Yuklama
1.
Yuklama, uning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari.
2.
Yuklama lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar uyg‘unligi.
Yuklamalarning ma’no va vazifasi
. Yordamchi so’zlarning funksional belgisi “bog’lash”dir.
Shu belgi asosida ko’makchi, bog’lovchi, yuklamalar so’z va gaplarni bir-biriga bog’lash uchun
xizmat qiladi. Ammo bu vazifa bog’lovchi va ko’makchilar uchun o’zgarmas, barqaror sanaladi.
Yuklamalarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular so’zlarga yoki gaplarga so’roq, ta’kid,
kuchaytiruv, ayirish-chegaralash, o’xsha-tish kabi qo’shimcha ma’nolarni beradi va funktsional
“bog’lash” belgisiga nisbatan beqaror, o’zgaruvchan sanaladi, ya’ni “bog’-lash” belgisi bo’lishi
ham, bo’lmasligi ham mumkin. Chunonchi, na-na yordamchisi teng bog’lovchilarning bir turi
sifatida inkor bog’lovchisi sanalib kelgan. G’.Abdurahmonov esa uni inkor bog’lovchisi deb atash
bilan birga, unda yuklamalik xususiyati ham borligini ko’rsatadi. Haqiqatan ham, bu yordamchi
ham bog’lovchilik, ham yuklamalik vazifasini bajaradi. Bog’lovchi vazifasida kelganda ayrim teng
huquqli bo’lak (komponent)larga inkor ma’nosini berib, ularni bog’laydi:
Na so’zlarida ma’no bor,
na ishlarida hayo.
(Oyb.) Bu yordamchi so’z yuklama vazifasini bajarib, mazmunidan inkor
anglashilgan gaplar tarkibida keladi va inkor ma’nosini ko’rsatadi:
Raisning erkatoy o’g’li na
o’qiydi, na biror joyda ishlaydi.
Go’yo
yordamchisi mazmunidan o’xshatish yoki chog’ishtirish ma’nolari anglashilgan sodda
va qo’shma gaplar tarkibida ishtirok etadi. Sodda gaplardagi funksiyasiga ko’ra ko’proq
yuklamalarga
yaqin
turadi:
Tursunoy go’yo
qalbi
bilan
ashulaga
jo’r
bo’lar
edi.
(A.Mux.)
Kampirning
yuzida go’yo
kulgiga
o’хshagan
bir
narsa
aks
etdi.
(A.Qah.)
Go’yo
yordamchisi qo’shma gaplarda sodda gap qismlarini biriktiruvchi grammatik
vositalarning biri sifatida xizmat qiladi, ya’ni qo’shma gapdagi vazifasiga ko’ra sodda gapdagi
vazifasidan farqli o’laroq, u faqat yuklamagina emas, balki bog’lovchi-yuklama sanaladi:er
taga
nikoh bo’ladi, go’yo men uning xotini
. (Oyb.)
Shunday baqirdiki, go’yo butun xona larzaga
kelgandek bo’ldi.
(A.Qah.)
Aytdimi, qiladi, Qo’ydi-da, chiqdi
gaplarida ham
–mi, -da,
qo’shimcha-
simon yuklamalarning bog’lovchilik xususiyatini kuzatish mumkin. Demak, yuklamalarning
qo’shma gap tarkibiy qismla-rini o’zaro bog’lash vazifasi keng uchraydigan hodisa ekan va bu
tilshunosligimizda ma’lum darajada o’rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |