Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

Bandlik sohasi bilan bog‘liq mezon:
Ushbu yondashuvD.Bell, CH.Lidbiter 
va P. Drukerning kuzatilayotgan o‘zgarishlar modellari va bandlik strukturasi 
ko‘rib chiqiladigan asarlari bilan chambarchas bog‘liq.Ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarning o‘zgarishishu sababli ro‘y bermoqdaki, mehnat bilan band 
bo‘lganlarning aksariyati iqtisodiyotning raqamli sohasida ishlamoqda. Ishlab 
chiqarish sohasida band bo‘lganlar ulushining pasayishi va hizmatlar sohasining 
o‘sishijismoniy mehnatni axborotlashgan mehnat bilan almashtirish sifatida ko‘rib 
chiqiladi. Ushbu holatda asosiy resurs bo‘lib, ma’lumotlar ishtirok etishi sababli 
ularni qayta ishlash sohasida mehnatning ulushi jiddiy ortishi raqamli iqtisodiyotga 
o‘tish sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.Statistika kuzatuvlarihizmatlar sohasida 
band bo‘lganlar ulushining o‘sib borayotganligini ko‘rsatadi (G‘arbiy Evropa, 
AQSH, Yaponiyada bu ulush 70% va undan ko‘pni tashkil qiladi), ularning katta 
qismi u yoki bu tarzda ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha faoliyat bilan bog‘liq 
bo‘ladi va shu sababli ushbu asosdaraqamli iqtisodiyot mavjudligini isbotlash 
ishonarli bo‘lib ko‘rinadi.Ushbu yondashuvning asosiy muammosi ma’lumotlar 
bilan ishlash bilan bog‘liq xodimlardir. Misol uchun, asosiy vazifasi ma’lumotlarni 


62 
qayta ishlash bo‘lgan kompyuter texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar, 
telekommunikatsiya kompaniyalari xodimlari, tahlilchilar sonining o‘sishi 
jarayonini raqamli iqtisodiyot shakllantirishning asosi deb hisoblash mumkin. 
Biroq,hozirgi paytdaraqamli iqtisodiyot xodimlarnini hisob-kitob qilish uslubiyati 
mavjud emas. Shu bilan bir paytda,savdo sohasi xodimlari, huquqshunoslar va 
raqamli iqtisodiyot bilan aloqasi kuchli bo‘lmagan boshqalar sonining tez o‘sishi 
kuzatiladi, lekin ularning hammasi bitta toifaga kiradi. 
Makonga oid mezon:
Raqamli iqtisodiyotning bir qator konsepsiyalari 
jug’rofiy tamoyilga asoslanadi. Asosiy e’tibor turli joylarni bog‘laydigan, shu 
sababli, global iqtisodiy makon shakllanishiga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan
ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga qaratiladi. Ma’lumot uzatish tarmoqlari 
zamonaviy jamiyatning boshqalaridan ajratib turadigan jihati hisoblanadi. Bunda 
raqamli iqtisodiyotni tadqiq etishda ma’lumot uzatish tarmoqlari bilan bog‘liq 
bo‘lgan qaysi jihatni ko‘rib chiqish lozimligi eng muhim fursat hisoblanadi. Bu 
texnologik jihat bo‘ladimi (ya’ni ma’lum bir hududda ma’lumot uzatish tizimlari 
mavjudligi) yoki bu tarmoqlar bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlar soni va sifati 
kabi boshqa jihatlarni ham tahlil qilish zarurmi, buning unchalik farqi yo‘q. 
Hozirgi paytdabir qator umumiy savollar, masalan, nima haqiqatda tarmoq 
hisoblanishi, turli tarmoq darajalalari o‘rtasida qanday farq mavjudligi, raqamli 
iqtisodiyotga o‘tishni qanday ma’lumot hajmlari va ularni o‘tkazish tezliklari 
belgilab berishi ham munozaralarga olib keladi. 
Iqtisodiy mezon:
Bunday yondashuv ma’lumot yaratish, uzatish, qayta 
ishlash va saqlash bo‘yicha faoliyat sohasida iqtisodiy qiymatning o‘sishini 
hisobga olinishini nazarda tutadi. Agar iqtisodiyot sohasida bunday turdagi 
faollikqishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi bunday faoliyatdan ustunlik qiladigan 
bo‘lsa, demak, raqamli iqtisodiyotga o‘tish haqida gapirish mumkin bo‘ladi. 
Bundan tashqari, ma’lumotlarning o‘zi bunday sharoitlardaiqtisodiy munosabatlar 
ob’ektiga aylanadi. Ixtisoslashgan kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari 
buyurtmachining maqsadlari uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha 
hizmatlar ko‘rsatadi va mos ravishda, bunday ma’lumotlar ma’lum bir qiymatga 


63 
ega bo‘ladi.Bunday yondashuvning asosiy muammosi shundaki, iqtisodiy 
faoliyatda ma’lumotlar rolining o‘sganligidan dalolat beradigan katta statistika 
materiali ortida ularning kompaniyalar faoliyatiga haqiqiy ta’siri ancha yuzaki 
o‘rganilgan, ma’lumotlarni qayta ishlash va talqin qilish bilan bog‘liq xodimlar 
faoliyati samaradorligini baholash uslubiyatlari esa yetarli darajada ishlab 
chiqilmagan. Masalan, ishlab chiqarish korxonasining axborot-tahlil bo‘limi 
axborot faoliyati bilan shug‘ullanadi, lekin butun kompaniya ishlab chiqarishida 
uning ulushini statistika maqsadlari uchun qanday qilib ajratish masalasi 
ochiqligicha qolmoqda. 
Texnologik mezon:
Keng doiradagi foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lib 
qolgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ko‘plab texnologik 
innovatsiyalar texnologik konsepsiyaning negiziga aylandi. Yangi texnologiyalar 
iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining eng ko‘zga ko‘rinadigan belgisi hisoblanadi va 
ko‘pincha ular iqtisodiyotni rivojlantirish drayveri deb ataladi. Bunday fikr-
mulohazalarning asosiy g‘oyasi shundaki, ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatish 
sohasida 
texnologik 
innovatsiyalar 
hajmining 
ortishi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlar o‘zgarishiga olib keladi, chunki ularning ta’siri juda sezilarli. 
Texnologik innovatsiyalar ta’sirining muhim ekanligi shak-shubhasiz. Ular 
kompyuter texnologiyalarining telekommunikatsiyalar sohasini o‘zgartirish va bu 
texnologiyalarni birlashtirish imkoniyati bilan kuchaytirilgan bo‘lib, buning 
natijasida elektron pochta, matnli ma’lumot uzatish, audio va video fayllar 
ko‘rinishidagi ma’lumotlar uzatish, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqa 
servislar rivojlandi. Raqamli texnologiyalar keng tarqalishi yangicha ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar hamda raqamli iqtisodiyotning u yoki bu mamlakatda 
shakllanishi tendentsiyalari haqida mulohaza yuritishga asos beradi.Tadqiqotchilar 
faqat texnologik mezonga tayangan holda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish 
darajasini o‘lchashga harakat qilishganda ma’lum bir savollar yuzaga keladi.Ish 
empirik tadqiqotlar o‘tkazish masalasiga borib taqalganda u yoki bu raqamli 
texnologiyalar qanchalik kuchli rivojlanganini kuzatish qiyin bo‘ladi: 
o
chunki ularning soni juda ko‘p;


64 
o
ularning har biri o‘z ta’sirini ko‘rsatadi;
o
ular doimiy rivojlanadi va bu iqtisodiyotni raqamli deb atashga 
imkon beradi. 
Oqilona o‘lchov birligini topishga intilgan holda, asosiy e’tiborni 
texnologiyalarga qaratadigan ko‘plab tadqiqotchilar oddiy va tekshirish oson 
bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etisha olmaydi. O‘lchash va bu bilan bog‘liq bo‘lgan 
texnologik o’lchov bo‘yicha unga erishgan holda iqtisodiyotni raqamli deb atash 
mumkin bo‘ladigan nuqtani topish qiyinligi raqamli iqtisodiyotning maqbul 
keladigan ta’rifini ifodalash muammolaridan biri hisoblanadi.Bu masala 
axborotlashtirish jarayonlarining ko‘plab tadqiqotchilari tomonidan aylanib 
o‘tilmoqda va yangi turdagi iqtisodiyotni tavsiflash uchun shu ham yetarli deb 
hisoblagan holda, texnologik innovatsiyalari umumiy jihatlarda tavsiflash bilan 
cheklanilmoqda.Raqamli iqtisodiyotni ta’riflashda texnologik mezonlar rolining 
asosiy ekanligi bilan bog‘liq boshqa masala ham yuzaga kelmoqda.Texnologiyalar 
ijtimoiy sohadan ajralgan emas, ular ijtimoiy sohaning bir qismi hisoblanadi. U 
yoki bu tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar ijtimoiy 
ustuvorliklarni ifodalaydi. Ushbu baholash fikrlari asosida u yoki bu texnologiyalar 
rivojlantiriladi. Ko‘plab tadqiqotchilar texnologiyalarning shaxs qadriyatini qanday 
aks ettirishini o‘z ishlarida ko‘rsatib bergan.Agar bularning barchasini e’tiborga 
oladigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni o‘zgartirishda texnologik omilni hal qiluvchi deb hisoblash qiyin, 
albatta. 


65 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish