Gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya



Download 3,29 Mb.
bet143/195
Sana13.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#446748
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   195
Bog'liq
1 kurs O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan O\'UM 2021

АХБОРОТ МАНБААЛАРИ:



  1. www.ziyonet.uz.

  2. www.edu.uz.

  3. www.google.uz.

  4. www.gov.uz.



Mavzu: MUSTAQILLIK YILLARIDA QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI


REJA:

1. Qoraqalpogiston Respublikasining tashkil topishi


2. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti
3. Qoraqalpog‘iston respublikasida xalq ta’limi, fan va madaniyat
4. Orol fojeasi. Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati

Qoraqalpog‘iston xalqlari qariyb 70 yildan beri O‘zbekiston xalqlari bilan ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalarida bir-birlari bilan og‘alarcha yelkadosh bo‘lib yashab kelmoqdalar. Sobiq Ittifoq parchalangandan so‘ng mustaqil O‘zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan O‘zbek xalqi o‘rtasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan edi. Orol bo‘yi kengliklarida qadimdan O‘zbek va qoraqalpoq ajdodlari birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O‘zlarining taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tishdi.


1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida «O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suvereniteti to‘g‘risida»gi Deklaratsiya qabul qilindi. Mazkur Deklaratsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy asosini topdi. Unda Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni teng huquqlilik, ikki tomonlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida mustahkamlash ko‘rsatib berildi. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (70-75-moddalar) o‘z aksini topdi (10-ilova). Natijada ikki tomonlama hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi roli oshdi.
Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega bo‘ldi. Konsitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarosi ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga O‘zbekiston xalqlarining barcha huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ularning haq-huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasida mustahkamlab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi o‘rinbosarlaridan biri — Oliy Majlis deputati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi Raisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati rahbari lavozimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
107-moddaga binoan esa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo‘jalik sudi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining xuddi shunday sud organlarining rahbarlari kiradi. Sud hujjatlari O‘zbek tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (115-modda). O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida belgilab qo‘yilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lmog‘i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining o‘n ikkinchi sessiyasida (1993-yil 9-aprelda) Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hech qanday monelik qilmaydi, aksincha, uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog‘iston hududida to‘la amal qilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘istonning butun hududida majburiy ekanligi e’tirof etilgan. Qoraqalpog‘iston milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren davlatning barcha ramzlariga ega. 1992-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida Qoraqalpog‘iston Davlat bayrog‘i tasdiqlandi. 1993-yil 9-aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi. 1993-yil 4-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi deb ataldi. Jo‘qarg‘i Kengesning 1995-yil 11-yanvarda Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi, uning o‘rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8 ta qo‘mita raislari va uning a’zolari saylandi. Ayni paytda, deputatlar qo‘mitalar raislari rahbarligida Qoraqalpog‘iston qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar. Xususan, demokratik jamiyat qurish hamda erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga mo‘ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi.
Jo‘qorg‘i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilindi. Uning tarkibiga Jo‘qarg‘i Kenges Raisi, Rais o‘rinbosarlari, mandat komissiyasi va qo‘mitalar raislari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibiga Rais, ikkita birinchi o‘rinbosar va 4 ta tarmoq o‘rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va qator tarmoq qo‘mitalari rahbarlari ham kiritilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o‘zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlarning tobora qaror topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda, Respublika hududida hukumatga qarashli bo‘lmagan qator tashkilotlar, jumladan, «Orol va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi», «EKOSAN», «Aralsos», «Sog‘lom avlod uchun» singari bir qator xalqaro tashkilotlarning bo‘limlari ish olib bormoqda. Ayni vaqtda, shuni ta’kidlash joizki, istiqlol yillarida Qoraqalpog‘istonda qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining zamonaviy tizimini vujudga keltirishda dastlabki qadamlar qo‘yilgan bo‘lsa-da, xali bu borada qator muammolar saqlanib qolmoqda. 1997-yil 17-iyul kuni Nukusda bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlarida davom etib kelayotgan kamchiliklarni chuqur tahlil qildi. Xususan, qabul qilingan qonun va qarorlarni hayotga to‘la tatbiq qilinishida, ijroiya intizomini qaror topdirishda xali jiddiy kamchiliklar borligi qayd qilindi. Jumladan, Jo‘qarg‘i Kenges va Vazirlar Kengashi faoliyatlaridagi bir-birini takrorlash hollari tanqid qilindi. Amaliy faoliyatga xalaqit berayotgan rasmiyatchilik, qog‘ozbozik, bo‘lar-bo‘lmas ma’lumotlar to‘plash kabi nuqsonlar tilga olindi. Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi rasmiyatchilik illatlariga barham berish alohida ta’kidlandi. Jo‘qarg‘i Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va o‘tmish sarqiti hisoblangan — sho‘rolar davridagi «Oliy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Jo‘qarg‘i Kenges qo‘mitalari faoliyati o‘z maqomiga va o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarga mos kelmayotgani, ishlab chiqarishga doir masalalar bilan o‘ralashib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Uchala hokimiyat organi kengashi va sud hokimiyatlari o‘z maqomi doirasida ish olib bormog‘i lozimligi qayd etildi. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi.
Qoraqalpog‘istonda 1996-yilda 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 2 ta savdo uyi, 13 ta mayda ulgurji savdo do‘konlari va omborlar, 17 ta ko‘tara savdo bozor hamda O‘zbekiston tovar xomashyo birjasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 19 ta supermarket do‘konlari faoliyat ko‘rsatdi. 1997-yilning birinchi yanvarigacha bo‘lgan ma’lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larning umumiy hajmi 330 million so‘mni tashkil etdi. Uning 20 foizi o‘lka ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qo‘mitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 13,8 million so‘m kredit ajratdi. 2002-yilda 9 ta korxona davlat tasarrufidan chiqarildi. Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 1996-yilda fond birjalari filiallarida 191,6 million so‘mlik aksiyalar sotildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatlariga aylantirish, qimmatbaho qog‘ozlar bozorini rivojlantirishga oid farmonlarini bajarish amalda o‘z samaralarini bera boshladi. 1997-yil 1-yanvar holatiga qaraganda respublikada soliq idoralari tomonidan 318 ta aksionerlik jamiyatlari ro‘yxatga olindi.
12-seminar mashguloti mavzusi: O‘ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI



Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish