Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari


-BOB. YANGI RAQAMLI DUNYONING MUHIM ELEMENTLARI



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

4-BOB. YANGI RAQAMLI DUNYONING MUHIM ELEMENTLARI 
TAVSIFI 
4.1. Bitkoin blokcheyni haqida tushuncha 
Bitkoin blokcheyni taxminan bir vaqtda amalga oshiriladigan tranzaksiyalar 
guruhi yoki bloklar uzun zanjirini ifodalaydi. Bu zanjir ko’lami cheksiz uzoq 
bo’ladi – tizimning o‘zi qancha ko’p faoliyat ko‘rsatsa, blokning uzunligi 
shunchalikko’p o‘sadi. Bunday xronologik tuzilma juda muhimdir, chunki unda 
barcha, shu jumladan, eng ilk tranzaksiyalarning ham qonuniyligi kafolatlanadi. 
Asl maqsadida ko‘ra, foydalanuvchining bitkoinlarni kimgadir takroriy o‘tkazishga 
yo’naltirilgan keyingi harakatlari noqonuniy deb topiladi. Har bir operatsiyaning 
vaqti qayd qilingan bo’lgani uchun bitkoinlarni olish va o‘tkazmalarni amalga 
oshirish nazorat qilinadi. Bitkoin blokcheyni o’z iqtisodiyotining istalgan 
qatnashchisi uchun ochiq bo‘lgan ketma-ketlikni yaratgan holda, tizim istalgan 
vaqt har bir qatnashchining hisobraqami holatini nazorat qiladi, shuningdek, har bir 
bitkoin blokcheynning bir qismiga «biriktirib qo‘yilgan»ni uchun, u qaerda 
yaratilgani, sarflangani yoki olingani haqidagi axborotni identifikatsiya qila oladi. 
Agar masalan, Anvar New-Yorkda bir stakan Nescafeqahvasi xarid qilish uchun 
o’z smartfoniga o‘rnatilgan elektron hamyondan foydalanadigan bo‘lsa, bunda 
tarmoq uning elektron hamyonidan kafe elektron hamyoniga qandaydir kattalikda 
bitkoin o‘tkazish so‘rovi haqida axborot oladi. Bu paytda tranzaksiya - tasdiqlashni 
kutib turgan «to‘xtatib turilgan operatsiya» deb hisoblanadi. Lekinmaynerlar yangi 
tranzaksiyalar blokini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni amalga 
oshirib va uni blokcheynga kiritib bo‘lgach, haridor tranzaksiyasixuddi o‘sha 10 
daqiqada amalga oshirilgan boshqa tranzaksiyalar bilan birga, bosh jurnalda 
doimiy qayd qilib qo‘yiladi. Mos ravishda, uning bitkoinga kofe xarid qilishi 
autentik va ortqa qaytarilmas operatsiya deb hisoblanadi. Blokcheyn bitkoin 
bazaviy dasturiy protokoli boshqaruvi ostida bo‘ladi. Satoshi Nakamotodan 
boshlab, bitkoin tarmog‘ining har bir foydalanuvchisi kompyuter yoki smartfonga 
tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan o‘zaro aloqa qilish qoidalarini xabar 
qiladigan dasturiy yo‘riqnomalar to‘plamini u yoki bu tarzda yuklaydi. Blokcheyn 


154 
bitta kompyuterda yoki serverda mavjud bo‘lishi mumkin emas. Tarmoq 
registratorlari bilan bog‘liq vaziyatdagi kabi, blokcheyndagi ma’lumotlar tarmoq 
uzellari yoki kompyuterlar egalari hamjamiyatida taqsimlangan ko‘rinishda 
mavjud bo‘ladi. Bu tugunlarga elektron hamyonlar o‘rnatilgan, ya’ni ular 
yordamida 
bitkoiyn 
hisobraqamlaridagi qoldiqni u belgilab qo‘yilgan 
blokcheynning chegaralangan qismida o‘zgartirgan holda to‘lov tashabbusi bilan 
chiqishmumkin bo‘ladi. Tugunlar shaxsiy kompyuterlar – yoki, zamonaviy 
tushunishda, ixtisoslashgan mayning markazlarini ham o‘z ichiga oladi – ular 
yordamida maynerlar blokcheynni shakllantiradi va buning uchun yangi bitkoinlar 
ko‘rinishida mukofot oladi. Oldindan belgilangan tartibda birgalikda ishlagan 
holda, bu tarmoq uzellarnong ishonchliligijamoaviy ravishda bosh jurnal 
(grossbook) vositasida kafolatlaydi.Tabiiyki, bitkoin kriptovalyutasi blokcheynsiz 
mavjud bo‘la olmaydi. Amaldagi doimiy o‘zgarib turadigan kirim va chiqimlarni 
hisobga olish kriptovalyutani ifodalaydi. Bitkoinlar o‘z holicha mavjud bo‘la 
olmaydi va siz qaysidir elektron qurilmaga kirib, bir nechta bitkointanga olishingiz 
mumkin bo‘lmaydi. Tasdiqlangan tranzaktsiyalar ko’rinishidagi doimiy ravishda 
uzayib boradigan blokcheynning yana bir muhim jihati – uning hamma uchun 
ochiqligidir. Bu esa bitkoinni yopiq elektron valyuta tizimlaridan farqlaydi. 
Maxsus dasturiy ta’minot sifatida ko‘pincha Londonning 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish