Maslouning ehtiyojlarining ierarxik modeli doirasida o‘rtacha insonning qondirishi kerak bo‘lgan 5 ta ehtiyojlarini ko‘rsatib o‘tgan:Maslou ierarxiyasi asosiy mazmuniga ko‘ra, extiyojlarni hech qachon “hamma narsa yoki hech narsa” prinsipi asosida qondirib bo‘lmaydi. Ehtiyojlar bir-biriga qisman mos keladi va insonda bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq pog‘onadagi ehtiyojlarga motivatsiya uyg‘onishi mumkin.

Fiziologik – 85%
Xavfsizlik va himoya – 70%
Muhabbatga va aniq sotsial guruxga bog‘liqlik – 50%
Hurmat va e’tibor – 40%
O‘zida ehtiyojlar ierarxiyasining yuqori pog‘onasini namoyon qiluvchi o‘zini o‘zi aktuallashtirish pog‘onasi – 10 %
Maslouning fikricha, inson pastroq pog‘onadagi ehtiyojlarini qondirmaguncha, yuqori pog‘onadagi ehtiyojlarga erisha olmaydi. Shuning uchun yuqori pog‘onadagilar ehtiyojlarga juda ozchilik, ya’ni aholining 1 % igina erishadi. Maslou yana shuni ta’kidlab o‘tadiki, o‘z o‘zini aktuallashtiruvchi insonlar uchun mustaqillik, xreativlik, mahsuldorlik, dunyoni falsafiy anglash va erkin muloqandmandlik xos. 1960-yillar boshlarida Maslou qo‘l ostida bir qancha gumanistik yondashuv vakillari birlashib, psixologiyadagi ikki muhim intellektual oqim bo‘lgan psixoanaliz va bixeviorizmga qarshi gumanistik psixologiyani yaratadilar. Gumanistik psixologiya kuchli tashkil qilingan nazariy tizim bo‘lmasdan, uni shaxsga va klinik psixologiyaga nazariy munosabat bildiruvchi o‘ziga xos gurux desa ham bo‘ladi.

Do'stlaringiz bilan baham: |