mulkdan begonalashtirilgan, shu tufayli loqayd, sust, beparvo edilar, huquq va qonuniylik puturdan ketgan edi. Xo‘jalikni boshqarishda 200 mingtacha turli buyruqlar, qonunsimon hujjatlar hukmron bo‘lib, ular xo‘jalik xodimlarining har bir qadamini nazorat qilib, tashabbuskorlikni bo‘g‘ar edi. Oddiy korxonadan tortib tumangacha, viloyatdan tortib respublikagacha, respublikadan Markazgacha haqiqiy ahvolni bo‘yab ko‘rsatish, barcha darajadagi rahbarlarni maqtash, ular nomiga hamdu sanolar o‘qish rasm bo‘lib qolgan edi. Oqibatda dunyoda eng kuchli ikki davlatdan biri, deb hisoblanib kelingan SSSRda inqirozli holat shakllanib yetilgandi.
O‘zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, islohotlar yo‘lini katta umid bilan kutib oldilar. Jamiyatni yangilashdan najot kutayotgan edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo‘ldi. O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Bu o‘z xalqining or-nomusi, qadr-qimmatini himoya qilishga qodir bo‘lmagan, siyosiy irodasi bo‘sh kishilarning respublika rahbariyatiga kelib qolishi bilan bog‘liq edi. Ularning ojizligi orqasida respublika partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan koplab kadrlar yuborildi. “Kadrlar to‘dasi” deb nom olgan 400 ga yaqin kelgindilar O‘zbekistonni o‘z bilganlaricha boshqara boshladilar. O‘zbekiston Kompartiyasi va O‘zbekiston Ministrlar Kengashi amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimga o‘tirgan mahalliy kadrlar ularning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib qoldilar. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasida Moskva vakillari – Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryovlar uya qurib olgan edilar. O`sha yillarda tez-tez bo‘lib turadigan plenumlar va yig‘ilishlar O‘zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan “kadrlar to‘dasi”ning boshliqlari – Anishchev, Ogaryok, Satin va ularning hamtovoqlari nazorati ostiga olingan edi. O‘zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi I.Usmonxo‘jayev ham ular oldida ojizu harakatsiz edi.
Qatag'onlikning navbatdagi yangi bosqichi 80-yillarga to'g'ri keldi. Bu qatag'onlik sovetlar hukumatining yana bir navbatdagi nayrangi bo'lib, «O’zbek ishi», «paxta ishi», «O’zbek mafiyasi», «qo'shib yozish» kabi izohli lug'atimizga mustamlakachilar tomo­nidan kiritilgan yangi so'zlar bilan bog'liq. «O’zbek ishi, - deb yozadi O'tkir Hoshimov - 30- va 50-yillardagi qatag'onlarning mantiqiy davomidir. Sovet siyosati har 10-15-yilda kalla olib turmasa ko'ngli joyiga tushmagan. To'g'ri, o'sha paytlar O'zbekistonda qo'shib yozishlar, poraxo'rliklar bo'lgan. Buni inkor qilmaymiz. Ammo bun­day harakatlar butun sobiq Ittifoqda avj olgan edi. Unday bo'lsa, nima uchun markaz ayni O'zbekistonni tanladi, degan savol tug'iladi. Bu­ning sababi oddiy. Biz anchagina loqaydmiz, darrov qovusha qolmaymiz»14.
«O’zbeklar ishi», «Paxta ishi» bo'yicha qancha odamning qamoqqa olinganligi to'g'risida turlicha ma'lumotlar bor. Ba'zi manbalarda 22 ming, boshqasida 30 ming, hatto 48 ming15 odam hibsga dinganligi ko'rsatiladi. «O’zbeklar ishi» ayni quturgan va avjiga chiqqan paytda O'zKP MQning birinchi kotibi l.Usmonxo'jayev, yozuvchilar bilan uchrashuvda respublikada qo'shib yozish va poraho'rlik avj olib ketgani tufayli yigirma uch ming kishi qamoqqa oling:anini aytgan edi. Shu damlarda Kompartiya fidoyisi o'zining ham taqdiri yaqin kelajakda ne ahvollarga tushajagini albatta tasavvur ham qilia olmagan, albatta. Chunki Usmonxo'jayev Qomfirqaning so'zsiz irtotkor qo'g'irchoq rahbari sifatida O'zKP MQning IV plenumida so'ziab «1986-yilda rahbar xodimlardan salkam 750 kishi, shu jumladan 8 obkom sekretari, shahar, rayon partiya komitetlarining 10 sekretari, shahar rayon partiya komitetlarining 10 sekretari, shahar va rayon ijroiya komitetlarining 40 raisi, ministrliklar va idoralarning 18 rahbari...»ni almashtirganligi bilan ko'krak kergan edi.
1987-yilda iqtisodiy tuzilmalarni qayta qurish, xo‘jalikni boshqarish va xo‘jalik mexanizmini isloh qilish, ma’muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o‘tish yuzasidan ko‘rilgan tadbirlar ham natija bermadi. Ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlaydigan vazirliklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo‘qqa chiqarish, iqtisodiyot taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘lib qolaverdi. Respublikaning tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo‘lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni avvalgidek Markaz belgilab berardi, aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o‘rta maxsus ta’limni qayta qurish borasidagi sa’y-harakatlar ham behuda ketdi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ham mutaxassislar tayyorlash sifati pasayib ketgan edi.
Mamlakatdagi ekologik qabohat aholi o'rtasida har xil kasalliklarning ko'payishiga olib keldi va katta fojealarga sabab bo'ldi. Katta yoshdagi kishilar va o'smirlar o'rtasidagi umumiy kasallanish 1976-yildagi 2466,5 kishidan 1990-yilda 3598,6 kishiga yetdi. Ma`lumotlarga ko'ra, 1989-yilning o'zidagina asab sistemasi, teri, teri osti hujayralari kasalliklari 1,4 barobar, qon aylanishi sistemasining kasal­lanish 1,3 baravar ko'paygan. Faol sil kasalligiga chalinish 3 foiz oshgan16. Oshqozon-ichak, virusli gepatit kasalliklari ko'paydi, har xil shish kasalliklari kelib chiqdi.
Xotin-qizlarda kamqonlik kasalligi avjiga mindi, bolalar o'limi ko'paydi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat og'ir bo`lgan mintaqalar - Orolbo'yi, Toshkent viloyati, ayniqsa Angren, Olmaliq, Chirchiq va Toshkent shahrida, Farg'ona vodiysining ko'pgina shaharlarida turli kasalliklarga chalinish yuqori darajadadir. «Orol-88» ekspeditsiyasi a'zolarining bergan ma`lumotlariga qaraganda Qoraqalpog'istonning Bo'zatov tumanida har 1000 go'dakdan 260 tasi nobud bo`lgan. O'zbek ayollarining 80 foizi kamqonlik kasal­ligiga chalingan, har uch nafar o'zbek yigitlaridan bittasi salomatligi tufayli harbiy xizmatga noloyiq17 deb topilgan. O'zbekistonda har yili ruhiy nuqsonli 6 mingdan ortiq bola18 tug'ilardi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish