12-Mavzu:Yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari
Reja:
1. O’zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi
2. Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi
3. Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish
4. Yangi O’zbekistonda – yangi saylovlar
5. Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari. E-hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari.
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” deb nomlangan tortinchi jildi o’zbek va rus tillarida “O’zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqdi. Ushbu kitob tort bolimdan iborat bo’lib, uning birinchi bolimi “Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga kotarish – eng muhim vazifamiz” deb nomlangan. Unga davlatimiz rahbarining mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqyealar munosabati bilan so’zlagan nutq va maruzalari kiritilgan.
“El-yurtimizning mustahkam irodasi va matonatiga tayanib, sinovlardan munosib otamiz” deb nomlangan ikkinchi bolimdan esa koronavirusga qarshi kurashga bagishlangan maruza, nutq va murojaatlar joy olgan.
Kitobning “Dostona amaliy hamkorlik – barqaror rivojlanish kafolati” deb nomlangan uchinchi bolimini xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va maruzalar tashkil etadi.
Kitobning tortinchi – “Tabrik va qutlovlar” bolimiga esa yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo’llangan tabrik va qutlovlar kiritilgan.
Bugun xalqimiz, Vatanimiz intilayotgan milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga xos asosiy xususiyatlar, maqsad va vazifalar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida ishlab chiqilgan va izchil amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi va boshqa muhim ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hujjatlarda aniq belgilab berildi. Ularda jahondagi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat, rivojlanish tendensiyalari, istiqboldagi taraqqiyot yo’llari chuqur tahlil etilgan.
O’zbekistonda ayni shu asosda inson huquq va erkinliklarini taminlash, jamiyat hayotining barcha sohalarini yanada liberallashtirish borasida keng kolamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekani haqidagi Konstitusiyaviy tamoyil asosida xalq bilan muloqot davlat siyosati darajasiga kotarildi.
Mamlakatni innovasion rivojlantirish, odamlarda faol fuqaroliq po’zisiyasi va tashabbuskorlikni kuchaytirish, mustaqil dunyoqarash va fikrlash konikmasini shakllantirish, jamiyatda adolat ustuvorligini taminlash, xuquqiy-demokratik davlat asoslarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurash, jaholatga qarshi marifat bilan kurashish bo’yicha muhim vazifalar amalga oshirildi.
Jamiyat hayotining barcha boginlarida xalq bilan muloqotning turli shakl va vositalari, jumladan, Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonalar, Bosh vazir qabulxonasi, masul va mutasaddi rahbarlarning xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi hisobotlari, sayyor qabullar, ijtimoiy muammolarni, odamlarning yashash sharoitlarini bevosita joylarga chiqib organish kabi usullar keng qollanayotgani milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash orqali milliy goya tamoyillarini takomillashtirishga, pirovard natijada aholi manfaatlari va farovonligini taminlashga xizmat qilmoqda.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, Bozor munosabatlariga toliq otish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlik erkinligiga yanada keng yo’l ochish, barcha sohalarda davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini faol qollashga alohida etibor berilmoqda. Yer osti va yer usti boyliklaridan, inson resurslaridan tola foydalanish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.
O’zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichida fuqarolar qalbi va ongidagi yangi sifat o’zgarishlari hayot darajasining yuqsalishi bilan uygun holda kechmoqda.
O’zbekiston fuqarolarining xuquq va manfaatlarini ular dunyoning qaysi burchagida bolmasin, davlat tomonidan ishonchli himoya qilish reallikka aylanib borayotgani, bu borada barcha zarur mexanizmlar ishga solinayotgani jamiyat azolarining o’z xalqi va Vatanidan faxrlanish tuygusini, davlatning adolat va qonuniy huquqlar kafolati sifatidagi salohiyatiga bolgan ishonchini oshirmoqda.
Harakatlar strategiyasi asosida kechayotgan shiddatli islohotlar xalqning kelajakka ishonchini mustahkamlash, uni bunyodkorlik ishlariga safarbar qilish, jamiyatda uchrayotgan illatlar, xususan, loqaydlik, boqimandalik va korrupsiya kabi holatlarga qarshi faol kurashishga davat etmoqda.
“Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”. “Inson manfaatlari xamma narsadan ulug”, “Xalq boy bolsa, davlat ham boy va qudratli boladi”. “Xalq bizdan ro’zi bolsa, ishimizda unum va baraka boladi”, “Adolat–qonun ustuvorligida”, “Ma’naviyat bolmagan joyda xech qachon adolat bolmaydi!”, “Insonlarning dardu tashvishlarini oylab yashash–odamiylikning eng oliy mezonidir” singari tamoyillar hayotga joriy qilinmoqda. Bu esa milliy goyaning xalq irodasi sifatidagi maqomini oshirishga xizmat qiladi.
Eng muhimi, bugun O’zbekistonda amalga oshirilayotgan, jahon hamjamiyati tomonidan etirof etilayotgan demokratik islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani xalqimiz, ayniqsa, Yoshlarimiz ongida ertangi kunga mustahqam ishonch uygotmoqda.
2.Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi
.Insoniyat tarixida asrlar mobaynida davlat hokimiyatining odamlar manfaati, jamiyat ravnaqi yo’lida xizmat qilishiga harakat qilindi. Biroq, legitimlik yo’li bilan dastlabki hokimiyat bolinishi kabi siyosiy-huquqiy, zamonaviy-nazariy qarashlar amaliyotga kirib kelmaguncha faoliyat maqsadi insoniyat baxt-saodatiga qaratilgan hokimiyat tizimi kuzatilmadi. Hokimiyatni tartibga soluvchi ushbu nazariya davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida amalga oshirilgan islohotlarning eng barqarori bo’lib, unda hokimiyatlar bolinishi tamoyilini hayotga izchil tadbiq etish, ular ortasida O’zaro va manfaatlar muvo’zanatining samarali tizimini shakllantirish kabi dolzarb chora-tadbirlarni korishga qaratilgan edi. Hokimiyatlar bolinishi klassik tamoyilining mazmun - mohiyatini «bir-birini tiyib turish va muvo’zanatda ushlash» mexanizmining mavjudligi bilan birga, uning real ishlashi tashkil etadi. O’zbekistonda davlat hokimiyatini tashkil etishda hokimiyatni taqsimlanishi tamoyilining konstitusiyaviy asosda qolanilishi bizda demokratik tuzumning ornatilganligidan dalolat beradi. Shu jihati bilan konsepsiya davlatning boshqaruvdagi barcha amaliy harakatlari va doirasini belgilaydi hamda mamlakatning siyosiy hayotida barqarorlik, hokimiyat organlari ortasida muvo’zanat mexanizmini yaratadi.Istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng miqyosli islohotlar evaziga tajriba toplandi, tizim yangilandi: totalitar rejimga barham berilib, davlatchilik usul va uslubida rasional yondoshuvlar shakllandi. Demokratik tamoyillarga keng yo’l ochildi. Shu nuqtai nazardan qatiy ishonch bilan aytish mumkinki, “Buyuk kelajagimizni oliyjanob va mard xalqimiz bilan birga quramiz...”. Darhaqiqat, bugungi sharoitlar butunlay yangi davr davlatchiligiga asos solindi deyishimiz mumkin. Albatta, ho’zirgi jadal taraqqiyot jarayonining tayanchi yurtimiz O’zbekistonda, davlat boshqaruvning demokratik uslubi sifatida hokimlik organlari vakolatlarining qonuniy meyorlarini optimallashtirish, o’z xizmat vazifalarini bajarish chogida qonun talablari hamda mahalliy sharoitdan kelib chiqib, mustaqil qarorlar qabul qilishga yo’l ochadi. Bularning bari O’zbekiston jamiyati amaliyotda sifat jihatidan mutlaqo yangi davrni boshlaganini bildiradi. Gap, davlat rahbarining saylov oldi asosida ishlab chiqilgan va bugun hayotga tadbiq etilgan Harakatlar strategiyasining mohiyati borasida borar ekan, shuni alohida takidlaymiz, Strategiyaning bugungi kun uchun xos bolgan manosi ho’zirgi murakkab davrda O’zbekistonning erkin va farovon davlat bolishiga erishish, odamlar hayotini tubdan yaxshilash, baxtli turmushini, kafolatli tinchligini taminlash, har bir insonning ertangi kuniga bolgan ishonchini mustahkamlashdan iborat. Haqiqatdan ham, fuqarolarning zamonaviy tafakkuri davlat borasida o’z tushunchasi, boshqaruv xaqida shaxsiy fikri, uning rivojlanishiga alohida yondoshuvi borligi, ijtimoiy-siyosiy jarayonga munosabati kardinal o’zgarganligi bilan xarakterlanadi. Endilikda ijtimoiy xayotning barcha jabhalarini isloh qilish jarayonlari, fuqarolar ongida fundamental o’zgarishlar, jamiyatni tashkil qilishning demokratik shakllari - inson va jamiyat, fuqaro va davlat ortasidagi munosabatlarni soddalashtirilgan tartibi sharoitida roy bermoqda. Ijtimoiy adolat tamoyili nuqtai nazaridan islohotlarning shu zayilda borishi xalqni, demokratik kopchilikni davlatni xalqchil boshqarish jarayonlaridagi faol ishitirokini taminlaydi. Bundan davlat hokimiyati organlarining joriy vazifasi – xalqqa xizmat qilish bilan belgilangan. Bu borada Prezident Sh. Mirziyoyev shunday degan edi: “Bundan keyin vazirlik va idoralar, xojalik birlashmalari rahbarlari va hokimlarning faoliyati natijasi ularning odamlar bilan qanday muloqot olib borayotgani va ishni tashkil etgani, fuqarolarning muammolarini qay darajada hal qilayotganiga qarab baholanadi va tegishli xulosalar chiqariladi”. Bularning bari togri, albatta. Chunki, istiqlolning asl mohiyati, O’zbekistonning bosh maqsadi, takomillashtirishning ustuvor yonalishi ham – xalq davlatning yagona va birdan-bir manbai sifatida qaratilganligida. Buning uchun boshqaruv mexanizmidagi davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini taminlash muhim masaladir. Albatta, ho’zirgi jadal taraqqiyot jarayonining tayanchi O’zbekistonda, davlat boshqaruvning demokratik uslubi sifatida hokimlik organlari vakolatlarining qonuniy meyorlarini optimallashtirish, o’z xizmat vazifalarini bajarish chogida qonun talablari hamda mahalliy sharoitdan kelib chiqib, mustaqil qarorlar qabul qilishga yo’l ochadi. Bularning bari O’zbekiston jamiyati amaliyotda sifat jihatidan mutlaqo yangi davr boshlaganini bildiradi. Shu qatorda davlat boshqaruv organlarini optimallashtirish aholiga sifatli va xolisona xizmat korsatish bo’yicha ularning masuliyat hissini kuchaytirishga qaratilgan davlat boshqaruvini modernizasiya qilish zarurligi masalasi ayniqsa dolzarb bo’lib qolmoqda. Ho’zirgi zamonda inson omili hisobga olingandagina, umumiy va xususiy maqsadlar, manfaatlar bir-biriga qarama-qarshi kelib qolmagan taqdirdagina modernizasiya muvaffaqiyat qo’zonishi mumkin . Shu orinda, albatta, rivojlantirishning beshta yonalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida ham aynan adolatli va insonparvar jamiyat qurishning oddiy, sodda, xalqchil tamoyili ilgari surildi, hamda xalq bilan samarali muloqotni taminlash dasturlari ishlab chiqildi. Dasturga muvofiq ijtimoiy-siyosiy hayotni modernizasiya qilish, davlat hokimiyati tizimini demokratlashtirish, ular faoliyati uslubini xalqchillashtirish tendensiya lari xalqchillik tamoyili asosida barqaror ishlash mexanizmini yaratadi. Shu orinda, davlat rahbarining “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan talabning qoyilishi jamiyatda ijtimoiy adolat prinsiplarining barqaror bolishiga, qonun ustuvorligiga erishishga, qonun oldida barchaning tengligi taminlanishiga olib keladi. Bu haqqoniy tendensiyaning amaliy ifodasi sifatida tashkil etilgan xalq bilan muloqot qilish mexanizmlari yani, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti portali, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ning Xalq qabulxonalari, xokimliklar huzuridagi dastlab “yagona darcha” va keyinchalik “davlat agentligi xizmati”ga takomillashtirildi, joylarda sayyor qabullar yo’lga qo’yildi. Malumki, yurtimizda shakllangan yangi tarixiy sharoitlarda aholidan kelib tushgan ariza va takliflarni chuqur organilganligi, umumlashtirilganligi evazida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi va aholining keng qatlamlari orasida qizgin muhokamalar olib borildi. Loyihani joriylashtirilishida, yuridik shaxs maqomiga ega bolmagan – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va O’zbekiston Respublikasi Muhimi, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishda davlat hokimiyati faoliyatining mohiyati, shakli va uslubi jamiyatning milliy – madaniy va ijtimoiy - siyosiy rivojlanishining tarixiy sharoitlari, xalq siyosiy va xuquqiy madaniyatining o’ziga xosligi, hukmron elitaning professionalligi va irodasi, davlatning tuzilish shakli va siyosiy tartibi bilan belgilanadi. Biroq tashqi muhit tasiri har bir davlatning sodir bolayotgan global o’zgarishlarga javob beradigan o’zining mamuriy tizimini isloh etishini talab etadi. Bu o’zgarishlar Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat chiqimining kamayishiga, davlat funksiyalarining bajarilishiga olib keladi. Shuningdek, davlat xizmatlari sifatining oshishiga, tolaqonli fuqarolik jamiyati bunyod etilishi va, albatta, aholi asosiy kopchiligida davlat hokimiyati organlariga bolgan ishonchini mustahkamlanishiga olib keladi . Shu orinda, Prezident Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi qabul qilgan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yonaltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizasiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgani ayniqsa etibor molik. Mamlakatning yangi istiqboldagi rivojlanish yonalishini belgilab bergan bu tarixiy xujjat albatta, kop yillar davomida konstruktiv-amal sifatida xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni muloho’za qilib shunday xulosaga kelish mumkinki,demokratiya talablari, inson mafaatlari nuqtai nazaridan jamiyatning hukumat oldiga qoyadigan talablari ancha yuqori. Albatta, jamiyat davlat hokimiyati tarmoqlari faoliyatidagi boshqaruvni har jihatdan samarali deb bilishni istaydi. Shuningdek, ijtimoiy muammolarni samarali xal etish va jamiyatni izchil rivojlantirishni taminlashga imkon beradigan obyektiv va subyektiv omillarni organishga asoslangan, intuitiv boshqarishni keng joriy qilish zaruriyati borligini eslatadi.
3. Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish
Yurtimizda ijtimoiy rivojlanish bo’yicha o’ziga xos tizim shakllandi. Bu borada 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirilayotgani, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi dasturlar aholini yangicha fikrlash va ishlashga safarbar etishda muhim rol oynamoqda. Sogliqni saqlash, madaniyat va sport, ilm-fan, ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohalarida bolayotgan ulkan o’zgarishlarning barchamiz guvohi bo’lib turibmiz.
Shu orinda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda umumta’lim maktablarida 11 yillik tizim tiklanganini, maktab ta’limini rivojlantirish masalasi buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanayotganini alohida takidlash joiz. Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Songgi uch yilda 35ta yangi oliy oquv yurti tashkil qilingani, ularning umumiy soni 112 taga yetgani, etiborlisi, bularning 13 tasi nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari ekani sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin isbotidir.
Yangi oquv yilining ilk – “Mustaqillik” darslarida istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi uch yilda amalga oshirilgan islohotlar, Harakatlar strategiyasida belgilangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor goya, Prezidentimiz nutqi mazmun-mohiyati xususida oquvchi-Yoshlarga keng tushunchalar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy orta, orta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga muvofiq 2018/2019 oquv yilidan boshlab majburiy umumiy orta ta’lim uzluksiz 11 yillik ta’lim negizida amalga oshirildi. 11 yillik ta’limning joriy etilishi munosabati bilan tezkor davr talabidan kelib chiqqan holda olimlar, amaliyotchi oqituvchilar hamda keng jamoatchilikning fikriga tayanib, 10-11-sinflar uchun 12 ta umumta’lim fani bo’yicha oquv rejalari qaytadan tayyorlanib, ularga bir qator o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan, 11-sinfda kasb ta’limi orqali 50 ga yaqin kasbni orgatish bilan birga, “Tadbirkorlik asoslari” fani ham oqitiladi. Oquv dasturlari asosida 10-sinf oquvchilariga umumta’lim fanlaridan 18 nomdagi darsliklar 7 tilda, jami 9 million 53 mingdan ortiq tirajda chop etilib, joylarga yetkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi “Umumiy orta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari oquvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan oquv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori 10-11-sinf oquvchilarining ta’lim olishi bilan birga, ularga kasb-hunar orgatish, Yoshlarning qiziqish va qobiliyatini nazarda tutgan holda kelajakda ularni ta’limni davom ettirishi yoki egallagan kasbi bo’yicha mehnat faoliyati bilan shugullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi. Kasb-hunar kollejlarida oquv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi. Kasblar royxatini tayyorlashda hududlarning sharoiti hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari inobatga olinib, mutasaddilar va ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda, real vaziyatni xolis baholagan holda ish olib borildi. Yani 11-sinf oquvchisi maktabni tamomlagandan keyin egallagan hunari bo’yicha o’z ishini topa olishiga jiddiy etibor qaratildi.
Oilada va kundalik turmushda hamisha zarur bolgan kichik tibbiy hamshira, oilaviy kichik hamshira, tarbiyachi yordamchisi, ijtimoiy soha kichik mutaxassisi, dasturchi, tarmoq boshqaruvchisi, veb-sayt dizayneri, kompyuter grafikasi mutaxassisi va shu kabi boshqa kasblarning orgatilishi jamiyatga, ham davlatga bir xil naf keltiradi. Etiborlisi, joylarda tashkil etilgan oquv-ishlab chiqarish majmualarida kasblar murakkabligiga qarab 1 yoki 2 yil davomida orgatiladi va mehnat Bozoridagi ehtiyojga kora kasblarning turi o’zgarib turadi.
10-11-sinf oquvchilariga haftasiga bir kun 6 soatdan 2 yil davomida kasbiy ta’lim oqitiladi. Bitiruvchilarga orta malumot to’g’risida attestat bilan birga kasb malakasi bo’yicha davlat namunasidagi diplom beriladi. Shu bilan birga, oquvchilarda kasblarga bolgan qiziqishni oshirish, kasblar to’g’risidagi malumotlarni uzluksiz yetkazish maqsadida ular umumta’lim maktablarining 1-sinfidan boshlab kasbga yonaltirilib boriladi. 8-9-sinflarda esa kasbga yonaltirish alohida fan sifatida oqitiladi.
Ilgari 9-sinfni tamomlayotgan oquvchilarda qaysi kollejda oqishni davom ettirish borasidagi savol kondalang turardi. Bazilari majburlikdan u, yoki bu kollejlarga “adashib” borib qolardi. Oxir oqibat ularning bilim olishida, ham tarbiyasida salbiy holatlar paydo bola boshlardi. Bu esa, o’z navbatida, voyaga yetmaganlar orasida turli huquqbuzarliklar, jinoyatlar ortishiga sabab bo’ldi. Pedagog sifatida shuni ishonch bilan aytamanki, oquvchilar 11 yillik ta’lim sistemasida chuqur bilim oladi, bu ertamiz egalarining bilimli, kasb-hunarli bo’lib ulgayishi, ma’naviyati, odob-axloqi, bosh vaqti ustidan mahalla-koy va jamoatchilik nazoratining ornatilishiga keng imkoniyat yaratdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrda “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni qabul qilingani ta’lim tizimidagi islohotlarning mantiqiy davomi bo’ldi. Ushbu hujjatda nazarda tutilgan maqsadlar barchamizni quvontirdi, desam mubolaga bolmaydi.
Farmonga muvofiq, 2020/2021 oquv yilidan boshlab O’zbekistonda Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uygunlashgan yangi boshlangich, orta va orta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tashkil etilib, mazkur dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari royxatlari tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Farmonga kora, jami 388 ta kasb-hunar kollejlari binolari tegishli ro’yxatga asosan maktab sifatida foydalanilishi belgilandi.
Boshlangich, orta va orta maxsus professional ta’lim tizimida tegishli ta’lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta’lim muassasalari tarmogi tashkil etiladi. Bunda:
A) kasb-hunar maktablarida:
Maktablarning 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik kunduzgi ta’lim beriladi;
Ta’lim olayotgan oquvchilar Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan taminlanadi.
B) kollejlarda:
Kamida umumiy orta malumotga ega bolgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda tolov-kontrakt asosida ta’lim beriladi.
V) texnikumlarda:
Umumiy orta malumotga ega bolgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bolmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda tolov-kontrakt asosida ta’lim beriladi;
Texnikumlarni tamomlagan bitiruvchilar o’z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yonalishlari bo’yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan oqishini davom ettirish huquqiga ega boladi.
Xulosa o’rnida aytganda, amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi Yosh avlodning puxta va sifatli bilim olishiga davlatimiz tomonidan korsatilayotgan katta etibo’rning amaldagi ifodasidir. Zero, hyech bir davlatda O’zbekistondagidek bepul ta’lim tizimi mavjud emas. Bu islohotlarning tag-zamirida MUSTAQILLIK bergan cheksiz imkoniyatlardir.
4. Yangi O’zbekistonda – yangi saylovlar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida, Mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bolgan saylov qonunchiligi bir qator qonun va qonunosti hujjatlaridan iborat bolsada, afsuski, hanuzgacha yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmaganligini takidlab, xalqaro norma va standartlarga javob beradigan O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasini qoygan edilar.Ushbu vazifaning ijrosi 2019 yilning 25- iyunida 18 bob,103 moddadan iborat Saylov kodeksi qabul qilinishida hamda 2019 yil 22-dekabrdagi saylovlarda va 2020 yil 5-yanvarda o’tkazilgan takroriy ovo’z berish jarayonlarida taminlandi.Ushbu muxim siyosiy tadbirni o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 10253 ta uchastka hamda xorijdagi fuqarolarimiz ovo’z berishi uchun 55 ta uchastkalar tuzildi.O’zbekistonning yangi tarixida birinchi marta MSK tomonidan 180 mingdan ortiq azolar saylov qonunchiligidagi yangiliklar bo’yicha oqitildi.Shuningdek MSK ning 2019 yil 11-oktyabrdagi qarori bilan o’tkazilgan 20-oktyabrdan-20 noyabrgacha saylov qonunchiligi targibot oyligi doirasida davra suxbatlari,debatlar va ommaviy axborotlarda chiqishlar orqali keng xalqimiz “YaNGI O’ZBEKISTON – YaNGI SAYLOVLAR” shiori ostidagi saylov qonunchiligi bo’yicha yangiliklar xabardor qilindi.Saylovlarning shaffof otkazilishini xamda xalqaro standartlarga mosligini 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlardan 800 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar kuzatdilar. Shuningdek Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar korsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlaridan mahalliy kuzatuvchilar hamda ommaviy axborot vakillari,blogerlar ham faol kuzatdilar.Ular joylarda saylov jarayonlarini kodeks talablari doirasida otkazilishini taminladilar.Bundan tashqari respublikamizda 60 ta saylov uchastkasidagi saylov jarayoni togridan togri jaxon ommasiga transilyasiya qilindi.Bu jarayon jaxonda O’zbekistondagi saylovlar demokratik prinsiplarga mos holda otganligini korsatdi.Prezidentimizning 2018 yil 4-oktyabrda qabul qilingan “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori milliy saylov tizimiga Saylov jarayonini boshqarishda axborot tizimi va Saylovchilarning yagona elektron royxatini joriy qilishning xuquqiy asoslarini yaratishda muhim omil bo’ldi.
Saylovchilarning yagona elektron royxati (SYaER) tegishli davlat organlari tomonidan taqdim qilingan malumotlar asosida shakllantirildi va yangilandi, ushbu royxat joylardagi saylov komissiyalari tomonidan aniqlashtirildi. Aholini uyma-uy yurish natijasida saylov komissiyasi tomonidan saylovchilarning yagona elektron royxatiga saylovchining JSIR yoki uning pasport malumotlari yordamida saylovchini izlab topdi va familiyasi, ismi, otasining ismi, tugilgan sanasi va yashash manziliga, uning ovo’z berish huquqiga o’zgartirish kiritdi.Shuning uchun yuqorida aytilganidek xorijda yashayotgan fuqarolarimiz xorijdagi 55ta uchastkalarda ovo’z berdilar.Xorijdagi fuqarolarimiz O’zbekistonda ovo’z bergani yo’q.
Saylov kodeksidagi yangiliklar:
Qonunchilik palatasida Ekoharakat vakillari uchun kvota ajratish instituti tugatildi;
Nomzodlarni xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan korsatish tartibi bekor qilindi;
Saylovchilarning yagona elektron royxatini yuritish tartibi qonunan tartibga solinadi;
Siyosiy partiyalar tomonidan imzo yigishda saylovchilar tomonidan bir qancha partiyalarni yoqlab imzo qoyish imkoniyati berildi;
Saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasining ovo’zlarni sanash to’g’risidagi bayonnomasining zudlik bilan jamoatchilik muhokamasi uchun 48 soatdan kam bolmagan vaqtga ilib qoyish tartibi o’rnatildi;
Uchastka saylov komissiyalarining ovo’z berish jarayoni tugagandan keyin amalga oshiradigan aniq harakatlari nazarda tutilmoqda (ovo’zlarni sanash, bayonnomalarni tuzish, okrug saylov komissiyalari bilan O’zaro aloqalari va x.k);
Uchastka saylov komissiyasi azolarining yarmidan kopi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emasligi belgilab qo’yildi;
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida muhokama etiladigan va tavsiya etiladigan uchastka saylov komissiyalari azolari nomzodlari bo’yicha jamoat birlashmalari va tashkilotlarining takliflari olinishi tartibi o’rnatildi;
Saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yo’l qoyiladigan eng kop chetga chiqishi on foizdan oshmasligi tartibi o’rnatildi;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish huquqi berildi;
Qonunchilik palatasiga, mahalliy Kengashlarga saylov bir vaqtda o’tkazilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini otkazuvchi okrug saylov komissiyalari tomonidan yagona saylov uchastkalari tuzish tartibi o’rnatildi;
Saylovlarda ovo’z berish vaqti 08:00 dan 20:00 gacha etib belgilandi;
Saylovchilar Markaziy saylov komissiyasining rasmiy
veb-saytida saylovchilarning royxati to’g’risidagi o’zi uchun kerakli malumotlarni olish imkoniyatiga ega boladi va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi, “Insonlarning dardu tashvishlarini oylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir”, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Odilona qonunlarni qabul qilish, jamiyatda qonunga hurmat ruhini qaror toptirish – demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir”, “Xalqimiz o’z hayotida ijobiy o’zgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun korishi kerak”, “Xalq boy bolsa, davlat ham boy va qudratli boladi” kabi hikmatlarda “Yuksalish” goyasi tayanch paradigmalarining mazmun-mohiyati o’z ifodasini topgan. Ular jamiyatimiz hayoti, xalqimiz qalbi va ongidan chuqur joy oldi, butun mamlakatimiz, barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni harakatlantiruvchi kuchga, tabir joiz bolsa, goyaviy o’zagi va ma’naviy tayanchiga aylandi. Bunday tarixiy o’zgarishlar silsilasida xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash bo’yicha tamomila yangi tizimga asos solingani va buning xalqaro miqyosda noyob tuzilma sifatida keng etirof etilayotgani esa ushbu jarayonning samarali amalga o’shayotganidan dalolat beradi.
5. Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari. E-hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari.
Elektron hukumat tushunchasi
Keng manoda, elektron hukumatning vazifalari va xizmatlar korsatishi hamda faoliyatini rivojlantirish uchun AKTni qollash sifatida belgilanishi mumkin.
O’ziga xos ravishda, elektron hukumatni ―davlat oganlari korsatayotgan hizmatlarning shaffofligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish deb tushunish mumkin. Shuningdek, elektron hukumat AKTni kollagan holda davlat organlarining yanada samarali faoliyat korsatishi hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga sifatli xizmatlar korsatishidir
Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi
1. AKT dan foydalanish (kompyuter tarmoqlari, internet, faks va telefon).
2. Hukumat faoliyatini qollab-quvvatlash (axborot bilan taminlash, xizmatlar, mahsulotlar, mamuriy boshqaruv).
3. Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi aloqa kanallarini yaratish, siyosiy yoki mamuriy jarayonlariga fuqarolarni targibot va tashviqotlar orqali jalb qilish)
4. Belgilangan strategiyalarga mos ravishda ishtirokchilarni jarayonlarda qatnashish qiymatini belgilash.
Elektron hukumat tariflari:Birlashgan Millatlar Tashkiloti-Elektron hukumat fuqarolarga davlat organlari tomonidan axborot va xizmatlarini etkazib berish uchun Internet foydalanish deb tariflangan
Jahon banki - Elektron hukumat davlat organlari axborot texnologiyalaridan foydalanib fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va boshqa davlat organlari ortasidagi O’zaro munosabatlarni yaxshilashni nazarda tutadi. Ushbu texnologiyalar turli maqsadlarga xizmat qilishi mumkin: fuqarolarga davlat xizmatlarini yaxshiroq etkazib berish, biznes va ishlab chiqarish bilan O’zaro muloqotni takomillashtirish, kerakli malumotlarni olish orqali fuqaro huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, yoki yanada samarali davlat boshqaruvini amalga oshirish
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti - Elektron hukumat termini xukumat tomonidan AKTdan foydalanib, bir qator amaliy funksiyalarini tolaqonli bajarishi nazarda tutadi
•Xususan, Internet va tegishli texnologiyalar tomonidan taklif etilgan tarmoq salohiyati tuzilmalari va hukumatning ishlash jarayonini transformasiyasi tushuniladi
Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini taminlash, ularning masuliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishni taminlashning qoshimcha mexanizmlarini yaratish
-Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan O’zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo’yicha imkoniyatlar yaratish
-o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining malumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantirish
-aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan O’zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining O’zaro hamkorligi va ularning malumotlar bazalari ortasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida «bir darcha» prinsipini joriy etish
-tadbirkorlik subyektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, lisenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar berish jarayonlarida, shuningdek davlat organlaridan axborot olish jarayonlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga o’tkazish
-tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmogi orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq tolashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish
-naqd bolmagan elektron tolovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish Elektron hukumatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi;
elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi; «bir darcha» prinsipi bo’yicha elektron davlat xizmatlari korsatish;
davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish; elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish;
elektron davlat xizmatlari korsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish;
axborot xavfsizligini taminlash.
Elektron hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari
Elektron hukumat tizimining mamlakatda muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini quyidagi 4 ta maqsadlarning bajarilganligi asosida baho berish mumkin:
Onlayn hukumat xizmati
Qogo’zsiz hukumat
Bilimga asoslangan hukumat
Shaffof hukumat
Ushbu tortta maqsadlarga erishish uchun elektron hukumat tizimi hukumatning bir necha darajalarida tashkillashtirilgan bolishi lo’zim
Hukumat boshqaruvining har bir darajasida bajariladigan 3 ta asosiy vazifalar mavjud:
(1) innovasion fuqaro xizmatlari (G2C);
(2) innovasion biznes xizmatlari (G2B);
(3) innovasion hukumat ichidagi ishlari (G2G, G2E).
Elektron hukumatining bir necha qirralari mavjud va foydalanuvchilar va ularning O’zaro munosabatlari asosida quyidagicha xarakterlanadi
Davlat fuqarolarga (G2C)- fuqarolar turli malumotlar, xizmatlar va boshqa imkoniyatlar bilan taminlanadilar
Davlat biznesga (G2B)- hukumat va biznes ortasidagi munosabatlar va O’zaro bir qator aloqalarni taminlaydi
Davlat davlatga (G2G)- davlat ichida yoki davlat idoralari ortasidagi turli axborotlarni almashish va hamkorlikni qollab-quvvatlashni taminlash
Elektron hukumatning muvaffaqiyat omillari
Elektron hukumatning muvaffaqiyat omillari beshta asosiy guruhlarga bolinadi:
•Kelajakni korish qobiliyati, strategiya va aniq maqsadlar
•Qonun va yoriqnomalar
•Tashkilotlararo kelishuv
•BPR - Biznes jarayonlarni maqbullashtirish
•Axborot texnologiyalari
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishning meyoriy-huquqiy asoslari
Mamlakatimizda milliy axborot tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari hamda telekommunikasiya vositalaridan foydalanish kolamini kengaytirish, elektron xukumatini shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda
Soha rivojini tartibga soluvchi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari:
-“Aloqa to’g’risida” /1992 yil 13 yanvar/;
-“Axborotlashtirish to’g’risida” /2003 yil 11 dekabr/;
-“Elektron raqamli imzo to’g’risida” /2003 yil 11 dekabr/;
-“Elektron hujjat almashinuvi to’g’risida” /2004 yil 29 aprel /;
-“Elektron tijorat to’g’risida” /2004 yil 29 aprel /;
-“Telekommunikasiyalar to’g’risida” /2011 yil 31 dekabr/
Elektron xukumat ishtirokchilarining munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik, davlat xizmatlarini sifatli korsatilishiga xizmat qiluvchi markazlashgan malumot bazalarini toliq shakllantirish, davlat organlarining o’z ishida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yetarli darajada joriy qilish, aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini korsatishda "bir darcha tamoyilidan toliq foydalanishdagi muammolarni bartaraf etish uchun "Elektron xukumat to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |