Ma’naviy barkamol inson – komil inson tushunchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsa-da, mohiyatan ularning hammasi inson axloqi va odobini, ularda shakllangan barcha ijobiy xislatlarni, ularning insonlarga, jamiyatga va Vatanga bo‘lgan munosabatlaridan tortib,
toki oilaga, ota-onaga va boshqalarga munosabatlarining barcha qirralarini qamrab oladi.
Ma’naviy jasorat – er yuzida barcha o‘lmas obidalarni, insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirib yuborgan jamiki ulug‘ kashfiyot va ixtirolarni, mumto’z san’at va adabiyot durdonalari hamda mardlik va qahramonlik namunalarini ko‘rsatgan insonlarning mislsiz aql-zakovati vayuksak ma’naviy salohiyatini ifodalaydi.
Ma’naviy tahdid – tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion hurujlarni nazarda tutadi.
Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, imon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.
Ma’naviyatga tahdid – inson qalbi va imon e’tiqodini susaytirishga qaratilgan hamda insonning o‘zligidan begonalashtirib, kelajagidan mahrum etishga yo‘naltirilgan yot va begona g‘oyalar.
Ma’naviyatni shakllantiradigan mezonlar – inson ongiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning dunyoqarashi tafakkur tarzini muayyan yo‘nalishga soladigan, o‘zgartiradigan, jamiyat, millatga xos ma’naviy, madaniy va moddiy asoslar, an’analar, qadriyatlar, meros, turmush tarzi, g‘oyalar va qarashlarni umumlashtiruvchi tushuncha.
Ma’rifat – ta’lim tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy va ma’naviy boyliklarning, ularni yanada ko‘paytirib hamda takomillashtirib borish usullarining majmui.
Mentalitet - fran.mentalite; lot mentalis-aqliy, ruhiy, ma’naviy, aql yo‘nalishi aql bichimi, akliy etuklik, zakovat; ma’lum shaxs, ijtimoiy guruh (kichik, katta, milliy) uchun xarakterli bo‘lgan dunyoqarash, dunyoni anglash, atrof voqelikni qabul usuli; fikrlash tarzi.
Mexanizm - yunon. mechane-qurol, inshoot; harakat va tezlikni amalga oshirish yoki uzatish qurilmasi. Siyosatda ma’jo’ziy ma’noda biron-bir reja, dastur, maqsadni amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini va vositalariga nisbatan qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |