O‘zbekistonni raqamli rivojlantirishda innovatsion ta’lim tizimiga
qo’yiladigan yangi talablar:
Yangi ta’lim modeli, ya’ni, “qobiliyatni rivojlantirish va innovatsiyalarga
o‘rgatish”ni (kreativlik va tanqidiy fikrlash mexanizmlariga o‘rgatish) joriy
etish
XORIJIY VA O‘ZBEKISTON O‘QUV ADABIYOTLARIDAN o‘qituvchi
KAMCHILIKLAR TOPISH jarayonini o’rganish va qaysi o‘qituvchi ko‘proq
kamchilik topsa, unga o’z sohasi bo’yicha yangi darslik yozishni topshirish.
Oldindan tarqatilgan ma’ruza matnlardan va ilmiy maqolalardan talabalar
mustaqil tayyorlanib, kamchiliklarni topib, xar dars boshlanishidan oldin
o‘qituvchi savol-javob yoki test qilib, keyin tushunmaganlarini o‘rgatsa,
o‘quv soatlari 30-50%ga tejalib, fanni o‘zlashtirishi darajasi esa 70-80% ga
ko‘tarilar edi.
Maktabgacha ta’lim muassasasidan boshlab, bola qobiliyati qaysi sohaga mos
ekanligini aniqlab, uning har yilgi rivojlanish omillarini tahlil qilish.
Ta’limda bilim berish bilan birga bilimni amaliy ishlatishga o‘rgatish.
Ta’lim tizimida IQ test orqali miya qobiliyatini o‘sishini tahlil qilishni joriy
etish (Germaniya tajribasi:10-12 yoshida IQ≥130 bo’lganlarni mahsus
maktablarda o‘qitishadi). Biz ham shu usulda ajiratib olingan bolalarga
94
nufuzli Prezident maktablari va litseylarida miya qobiliyatini o‘stirish
omillarini ishlatib, keyin ta’lim berishimiz kerak.
Prezident maktablari va litseylariga kirish imtixonlarini OTM abiturientlari
testliriga o‘xshagan holda markazlashtirish
Mnemonika, mental arifmetika va shaxmatga yoshlikdan o‘rgatish.
Ta’lim tizimiga 50% dan ortiq ta’sirga ega bo‘lgan tashqi omillar mavjud
bo’lib (innovatsion oila, innovatsion tibbiyot, aql tarboyasi, innovatsion
mahalla), ularning ta’lim sifatiga ta’sirini o‘rganish va tahlil qilish kerak.
Qobilyatni (miya xotirasi, o‘ylash tezligi va mantiqni) rivojlantiradigan aqliy
tibbiyot sohasi mutaxassislarini tayyorlash kerak.
Innovativ talabalarga va innovatsiyalarga homiylik qiladigan biznes muhitini
(homiylik va innovatsiyalar hususiy agentligini, ushbu agentlik texnologik
yechimdan yoki innovatsiya tadbiqidan olinadigan foydadan ulush oladi)
shakllantirish kerak.
Ta’lim tizimida hozirgi kunda IIB hamda DHQ bilim yurtlarida faoliyat
ko‘rsatayotgan qobiliyat va xotirani rivojlantiradigan kafedralar va markazlar
ochish.
Maktablarda 5-sinfdan yuqorilashgan sari o‘tilgan fanlardan fikr va
mulohazalar bildirilgan (50-1000 so‘z o‘lchovida, sinf yuqorilagan sari
so‘zlar ham ko‘payadi) yozma oraliq va yakuniy nazorat imtixonlar tizimida-
ESSAY lar yozishni tashkil qilish bilan yozma o‘ylash va fikrlashga
o‘rgatish.
Ko‘proq badiiy kitoblarni, adabiyotlarni o‘qitishga undash, diktant, insho
yozishga e’tiborni kuchaytirish zarur (hozirgi davrda ko‘pchilik talabalar o‘z
biografiyasini yoki xatni ham yoza olmaydilar).
Eng yaxshi pedagoglar darslarini masofadan o‘qitish orqali qishloq joylarga
yetqazish. Bu bilan bir vaqda o‘qituvchilarning xam malakalari oshadi.
Yetuk OTMlar va maktablarning filiallarini viloyatlarda ko‘paytirish.
95
Abiturientlarning OTM larga qabulini test markazlarida onlayn usulda va
oshkora tashkil etish.
Pedagogika va yuqori texnologiya mutahasislariga (ayniqsa, IT-dasturiy
mahsulotlarnini ishlab chiqish sohasi) yuridik, diplomatiya va boshqa o’quv
yurtlariga kira olmagan yuqori balli (180-200) abiturientlarni jalb qilish
mexanizmlarini ishlab chiqish zarur.
Bakalavrlarning BMI larida (gumanitar sohasidan tashqari) xorijiy IT-
texnologiyalarni O‘zbekistonda joriy etish jarayoniga ilmiy rahbari bilan
birgalikda jalb etish va ularni homiylar yordamida amalga oshirishni
shakllangtirish.
Magistraturani (gumanitar mutahasisliklardan tashqari ) to‘liq ingliz tiliga
o‘tqazish (Germaniya, Koreya va Yaponiya tajribasi singari)
Magistrlik dissertatsiyalarida xorijiy IT-texnologiyalarni modernizatsiya
qilish va ishlab chiqishga homiylar yordamida joriy qilish.
BMI, MD va doktorlik dissertatsiyalarni mavzularini xorijdagi
innovatsiyalarni O‘zbekistonda joriy etish muamolariga qaratish.
Horijda o‘qtuvchilarni malaka oshirishning 3+1 modelini ishlatish: 3 oy
O‘zbekistondagi Vestmister, Singapur, Turin, Gubkina, MGU filiallarida
studentlar bilan birgalikda o‘qitish va imtixonlar topshirtirish, so‘ng
boradigan xorijiy universitetda internet orqali masofadan o‘qitish (MOOC –
plarformalari orqali masofadan o‘qitish 5-7 barobar arzon turadi), keyin esa
horijiy amaliyotga 1-3 oyga yuborish. Bu usul katta iqtisodiy samaradorlik
beradi.
Oliy ta’limda OCHIQ UNIVERSITETLARNING (3 OYDAN 1 YILGACHA
IT-MUTAXASSISLIKLARGA
MASOFADAN
o’qitadigan
kurslar)
normativ-huquqiy bazasini va xorijiy o‘quv kurslarining o’zbek tilidagi
axborot bazasini yaratish.
Innovatsion iqtisodiyotda ish bilan bandlarning ichida oliy ma’lumotlilarni
soni 50% oshiq bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham AQSH va Rossiya
96
Federatsiyasi tajribasini hisobga olib, O‘zbekistonda Davlat – xususiy
sherikchilikda sifatli nodavlat IT-mutahasislarini tayyorlaydigan OO‘YU
larini ko‘paytirish zarur. Bunda Davlat byudjetiga ham ortiqcha og‘irlik
tushirmaydi, hamda ishsizlikni kamaytirib, yoshlarni terrorizm va ekstremizm
oqimlaridan saqlaydi
Mamlakatimizdagi axborot havfsizligi bozorining o‘ziga keladigan bo‘lsak,
bu yerda vaziyat quyidagicha. O‘zbekistonda axborotni himoya qilish masalalariga
axborot texnologiyalari, bank sektori, uyali aloqaga aloqasi bo‘lgan kompaniyalar,
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiradigan kompaniyalar ko‘proq
duch keladi. Boshqa tashkilotlarga keladigan bo‘lsak, turli tadqiqotlar natijalariga
ko‘ra, bu tashkilotlarning aksariyati rahbarlariasosiy tahdid turlari haqida biladi,
lekin ko‘zga tashlanadigan tahdidlar bo‘lmasa, axborot havfsizligini ta’minlashdan
ma’no yo‘q deb hisoblaydi. Ya’ni axborotni himoya qilish sohasida asosiy
muammo – unga kompaniyalar rahbariyati tomonidan yetarlicha e’tibor
qaratilmasligi va oqibatda, uni moliyalashtirishda yuzaga keladigan taqchilliklar
hisoblanadi. Kompleksli axborot havfsizligini ta’minlash uchun qo‘llanadigan
tizimlar strukturasiga o‘tishda shuni aytib o‘tish joizki, ular sezilarli darajada
rivojlanishga qaramay – hozirgi paytda mamlakat axborot havfsizligi bozorining
asosiy qismini tarmoqlararo ekranlar, hujumlarni aniqlash tizimlari (
Do'stlaringiz bilan baham: |