Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiy faoliyat – chеklangan iqtisodiy rеsurslardan unumli foydalanib,
kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish
va istе’molchilarga yetkazib bеrishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan
turli-tuman faoliyatlar yaxlitligidir.
Iqtisodiyot – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, xo‘jaliklararo,
davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, kontsеrnlar, qo‘shma korxonalar, moliya va bank
tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o‘ta murakkab
ijtimoiy tizimni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |