Gumanitar fanlar axborot texnologiyalari kafedrasi


Takrorlash uchun savollar



Download 3,25 Mb.
bet3/105
Sana12.12.2022
Hajmi3,25 Mb.
#884145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi majmua

Takrorlash uchun savollar.
1.O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti haqida ma’lumot bering?
2.Vatan tarixining o’qitishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida so’zlab bering.
3.Fanning maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot bering.
4. O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining o’qitishning metodologiyasi haqida ma’lumot bering?
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Noveyshaya istoriya Uzbekistana: Uchebnik / Pod red. d.i.n., prof. M.А. Raximova. - T.: «Аdabiyot uchkunlari», 2018. – 512.


2. Mustakil Oʼzbekistan tarixining dastlabki saxifalari. - Toshkent, 2000.
3. Erkaev А. Oʼzbekiston yoʼli. - Toshkent: Maʼnaviyat, 2011.
4. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lugʼat // M.Аbdullaev va boshqalar: toʼldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006.
5. 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2017.
6. Mustaqil Oʼzbekiston tarixi. Masʼul muharrir А.Sabirov. - Toshkent: Аkademiya, 2013.
7. Noveyshaya istoriya Uzbekistana. Rukovoditelʼ proekta i redaktor: M.А.Raximov. - Toshkent: Аdabiyot uchqunlari, 2018.

2-Mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar


Reja

1. O'zbekistonning ijtimoiy—siyosiy hayoti


2. O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo'lga kiritish tomon yo’l tutishi
3.Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi.Ittifoq shartnomasini yangilash talabi
4. O'zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati


Tayanch tushunchalar: iqtisodiy inqiro’z, “Paxta ishi”, onalar va bolalar olimi, ijtimoiy-iqtisodiy turgunlik, ishsizlik, Farg’ona voqealari, davlat tili, Mustaqillik Deklaratsiyasi, Prezidentlik lavo’zimi, mustaqillik, avgust voqealari, mustaqillikning e’lon qilinishi.
1. O'zbekislonning ijtimoiy-siyosiy hayoti
XX asrning 70-80— yillarida SSSRda iqtisodiyotni rivojlanish surati tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, o’ziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa soha-lardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.KPSS Markaziy Qo'mitasining 1985— yil aprelda bo'lgan Plenumi noxush tendensiyalar yig'ilib, SSSR inqiro’z oldi vaziyatga tushib qolganligini ilk bor etirof etdi. Mazkur Plenum jamiyatni «qayta qurish» orqali iqtisodiyotni ko'tarish, xalqning turmushini yaxshilash siyosatini belgiladi. 1985-1986— yillarda Markazdagi rahbariyat tomonidan jiddiy o'zgarishlar qilish zarurligi anglandi. Biroq ahvolning nihoyatda murakkabligi hali to'la idrok etilmagan edi.«Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo'Iishi Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm «afzallik»laridan foydalanib, jamiyatni «qayta qurish»ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog'lar edi. Ammo ular mamlakatni sotsializmning o'zi, u yaratgan totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqiro’zga olib kelganligini payqamagan edi. 1987— yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi.1980— yillarning oxirlarida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo'jalik organlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to'la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo'Idi. Ammo bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdi.To'g'ri, jamiyatni demokratlashtirish, oshkoralik, turli xil fikrlar bildirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar qo'yildi. Matbuotda, radio va televidenieda turli xil fikr-mulohazalar erkin yo’ziladigan, gapiriladigan bo'Idi.
«Qayta qurish» siyosati davrida iqtisodiyotda juda kuchli buzilishlar ro'y berdi. Markaz «qayta qurish»ning ilmiy va nazariyjihatdan puxta va aniq-ravshan ni ishlab chiqolmadi. Iqtisodiy siyosat puxta o'ylab ko'rilmagan sinov va eksperimentlarga asoslangan edi. Mamlakat sinovlar va xatolar bilan siljib bordi. Mamlakatning real imkoniyatlari hisobga olinmasdan xalq xo'jaligining barcha sohalarini bir vaqtning o'zida rivojlantirishdan iborat noto'g'ri yo'l tutildi. «Bu hol,-deb yo’zadi I.Karimov o'zining «O'zbekiston - Bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» asarida, pirovard natijada cheklangan mablag'larning parokanda bo'lib ketishiga, moliya va ta'minot tizimining batamom izdan chiqishiga olib keldi, inqiro’zni chuqurlashtirdi».
"Kadrlar desanti» O'zbekistonliklar jamiyatni qayta qurish, islohotlar yo'lini katta umid bilan kutib oldilar. Jamiyatni yangilashdan najot kutayotgan edilar. Biroq tez orada aholining hafsalasi pir bo'Idi. O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yanada murakkablashib bordi. Bu o'z xalqining or-nomusi va qadr-qimmatini himoya qilishga qodir bo'lmagan, siyosiy irodasi bo'sh kishilarning respublika rahbariyatiga kelib qolishi bilan bog'liq edi. Ularning ojizligi natijasida Respublika partiya va davlal rahbarlik lavo’zimlariga Markaz tomonidan ko'plab kadrlar yuborildi. «Kadrlar to'dasi» deb nom olgan 400 ga yaqin kelgindilar O'zbekistonni o'z bilganlaricha boshqara boshladilar. O'zbekiston Kompartiyasi va Respublika Ministrlar Soveti amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavo’zimda o'tirgan mahalliy kadrlar ularning qo'lida qo'g'irchoq bo'lib qoldi.
O'zbekiston Kompartiyasi Markaz qo'mita Moskva vakillari -Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov uya qurib olgan edi. O'sha yillarda tez-tez bo'lib turadigan plenumlar va yig'ilishlarda qilingan barcha ma'ruzalarni Ponomaryov va O'zbekistonda doimiy ishlash uchun yuborilgan «kadrlar desanti»ning boshliqlari - Anishev, Ogarek, Satin va ularning hamtovoqlari tahrir qilardilar. O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi 1. Usmonxo'jayev esa minbarga chiqib tayyor narsalarni o'qir edi. Minbardan bilib-bilmay aytilgan gaplar qanchadan-qancha kommunistlar va rahbarlarning sha'ni, qadr-qiymatini oyoq osti qilardi, hayotini buzardi. O'zKP Markaziy Qo'mitasida «pinxona kabinet» tashkil topdi. Ushbu «kabinet» kuch ishlatish, tuhmatlar uyushtirish yo'li bilan xodimlarni badnom qilish, respublikaga mutlaqo aloqasi bo'lmagan avanturistik qarorlarni tiqishtirish biian shug'ullandi. O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan «pinxona kabinet» va «kadrlar desanti»ning tashkilotchisi KPSS MQning kotibi E.K.Ligachyov edi. Qo'g'irchoqqa aylantirilgan mahalliy rahbarlar «kadrlar to'dasi» tomonidan tayyorlangan qarorlarga imzo chekishardi, xolos. Ularning sovet hokimiyatining ko'zbo'yamachilik, shovinistik siyosati va uni amalga oshiruvchilar oldidagi ojizligi, itoatkorligi xalqqa qimmatga tushdi.
"Paxta ishi". O'zbekistonda «o'zbeklar ishi», «paxta ishi» deb atalgan jinoiy ishlar to'qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O'zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo’ldi.. Guruh a'zolari hech kim bilan hisoblashib o'tirmay, odamlarni qamash bilan shug'ullandi. Oddiy dehqondan tortib O'zbekiston Kompartiyasi MQ sekretarlari va hukumat a'zolarigacha bo'lgan xodimlami qamash uchun birovlarni zo'rlab yo’zdirib olgan bir parcha qog'o’z kifoya edi. O'zbekistonda qonunchilik buzildi, o'zboshimchalik va qatag'onning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, paxtakorlar, ter to'kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan Respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30— yillarda ishlatilgan yaramas usullar-dan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab, boshqalar ustidan to'qil-gan aybnomalarni ularning qo'li bilan qaytadan yo’zdirib olardi va bu «aybnoma» tobora ko'p begunoh odamlarni qamashga asos bo'lib qolardi. 25 mingga yaqin kishi qiynoq ostiga olinib, so'roq qilindi. 4,5 mingdan ko'proq kishi sud qilinib, turli muddatlarga o’zodlikdan mahrum etildi.
O'sha yillarda O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi bo'lib uzoq yillar ishlagan, o'zbek xalqining baxt-saodati yo'lida samarali faoliyat ko'rsatgan Sh.R. Rashidovning nomi ham badnom qilindi. Vafot etib ketgan partiya va davlat arbobining ruhini bezovta qilish nima uchun kerak bo'lib qoldi? O'zbekistonning, o'zbek xalqining sha'ni-shavkati va qadr-qiymatini oyoq osti qilish uchun kerak bo'lgan edi. Buni anglamagan, ayrim mahalliy rahbar xodimlar o'zboshimcha qonunbuzarlarga yordamlashdilar. Ommaviy axborot vositalari xalqni dalil-isbotsiz tahqir qilish, halol mehnatkashlarni ma'naviy ezishga yo'naltirilgan ko'plab xabarlar, maqolalar berar edilar. Natijada, butun bir mamlakat va millat badnom qilindi, poraxo'r, olib-sotar sifatida sharmanda qilindi. Butun SSSRda bo'lganidek, O'zbekistonda ham kamchiliklar, qo'shib yo’zishlar, poraxo'rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi. Lekin bu illatlarni o'zbek xalqi emas, balki Sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.
O'zbekiston fuqarolari o'z haq-huquqlarini himoya qilishlarini so'rab tuman, viloyat va respublika partiya va sovet organlariga murojaat qildilar. 1986-87— yillarda faqat O'zbekiston Kompartiyasi MQga fuqarolardan 50 mingdan ortiq xat va shikoyatlar tushdi. 20 mingdan ortiq kishi Markazqo'm kotiblari va bo'lim boshliqlari qabulida bo'lib, o'zlarining arz-dodlarini bildirdilar. Poytaxtga yetolmagan 100 minglab fuqarolar mahalliy hokimiyat organlariga o'z haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining buzilganligidan shikoyat qilib koridorma-koridor, eshikma-eshik turtinib yurdilar.
Noro’zilik, ayniqsa, xotin-qizlar orasida ko'paydi. 1986-87— yillarda respublikada 270 ayo’l o'zini-o'zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha'ni, qadr-qiymatining toptalashi, haq-huquqlarining buzilishiga nisbatan ko'rsatilgan noro’zilik edi. Haqiqat va adolat, keyinroq, Islom Karimov O'zbekiston rahbari bo'lgach ro'yobga chiqdi. Islom Karimov tashabbusi bilan «Paxta ishi»ni ko'rib chiqish uchun maxsus komissiya tuzildi. Pirovardida 3,5 mingdan ko'proq kishi oqlandi
Ijtimoiy-siyosiy hayot. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o'lkaning o'ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar mahalliy xalqning urf-odatlari, an'analarini oyoq-osti qildilar. Xalqimizning boy madaniyati va ma'naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilining qo'llanilishi yanada cheklab qo'yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an'analar bo'yicha to'y qilgan, qarindosh-urug'larini milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jazolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi. Ko'plab olimlar, yo’zuvchilar va boshqa ijodiy xodimlar aziyat chekdi. Ularning ko'pchiligi mahalliychilikda, milliy cheklanganlikda, xurofot-bid'atga berilganlikda, sinfiy va partiyaviy tamoyillardan og'ishlikda, o'tmishni, xonlar va amirlar hayotini bo'rttirib ko'rsa-tishda ayblandilar. Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi. 1985— yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida qabul qilingan jadallashtirish konsep-siyasining asossizligi ma'lum bo'lib qoldi. Respublikada sanoat korxonalari, qurilish va transport sohalarini, ko'pgina kolxo’z va sovxo’zlarni xo'jalik hisobiga yoki brigada (jamoa) pudratiga o'tkazish samara bermadi. 1987— yilda iqtisodiy tuzilmalarni qayta qurish, xo'jalikni boshqarish va xo'jalik mexanizmini isloh qilish, ma'muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o'tish tadbirlari ham natija bermadi. Ma'muriy-buyruqbo’zlik usuli bilan ishlayotgan vaziriiklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo'qqa chiqardi, iqtisodiyot taraqqiyotiga to'g'anoq bo'lib qolaverdi. Respublikaning tog'-kon, metallurgiya, mashinaso’zlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo'lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko'rsatkichlarni, avvalgidek, Markaz belgilab berardi.
Aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. O'sha yillarda mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, kun kechirish uchun bir kishiga oyida kamida 85 so'm zarur edi. O'zbekistonda aholi jon boshiga daromad 75 so'mdan oshmaydigan 8 million 800 mingga yaqin kishi yashardi, bular aholining 45 foizini tashkil etardi. Qishloq aholisining atigi 50 foizi to’za ichimlik suvi bilan ta'minlangan edi, xolos.
Qishloqlarda yashovchi 240 ming oilaning tomorqa yeri yo'q, har besh xonadonning birida birorta ham chorva mol, 37 foiz xona-donlarda sigir, yarmisida qo'y boqilmas edi.
Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o'rta maxsus ta'limni qayta qurish borasidagi sa'y-harakatlar ham behuda ketdi. Respublikadagi 9000 ga yaqin maktablarning atigi 40 foizi maktab uchun mo'ljallab qurilgan binolarda, qolganlari esa moslashtirilgan binolarda ishlardi, ko'plari avariya holatida edi, o'quvchilarning katta qismi ikkinchi yoki uchinchi smenada o'qir edi.O'quvchilarning yiliga 2-3 oylab qishloq xo'jalik ishlariga jalb etilishi o'quv ishlarini izdan chiqargan edi. Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ham mutaxassislar tayyorlash sifati pasayib ketgan edi. Kadrlar tayyorlashda son ketidan quvishga yo'l qo'yildi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolar to'planib bordi, ularni ma'muriy-buyruqbo’zlik usullari bilan hal qilishga urunishlar hech qanday natija bermadi. Xalq orasida pinhona o'sib borayotgan ishonchsizlik, loyqaydlik kayfiyatlari asta- sekin yuzaga chiqa boshladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, namoyishlar o'tkazish, hatto noxush voqealar ham sodir bo'la bordi.Farg'ona fojiasi. 1989— yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo’ldi.. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklarini o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o'zaro qardoshlik rishtalarini bog'lab, inoq yashardilar.
Biroq 1989— yil 20-mayda Quvasoyda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashuv sodir bo’ldi.. Respublika rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma'muriy organlar mesxeti turklarini Farg'onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyo’lkasiga shoshilinch ko'chirildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo'lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg'ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko'chirib olib borib joylashtirildi.Farg'onafojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989— yil 23-iyunda bo'lgan XIV Plenumida Farg'ona fojiasi bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989— yil 29-iyulda bo'lgan XV Plenumi tomonidan ma'qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi.
• Farg'ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo’ldi.. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o'z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstremistlarga, poraga sotilganlarga o'z vaqtida zarba berolmadilar.
• Farg'ona viloyatida o'n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi.
strukturasi buzilgan, larmoqlar xomashyo yetishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, Yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi.
• Kadrlar tanlash, munosib ish bilan ta'minlash ishlari buzilgan, poraxo'rlik, xizmat mavqeyini suiiste'mol qilish avj olgan edi.
• Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqa-chon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko'rilgan reja asosida ig'vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.
Farg'onada sodir bo'lgan siyosiy ig'vogarlik Tbilisi, Tog'li Qorabog', Bokuda tashkil etilgan ig'vogarliklardan biri edi. Keyinchalik, 1990— yil fevral-mart oylarida Bo'ka va Parkent, 1990— yil iyunda O'sh va O'zganda ham shunday urinishlar bo’ldi. Yovuz kuchlar o'z maqsadiga erisha olmadilar. O'zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
11. 2. O'zbekistonning davlat mustaqilligini qo'lga kiritish tomon yo’l tutishi.
Yangi yo'l. 1989-yil 23-iyun kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o'zbek xalqining milliy o'zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo'l olindi.
Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustuvorligi ta'minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o'z mavqeyini yo'qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavo’zimlariga ko'tarildi. Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o'zgarish shundan iborat bo’ldiki endi O'zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko'tarish amaliyotiga chek qo'yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o'z qo'liga oldi.Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo'lib, siyosiy mutelikdan qutulish tomon tashlangan muhim qadam bo’ldi.
O'zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko'rildi, to'qib chiqarilgan «o'zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog'liq ishlar qayta ko'rildi, aybsiz qamalgan minglab kishilar oqlandi, o'z oilasiga qaytdi, adolat tiklandi.O'zbek tili - davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o'zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko'tarilgan edi. O'zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga avvallari millat-chilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o'zbek va rus tilini teng mavqega ko'tarishga urindi, shu yo'sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o'tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo'lini tanladi.
O'zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989- yil 21-oktabrda bo'lgan o'n birinchi sessiyasida «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda: «O'zbekistonning davlat tili o'zbek tilidir, o'zbek tili Respublikaning siyosiy—ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to'liq amal qiladi», -deb belgilab qo'yildi.
1990— yil 19-fevralda «O'zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat qabul qilindi. Qonun va davlatga binoan, mehnat jamoalari, o'quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o'zbek tiliga o'tkazila boshladi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo'lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo’ldi..
Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko'tarishga qaratilgan dastlabki sa'y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisiga shaxsiy tomorqa uchun yer ajratildi. Yerga muhtoj 381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oila o'z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar yer ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta'minlash» ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990— yilda 300 ming kishi, asosan Yoshlar ish bilan ta'minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990— yilda budjetdan va korxonalr hisobidan 142 mln. so'm qo'shimcha mablag' ajratildi.
Prezident lavo’zimining ta'sis etilishi.1990- yil 18-fevralda O'zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo’ldi.. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo'idiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nom-zodlar ko'rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovo’z bilan saylangan bo'lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovo’zlarni to'play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo'lib o'tdi.1990— yil 24-31-mart kunlari Toshkentda o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. 24-mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bo'lib «O'zbekiston SSR Prezidenti lavo’zimini ta'sis etish to'g'risida» qonun qabul qildi. 1990— yil 24-mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovo’z berish yo'li bilan Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Prezidenti etib saylandi.
Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so'zlab, O'zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o'zini-o'zi idora qilishga va o'zini-o'zi pul bilan ta'minlashga o'tishni ta'minlashni o'zining asosiy vazifasiligi ekanini ta'kidladi. SSSR va Markaziy hokimiyat mavjud bo'lgan sharoitdayoq O'zbekistonda Prezident saylanishi muhim voqea bo’ldi., mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil qadam bo’ldi..Mustaqillik Deklaratsiyasi O'zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi 1990— yil 20-iyun kuni «Mustaqillik Deklara-tsiyasbni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O'zbekiston SSRning davlat suvereniteti e'lon qilindi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo'lib, quyidagilar bayon etilgan:
• O'zbekiston SSR davlat suvereriiteti;
• O'zbekiston SSR demokratik davlatining o'z hududida barcha tarkibiy qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligi;
• O'zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo'yilmay turib o'zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O'zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O'zbekiston hududida kuchga ega bo'ladi;
• O'zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O'zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo.
O'zbekiston mustaqilligi to'g'risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo'lib, mamlakatimizning o'z davlat mustaqiltigini qo'lga kiritish yo'lida yana bir yangi qadam bo’ldi..
12. 4. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishiIttifoq shartnomasini yangilash talabi
Sobiq SSSRga kiruvchi respublikalar rasman teng va suvcren deb yuritilsa-da, amalda qaram edi. Ular o'z yerlari, suvlari, o'rmon-lari va yer osti boyliklariga, ko'pdan-ko'p korxonalariga o'zlari egalik qilolmas edilar. 80— yiHarning oxirlari 90— yillarning boshlarida ko'pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o'zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.
O’zbekiston Respublikasining rahbari I.Karimov 1989-yil 20-sentabrda Moskvada bo’lib otgan KPSS MQ ning Plenimida so’zlangan nutqida respublikalar bilan SSSR ortasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qoyishi ko’zda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib: “Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va O’zaro majburiyatlarini aniq- ravshan btlgilab qoyish, respublikalat mustaqilligini har jihatran mustahkamlash ratafdorimiz”,-degan edi. Biroq Markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik bensh haqidagi talab-takliflarni e'tiborga olmadi, to'g'rirog'i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta'siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990— yil bahorida Boltiqbo'yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va O’zarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e'lon qildilar.
Markazda va joylarda: «SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi?»- degan masalada bahs-muno’zaralar kuchaydi. Markazdagilar: «Kuchli markaz-kuchli respublikalar»,- desa; joylardagilar: «Kuchli respublikalar-kuchli markaz»,- der edilar.Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e'tirof etishga majbur bo’ldi.. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug'ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990— yil iyulda Moskvada Markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdi. 1990— yil avgust oyida Ittifoqni yangilash ishlab chiqildi.Dasturda respublikalar o'z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish huquqiga ega ekanligi ta'kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv Markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O'zbekiston Markaz loyihasini qabul qilmadi.
1991— yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida qayta ish olib borildi. Unda Boltiqbo'yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, O’zarbayjon kuzatuvchi bo'lib qatnashdi. Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo'yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab berilgan shartnoma loyihasi matbuotda e'lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. O'zbekiston rahbariyati respublikalarga to'la mustaqillik berishni ko'zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining 1991—yil 12-martda bo'lgan IV plenumida so'zlagan nutqida: «Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo'ldan boy berib qo'yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko'targan kishilarning ovo’ziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922— yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi»,-degan edi. Bu fikrning to'g'riligini hayot to'la isbotladi.
Butunittifoq referendum SSSR Oliy Soveti ittifoq shartnomasini o'zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991— yil 17-mart kuni Butunittifoq referendumini o'tkazishga qaror qildi. 1991— yil 20-fevralda O'zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum o'tkazishni ma'qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan bulleten bilan birga yana bitta qo'shimcha byulletenni ovo’zga qo'yishga qaror qildi.
Qo'shimcha bulletenga «Siz O'zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga ro’zimisiz?»- degan savol qo'yildi. Ovo’z berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga «Ha» deb javob berdilar. Demak, o'zbekistonliklar o'z mamlakatini mustaqil davlat sifatida federativ ittifoqda bo'lishini, O'zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovo’z bergan edilar.
1991— yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, O'zbekiston, Qo’zog'iston Respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo'llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga ro’zilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo’ldi.
13. Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishda intilish.
1991— yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo’ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo'lmaydigan choralar to'g'risida» qo'shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9+1» (9 respublika + Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga ro’zi bo'lganini ko'rsatadi.
1991— yil 3-iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o'rtasida uchrashuvbo’ldi. Uchrashuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to'g'risida keskin muno’zara bo’ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi to'g'risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo'natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi O'zbekiston Oliy Sovetida 1991— yil 14- iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi.. Markazni ham, Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to'g'risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma ro’zi bo'lgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to'g'risidagi shartnoma»ni imzolash 1991— yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo'nab ketdi.
1991 yil avgust voqealari Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir «imkoniyat» vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar tomonidan 1991- yil avgustda Markaziy hokimiyatni avvalgi maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi va SSSRda Favqulodda holat davlat qo'mitasi (FHDQ) tuzildi. Uning boshliqlari G.I.Yanayev - SSSR vitse-prezidenti, O.D.Baklanov - SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o'rinbosari, V.A.Kryuchkov - SSSR Davlat xavfsizligi qo'mitasining raisi, V.S.Pavlov - SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo ~ SSSR ichki ishlar vaziri, D.T.Yazov -SSSR mudofaa vaziri, V.A.Starodubsev - SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, T.Tizyakov - SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshoatlari uyushmasining prezidenti kabi Markaziy hokimiyatning rahbarlari edi. Shu tariqa, fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo'l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o'zlari hokimiyatni egallab oldilar.
Mazkur qo'mita Sovet rahbariyatining Bayonoti, Sovet xalqiga murojaatnoma, Davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e'lon qildi.
Butunittifoq doirasida mo'rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar.
Qaltis vaziyatda 1991— yiJ 19-avgustda O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifdan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda Prezident O'zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublika-mizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo'qligi, O'zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko'rsatmalar bajarilmasligini qat'iy ta'kidladi.
1991-yil 20-avgust kuni Toshkentda O'zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog'iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbariari ishtirokidagi qo'shma majlisi bo'lib o'tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokoma qilib, Bayonot qabul qildi. Bayonotda O'zbekiston Respublikasining tinch vaqtda kuch, awalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta'kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig'vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O'zbekiston Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Deklaratsiya qoidalarini og'ishmay va izchil amalga oshirish yo'lidan boraveradi deb ko'rsatildi.
1991— yil 21-avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti o'z farmoni bilan O'zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv ido-ralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O'zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so'zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo'ydi. Farmonda SSSR da Favqulodda holat davlat qo'mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo'yildi.Fitnachilarning qonnunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19-21-avgust kunlari Moskvada fojiati hobisalar roy berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnachilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyev Prqzidentlik lavo’zimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiyb vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo’lib, harakatsiz qolgan edi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. Shu tariqa, SSSR tanazzulga uchradi va parchalana bosgladi.
14. 5. O'zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati
SSSR tanazzulga uchragach, O'zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to'la o'z qo'liga olishga kirishdi.1991— yil 25-avgustda O'zbekiston Prezidentining farmoni e'lon qilindi. Farmonga binoan, Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo'mitasi O'zbekiston SSRning qonuniy tasarmfiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo'shinlari bevosita O'zbekiston Prezidentiga bo'ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik Qo'mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo'sbinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo'shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosa-tiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991— yil 26-avgust kuni O'zbekistonning davlat mustaqilligi to'g'risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini cha-qirishga qaror qildi.
1991— yil 28-avgust kuni O'zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo'shma plenumi bo'lib o'tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-21-avgust kunlari sodir bo'lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to'g'risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to'xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o'z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
1991— yil 31-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada O'zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so'zlab, sobiq Ittifoqda so'ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to'ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O'zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to'g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
Sessiyada "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash Bayonoti" qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi:
"Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O'zbekistonning Davlat mustaqilligini va o’zod suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qiladi".
Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida" qaror qabul qilindi.
15. Mazkur qarorda:
1) respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O'zbekiston Respublikasi deb atalsin;
2) 1-sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991— yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin, deb qat'iy belgilab qo'yildi.
Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:
• O'zbekiston Respublikasi o'z tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir;
• O'zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o'z hokimiyatini ham bevosita, ham vakOlik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;
• O'zbekiston Respublikasi to'la davlat hokimiyatiga ega, o'zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va bosh-qaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo'linmas bo'lib, uning xalqi o'z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o'zgartirilishi mumkin emas;
• Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o'rmon-lar, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma'naviy boyliklari O'zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb qonunlashtirilib, belgilab qo'yildi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991— yil 30-sentabr kuni "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O'zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g(risida"gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo'yildi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro'yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat -O'zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi..

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish