Gulxaniyning "Zarbulmasal" asari tarkibiga kirgan masallarda ilgari surilgan g'oyalar. Masallarda ishtirok etgan 20ta iboralarni aniqlang



Download 115,37 Kb.
bet2/2
Sana23.04.2022
Hajmi115,37 Kb.
#577234
1   2
Zarbulmasal“ asari Tahrirlash
„Zarbulmasal“ asari nafaqat oʻzbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyotining ham nodir namunasidir. „Zarbulmasal“ asari Umarxonning topshirigʻi bilan yozilgan. Gulxaniy unda xalq maqollari (400 ga yaqin maqol), sajlar (qofiyali nasr), masal va rivoyatlardan samnoo oj pkvvgo j arali foydalangan. Bu masal va rivoyatlar tematik jihatdan bir-biriga bogʻlanib, yagona bir syujetni tashkil etgan. Asarda Yapaloqqush bilan Boyoʻgʻlining quda-anda boʻlishi sarguzashtlari majoziy, oʻtkir hajviya tarzida tasvirlangan. Gulxaniy qushlarning oʻzaro murakkab munosabatlari asosida oʻz davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini yaratgan.
„Zarbulmasal“da „Kalila va Dimna“ da sharq mumtoz nasri anʼanalari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarlarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari fosh etilgan. „Zarbulmasal“ ning bir necha qoʻlyozma va bosma nusxalari mavjud,
OʻR FA ShI da saqlanadi. Ayrim manbalarda devon topilgani aytilsada, biroq u topilmagan.
Zarbulmasal" asari tahlili
Gulxaniy ijodiy faoliyatidagi eng muhim fazilat shundan iboratki, u o'z davrining folklorshunosi sifatida o'zbek xalqining beqiyos donishmandligini ifoda etgan masallar, maqollarni to'plab, mashhur „Zarbulmasal" asarini yaratdi. Gulxaniy asarning kirish qismida uning yozilish sababi ustida to'xtalib, xon saroyidagi she'riy majlislarning birida masal (maqol, matal, hikmat)larning badiiy ijoddagi o'rni haqida gap ketganligini qayd etadi. Xonning nazari Gulxaniyga tushib, uni qoshiga chaqiradi va „..bu zarbulmasallarni necha hikoyatlar orasida aqlu donishing yetishicha tartib ver"„— deb buyuradi. Gulxaniy darhol javob beradi: „Ey shohi jahonpanoh, tojikning bir masali bordurki, az ko'za hamon tarovadki, dar o'st (Ko'zada bori to'kiladi) „Alar (ya'ni xon) aydilarki, ,,O'zbekning bir maqoli bordurki, „Eshakiga yarosha tushog'i". Bu suhbatdan so'ng Gulxaniy „amirning amrlarini vojib bilib, zarbulmasal yo'lida sobit qadam bo'ldi va Yapaloqqush va Boyqushning qudaliklari orasinda to'rt yuz zarbulmasali “avommunos”ni bayon qiladi.
„Zarbulmasal"ni yozishda maqol, matal, naql va xalq og'zaki ijodining to'rt yuzga yaqin boshqa namunalaridan mahorat bilan foydalandi. Shuningdek, atroflicha bilimdon ijodkor sifatida u hindlarning buyuk folklor asari ,,Kalila va Dimna” tajribasidan, Muslihiddin Sa'diy, Alisher Navoiy kabi ulug' va mo'tabar adiblarning asarlaridan ham o'rnida foydalandi. „Zarbulmasal" — hayvonlar haqidagi qiziqarli voqealarga boy asar. Lekin hayvonlar kechirgan voqealarga chalg'ib qolmaslik kerak. U, aslida, odamlar haqidagi asardir.
Adabiyotimiz tarixida „Zarbulmasal" nomi bilan tarqalgan asarlar juda ko'p bo'lgan. U, avvalo, bir tildagi masallarning oddiy to'plamini anglatgan. Shuningdek, bir tildagi masallarning boshqa tilga qilingan tarjimalari ham „zarbulmasal" deb nomlangan. Biror masalga tayanib pandnoma yo'nalishida bitilgan risola ham „zarbulmasal" atalgan. Gulxaniyning „Zarbulmasal"i esa tamomila original badiiy asar bo'lib, dunyo adabiyotida o'xshashi yo'q hodisadir. Bu janrdagi asarlarda imo-ishora, kinoya asosiy tasvir usuli hisoblanadi. Ijodkor badiiy maqsadini odamlar taqdiri tasviri orqali emas, balki qushlar, jonivorlar vositasida ifodalaydiki, bu asarning ta'sir kuchini oshiradi.
Asarning kompozitsiyasi ham, sujeti ham, tili ham anchagina murakkab bo'lishiga qaramay, tushunilishi jihatidan sodda va maroqlidir. Bunga masal, maqol, hikmat va matallardan o'rinli foydalanish evaziga erishilgan. „Zarbulmasal"dagi hikoya ichida hikoya yo'sinida berilgan „Maymun bilan najjor", „Tuya bilan bo'taloq", „Toshbaqa bilan chayon" kabi masallar zimmalariga yuklangan badiiy vazifalaridan tashqari ham mustaqil estetik qimmat kast etib, asarning umumiy jozibasini oshirishga xizmat qilgan. „ Zarbulmasal "da qushlar timsolidan foydalanib, insonlar va ular orasidagi murakkab munosabatlar tasvirlangan. Asarda inson ruhiyati tasviri alohida berilmay, qushlarning o'zaro suhbatlari zamiriga singdirilgan. „Zarbulmasal"da uchraydigan badiiy obrazlarni: a) qushlar obrazlari; b) hayvon-hasharot obrazlari; v) odam obrazlari tarzida uchga bo'lish mumkin. Qushlar obrazlari asarning bosh maqsadini ifodalashga yo'naltirilgan bo'lib, qolgan ikki guruhdagi qahramonlar, asosan, ularning o'zaro suhbatlari asnosida namoyon bo'ladi. Yozuvchi qushlar vositasida ularning prototiplari bo'lmish odamlarga xos jihatlarni aks ettirgan bo'lsa- da, ayni vaqtda, har bir qushga xos bo'lgan individual belgilarni berishni ham yoddan chiqarmaydi. Ko'pincha, qushlarning otida ularning fe'li aks etadi. Chunonchi, Ko'rqushning ko'rligi, Boyqushning sovuqnafas va xasisligi, Kordonning korchalonligi, Kuykanakning kichik jussali hamda kuyunchakligi laqab bilan tabiatning mos kelishiga misol bo'la oladi.
Yapaloqqush bilan Boyqush asardagi markaziy qahramonlardir. Asarning sujeti ana shu timsollarning o’zaro quda-anda bo'lishiga bogiiq voqealar asosida rivojlanadi. Yapaloqqush — bir qadar davlatmand kimsa timsoli. U o'zidan ham sarmoyaliroq, taniqliroq kishi bilan quda bo'lishni orzu qiladi. O'zidan balandlarga intilgani uchun ham o'g'liga Kulonkir sulton deb ism qo'yadi, Boyqush bilan quda bo'lishga urinadi. Adib Yapaloqqush misolida qo'lidan kelmaydigan ishga urinadigan, boylig-u shon-shuhratga mukkasidan ketgan kimsa obrazini yarata'di.U o’z holini bilmaydi, bildirganlarida esa tan olgisi kelmaydi. Yapaloqbibining: ,,O'g'limning asbobi kulangirligi minqori bilan changalidan ma'lum va ravshan emasmu?!" — degan gaplarida uning shaxsiyatiga xos maqtanchoqlik, zo'ravonlik sifatlari ma'lum bo'ladi. Kulonkir sulton ham onasiga munosib farzand. U — qushlar shohining pahlavoni. Kuch-qudrati bilan o'zgalarda dahshat uyg'otishga mohir. Lekin yaxshi tarbiya ko'rmagani, tabiatida yetuklik bo'lmagani uchun ham Ko'rqush unikiga borganda mehmonga qanday muomala qilishni bilmasligini namoyon qiladi. Asardagi mezbonlik tutumi tasviri Kulonkir sulton va uning xizmatkorlarining odamgarchiligiga baho berishga asos bo'ladi. Mehmonga sarqit ovqat taklif etishi, uning ham ko'pini o'zi yeb qo'yishi singari hollarda befarosat, yebto'ymas, tarbiyasiz Kulonkirning asl qiyofasi namoyon bo'ladi.
„Zarbulmasal"dagi asosiy qahramonlardan bo'lmish Boyqushning qanday parranda ekanligi va uning faqat vayronalarni makon tutishi ma'lum. Asarda esa, uning makoni shunday hayrat va muhabbat bilan tasvirlanadiki, beixtiyor o'quvchining kulgisi keladi. Ma'lumki, boyqush — tungi jonzot. Uning qizi Gunashbonu deb atalgan. Bu — Quyoshxon degani. Boyqushdan quyosh tug'ilishi mumkinligi tasavvurga sig'adimi? Buning ustiga, bu qiz shu qadar chiroyliki, olam quyoshi, ya'ni kun uning yuziga qaray olmaydi:
Orazidin shams-u qamardir xijil,
So'zlaridin shahd-u shakar munfail.
Hosili umri edi ul boyning,
Oti Gunashbonu o'shal oyning.

Boyqushning kibri, qattiqligi, boshqalarni mensimasligi, o'zgalarning fikri bilan hisoblashmasligi asar matnida juda qiziqarli yo'sinda ko'rsatilgan. Ko'proq qalin undirish uchun qizining baxtidan kechishga ham tayyorligi uning shaxsiga xos xususiyatlarni yorqin aks ettiradi. Asarda Boyqushga „Anda Ko'rqush ko'rdiki, xasis-u haris, agar ming chordevordin bjr chordevor kam bo'lsa, o'tuz tishini bir-biridin sindirur",— degan ta'rif beriladi. Asosiy qahramonlardan biriga Ko'rqush nazari bilan berilgan baho ko'p jihatdan muallifning ham qarashini ifoda etadi. Boyqushning: „Farosat oyog'i oqsoq, tevadek yegani sho'ra va yantoq, ilgari o'tgan so'zning birini ming qilib so'zlarga toq, oyog'idin osilgan so'tqoq qushga o'xshash ahmoq emasmen", — degani yoki „Ko'bga kengash, o'z bilganingni qil",— qabilidagi so'zlari bu obrazning shunchaki yomonlik timsoli emas, balki vaziyat taqozosi bilan mohiyatini o'zgartirib turishi mumkin bo'lgan murakkab tabiatli kishi timsoli ekanligini teranroq his etishga olib keladi. Uning bu qarashlarida xalq donoligi, turmush chigalliklariga amaliyotchi nigohi bilan qaraydigan kishining bilgichligi namoyon bo'ladi.


Asarda tasvir qamroviga olingan har bir timsolga xos xususiyat turli yo'sinlarda aks etgan. Bir qush tabiatiga xos iithatlarni aks ettirishda qo’llanilgan usuldan boshqasining fe'lini ko'rsatishda foydalanilmagan. Agar Boyqush, Yapaloqqush, Ko'rqush, Kordon, Turumtoy, Kulonkir singari qushlarga xos sifatlar ularning o'zaro muomala-munosabatlari asnosida ko'rsatilgan bo'lsa, bir qator qushlarga tegishli jihatlar ularga boshqalar bergan tavsiflar asosida ochilgan. Jumladan, Yapaloqqushning do'sti — Sho'ranulga bergan ta'rifi qarg'a tabiatiga xos xususiyatlarni yorqin namoyon etishidan tashqari, bu ta'rifda o'sha davrdagi ayrim odamlarga tegishli bo'lgan sifatlar ham aks etganllgi „Zarbulmasal"ning umumlashma kuchini ko'rsatadi. Asarda qarg'a Sho'ranul yashaydigan yurt qushlarining podshohi Malik Shohinning pahlavoni Kulonkirning uylanishiga saxiylik qilishi sabablari hayotiy jihatdan ishonarli asoslangan. Uning qo'l ostidagi odamlariga munosabatini baholashda asar matniga tayanilsa, ham Malik Shohinning tabiati ochiladi, ham Gulxaniyning tasvir mahorati ilg'ab olinadi. Kordon xazinachining kelinga beriladigan mahr miqdorini aniqlash borasidagi mulohazasi uning shaxsiga beriladigan bahoning asosi bo'lishi mumkin. Timsolning mohiyatini anglagan sari o'quvchi Kordonning himmat kamarini g'aravdek bir necha yerdan bog'lashining sababini anglab olishi osonlashadi. Kordonning Tummtoy bilan suhbatida keltirilgan maqollarning nechog'lik o'z o'rnida ekanligini, bu maqollarning suhbatdoshlar tabiatini ochishdagi ahamiyatini anglash asar badiiy qudratini anglash imkonini beradi. Turumtoy qo'llagan: „Yomon otga yol bitsa, yoniga to'siq bog'lamas, yomon yerga mol bitsa, yoniga qushni qo'ndirmas" degan maqol Boyo'g'lini xafa qilganligining sabablari to'g'risida o'ylab ko'rilsa, noo'rin ishlatilgan haq gap foyda o'rniga zarar keltirishi mumkinligi ma'lum bo'ladiki, Gulxaniy asarining ahamiyati ham ayni shu holatni hissiy yo'sinda anglatish, tuydirishdan iboratdir. Kordonning Boyqushga qarata aytgan bo'yi yetgan qizning onasi bilan gap talashishi xususidagi to'g'ri gapining nafsoniyatiga tegishi, darg'azab qilganligi tasviri Kordon shaxsini tavsiflashga asos bo'ladi. Kordonning gapidan Boyo'g'lining hamiyati zarar yegan ota sifatida achiqqlanishi esa uning shaxsiga xos jihatlarni baholash imkonini beradi. Asarda odamning vaziyatga, - suhbatdoshning farosatiga qarab o'zgarib turadigan mavjudot ekanligi Ko'rqushga umidvor qiluvchi so'zni aytgan Boyo'gii Kordonni noumid qilganligi tasvirlangan o'rinlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Buni Kordonning: „U „tokcha" dedi, biz „mo'ri" dedik, jo'nay berduk", „Quda bo'lduk, judo bolduk" degan so'zga yo'qmiz",— degan mulohazalaridan anglab yetish mumkin. Ko'rqushning: „Farg'ona mulkida chordevor noyob ekanin arz qilib o'tib edik. Agar Movarounnahr tobeotidin xohlasang, har qancha chordevor desang beray, balki xisht devor solayin",— degan so'zlari ustida o'ylab ko'rish o'quvchilarga matn ustida atroflicha fikrlashish imkonini beradi. Bu qarashni Gulxaniyning amir Umarxonga qilgan xushomadi, kinoyasi tarzida ham,. Turkistondagi boshqa xonliklardan Farg'ona tuzuk edi yo'sinidagi vatanparvarligi shaklida ham talqin etish mumkinkj, bu hol kishida mustaqil fikrlashga imkon berganligi bilan diqqatga molikdir. Bu haqda asosli xulosa berishda tarix fanidan bilgan ma'lumotlarga tayanilsa, foydali bo'ladi. Farg'ona bilan Buxoro va Xiva xonliklarini o'zaro solishtirish asarning tag ma'nosini teranroq anglashga yo'l ochadi.

„ Zarbulmasa1"ning majoziy ma'nosi, asardagi har bir qush obrazining biror toifaga mansub jonli odamni ifodalashi, bir-birini „cho'qib" emas, balki ,,chaqib" olishga tayyor, tili zahar qushlar timsoii Gulxaniy tomonidan ayni odamlarga xos illatlarni aks ettirish fnaqsadida tasvirlanganligi anglab yetilgandagina asardan chiqariladigan badiiy va hayotiy ma'noning qimmati yuqori bo'ladi.


Muhammad Sharif Gulxaniy XIX asrning birinchi yarmi Qo‘qon adabiy muhitida masal–tamsil janrida xalqchil asar yaratishga muvaffaq bo‘lgan shoirdir. Uning hayoti va ijodiga oid tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, Gulxaniy tabiatan yumor va hajvga usta, xalq urf-odatlari va til boyliklarini, maqol, matal, naql va rivoyatlarni chuqur biladigan ijodkordir. U fors-tojikcha g‘azallarida Jur’at taxallusini qo‘llagan bo‘lsa, o‘zbek kitobxonlariga Gulxaniy taxallusi bilan mashhur.
Gulxaniy – olovqalb, majnunsifat ma’nolarini bildiradi. Gulxaniyning eng muhim ijodiy fazilati shundaki, u XIX asr folkloristi sifatida o‘zbek xalqining donishmandligini ifoda etgan masallar, maqollarni to‘plab, o‘zining mashhur “Zarbulmasal” asarini yaratgan. Shoir uni yaratishda xalq og‘zaki ijodi bilan birga, buyuk hind masali “Kalila va Dimna”dan, Firdavsiy, Jomiy, Hofiz Sheroziy, Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar asarlari an’analaridan keng foydalangan. Chindan ham jahon adabiyoti xazinasining noyob durdonasi sanalmish “Kalila va Dimna” qadimgi hind folklori zaminida vujudga kelgan. Uni hind podshohi Dobshalim uchun faylasuf Beydabo yozganligi naql qilinadi.
Jumladan, kitob muqaddimasigi ayrim fikrlar e’tirofga loyiq: “Har bir xalqning olim va faylasuflari qanday vositalar bilan bo‘lmasin, o‘z orzu va istaklarini amalga oshirmoq, mavjud tartibni intizomga solmoq uchun hamisha fikr yuritganlar, har xil tadbirlar ila ish ko‘rmoqchi bo‘lganlar, bu haqda har xil asarlar yozmoqqa intilganlar. Shulardan biri qushlarning va yovvoyi, yirtqich hayvonlarning tilidan yozilgan, g‘oyat chuqur ma’noli, nafis ramz va muammolarga to‘la ushbu kitobdir…
Olimlar bu yo‘lni tanlab zo‘r imtiyozga ega bo‘lganlar: avvalo, bu bilan ular xohlagan so‘zlarini aytib, har bir bobni orzu qilganlari darajada bezash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Buning ustiga, ular shu yo‘l bilan nasihat, hikmat, latifa va hazil-mutoyiba javohirlarini bir-biriga qo‘shganlar, toki dono odamlar bu kitobni mutolaa qilib, foydalansinlar, nodon odamlar esa, uni afsona deb o‘qisinlar.
Yosh shogirdlar esa, savodli bo‘lmoq, ilm orttirmoq, naql aytmoq maqsadida bu kitobda yozilganlarni osonlik bilan yodlarida saqlab qolgusidirlar. Katta bo‘lib, aql va tajriba egasi bo‘lganlarida, yodlab olgan va esda saqlab qolgan naqllar ustida fikr yuritib, ularni tushunganlarida dillari naqadar foydali hikmatlar bilan to‘lganligini ko‘radilar va o‘zlari kutmagan ulkan boylikka, bitmas-tuganmas xazinaga ega bo‘lganlarini biladilar. Yoshlarning xursandligi katta bo‘lganda otasidan meros bo‘lib qolgan xazinani topgan va shu tufayli umrining oxiriga qadar qiyinchilik ko‘rmasdan yashay olishini bilgan odamning sevinchiga o‘xshaydi.”
Ta’kidlangan jumlalarni Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari haqida ham aytish mumkin. Bu esa asarning yosh kitobxonlar uchun g‘oyat muhimligini asoslaydi. Gulxaniy ham Yapaloqqush va Ko‘rqush suhbatida ayrim hikoyatlar bayonini “Kalila va Dimna”nadan topmoq joizligini ta’kidlaydi. “Zarbulmasal” Umarxonning amri, istagi bilan yozilganligi, u xalq orasida keng tarqalgan zarbulmasallarni – xalq maqollarini yig‘ib, kitob holiga keltirish lozimligini aytgani hamda Gulxaniy shu nozik xizmatga loyiq, deb topilgani nazarda tutilsa, mazkur asarlarning maqsad-mohiyati juda yaqinligi oydinlashadi.
“Zarbulmasal” so‘zi “zarb” va “masal” so‘zlarining qo‘shilmasidan iborat bo‘lib, adabiy atama sifatida masal, maqol, matal keltirib so‘zlamoqlikni anglatadi. Zero, undagi pandnamo hikoyatlar, xususan, majoziylik, qushlar, hayvonlar tilidan so‘zlash, “Tuya bilan bo‘taloq”, “Maymun bilan najjor”, “Toshbaqa va chayon”, “Bozanda va Navozanda” kabi bir qancha masallar hamda xalq maqollarining keltirilishi bilan ham yuqorida zikr qilingan asardan ijodiy ilhomlanib yozilganligini tasdiqlaydi. Ammo, aytish joizki, “Kalila va Dimna” turli mavzudagi hikoyatlar zamirida qurilgan pand-u hikmatlardan iborat, voqealar bayoni, hikmat va maqollar ifodasi ham mumtoz adabiyotga xos yashirin, majozlar tilida so‘zlashdan iborat. Undagi masallar garchi turli parranrdalar, qushlar va yirtqich hayvonlar o‘rtasidagi munozaralar, munosabatlar orqali hikoya qilinsa-da, yuksak andisha, falsafiy va purhikmat o‘gitlar ustuvorlik qiladi.
Gulxaniy esa feodal jamiyatining kishisi sifatida o‘tkir satiraga keng o‘rin bergan. Binobarin, “Zarbulmasal” majoz asosiga qurilgan qissa bo‘lib, unda turmush voqea-hodisalari, turli ijtimoiy toifaga mansub kishilarning fe’l-atvorlari, birbiriga munosabatlari qushlar, hayvonlar tilida bayon qilinadi. Muhimi, asarda xalq maqollari va naqllari (400 dan ortiq) keng o‘ringa ega. Undagi asosiy voqea-hodisalar qushlar– hayvonlar timsollari orqali ifodalanganligi, bosh qoliplovchi hikoya boyo‘g‘li va Yapaloqqush hikoyasi bilan bog‘lanib ketuvchi katta-kichik masal-hikoyalar ham keltirilganligi uchun adib uni “Zarbulmasal” deb nomlagan. Qushlar obrazlari asarning asosiy mazmunini belgilaydi, hayvon-hasharot va kishi obrazlari qushlarning o‘zaro suhbatlarida, ular tomonidan keltirilgan naql-u rivoyatlarda namoyon bo‘ladi.
Asar sujetidagi voqealar xalq ertaklariga monand yozilgan: Yapaloqqush o‘g‘li Kulonkir sultonni uylantirish maqsadida o‘z yaqini Ko‘rqushni Boyqush huzuriga sovchilikka yuboradi. Boyo‘g‘lining nihoyatda go‘zal, quyosh yanglig‘ Gunashbonu ismli qizi bor edi. Yapaloqqushning har qancha qalin bo‘lsa topilur deya o‘z tarafidan sovchilikka borishga unaganida, Ko‘rqush quyidagi maqollar orqali unga gap uqtirmoqchi bo‘ladi: “Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa chopilur”, “Yolg‘on masal turmas”, “Uyat o‘limdan qattiq”,”Ermon yog‘ochining egilgani–singani, er yigitning uyalgani – o‘lgani”, “Oyoq yugurigi oshqa, og‘iz yugurigi boshqa…” Sen kim, Boyo‘g‘lining eshigiga kishi yubormoq kim? Hech bilmasmusenki, “Teng tengi birla, tezak qopi birla”. Yapaloqqush: “Andin bizning nima kamligimiz bor?»,–deganda esa Ko‘rqush: “Maqtangan qiz to‘yda uyalur”,
“O‘zini maqtag‘on o‘lumning qarovuli”. Sening ahvoling olamg‘a ma’lumdir. “Oyni etak birla yashirsa bo‘lurmi?”, “Chumchuq semursa, botmon bo‘lurmi?”, “Olako‘zanak ola bo‘lsa ham, arslon bo‘lmas, olato‘g‘anoq olg‘ur bo‘lsa ham, ahvoli ma’lum” kabi.
Ana shunday maqolli aytishuvlar, “sovchi”ning yo‘ldagi hamsuhbatlari orasidagi masallar hikoyasi, bir-ikki bordi-keldidan so‘ng ming xaroba– chaldevor(chordevor) qalin badaliga Boyo‘g‘li rozilik beradi. Yapaloqqush shonu shavkat bilan to‘y anjomlarini keltiradi, o‘sha davrdagi quda-andachilikka xos hamma rasm-rusumlar, milliy odatlar bajo keltirilib, to‘y marosimlari o‘tkaziladi. Bu marosimlarda ikki tomondan juda ko‘p qushlar– Ko‘rqush, Hudhud, Turumtoy, Kordon, Bozanda, Navozanda, Anqo, Humo, Ukob, Lochin, Oqqush, Turna, G‘oz, O‘rdak, Suqsur, Kaklik, Bedana, Olato‘g‘anoq, Zarqaldoq kabilar qatnashadi va har biri o‘ziga yarasha xizmatni ado etadilar. Farg‘ona iqlimida xarobalar kam bo‘lganligi uchun Mavorounnahr iqlimidan (Buxoro amirligi) 1000 chordevor topishib, kelin Gunashbonu mahriga to‘laydilar.
Ko‘rinadiki, Gulxaniy asarda aniq makon (Ho‘qand, Buxoro) va zamon (XIX asr), hayotiy voqelik (feodal jamiyatidagi notenglik)ni hamda xalq an’analarining yaxshi-yomon qirralarini majoz va kinoya, so‘z o‘yinlari, kesatiqlar orqali bayon etadi. Garchi unda o‘z yurti (Qo‘qon) va uning xoni (Umarxon)ga sodiqlik, u boshqarayotgan yurtning boshqa hududlardan ko‘ra obodroq ekanligiga ishora etilsa-da, Xolboqi misgar, Yodgor po‘stindo‘z, Muhammad Amin mufti, Otaboy amin, Sayid Azimxon, eshon kalla haqidagi hajviyrivoyaviy epizodlarni ochiq-oydin keltiradi.
Muallif o‘z masallaridan majoziy obrazlar orqali hukmron sinf vakillarini fosh qiladi, mamlakatga xarobalik, xalqqa qashshoqlik keltirgan o‘zaro feodal urushlarga qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi. Shuning uchun Yapaloqqush va Boyo‘g‘lining bir-biriga quda bo‘lishi voqeasini keltiradi. Bu ikki quda to‘y bahonasi bilan mamlakatni xonavayron qiladi. Yozuvchi Ko‘rqush, Hudhud, Kulonkirsulton, Sho‘ranul, Malik Shohim va Kordonlarning bir-birlariga aytgan masallari, hikoyalari orqali asarning g‘oyaviy mazmunini ravshanlashtiradi.
Gulxaniy “Maymun bilan najjor” masalida hunar va hunar ahlini ulug‘laydi, qo‘lingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi bo‘lma, ko‘r-ko‘rona birovga taqlid qilib falokatga yo‘liqma, degan fikrni maymun qismati orqali ko‘rsatadi. Bu masal axloqiy tarbiyaviy mavzuda bo‘lib, ishning mohiyatini bilmay, pala-partish kirishuvchi va oxirida o‘zi sharmanda bo‘lib qoluvchi kishilarga o‘git-nasihat tarzida keltirilgan.
Mehnatkash xalqning og‘ir hayoti va mehnati, huquqsizligi va nochorligi, ayanchli qismati esa “Tuya bilan bo‘taloq”da badiiy tasvirlangan. Gulxaniy bu masalda Sarbon, Tuya va Bo‘taloq orqali xususan, o‘zi yashayotgan jamiyatdagi tengsizlikni, uning og‘ir mashaqqatlarini bayon qiladi. Chunki, xalq uchun “tirikchilik toshdan qattiq”, Sarbon o‘z g‘amida, tuya og‘ir yuk ostida, Bo‘taloq esa ona sutidan mahrum.
Gulxaniyning “Toshbaqa bilan chayon” masalida esa bir-biriga zid va qarama- qarshi ikki obraz berilgan: toshbaqa–aqlli, farosatli, safarlarda ko‘p yurib, ancha tajriba orttirgan, insofli, sodiq va qadrdon do‘st timsoli, chayon esa uning ziddi. U boshqalarga yomonlik qilishdan huzur qiladi, yaxshilikni bilmaydigan kimsalarning ramziy obrazidir.
Gulxaniy qissadan hissa chiqarib, kishilarni hushyorlikka odamoxunlikka undab: “Aslning xatosi bo‘lmas, nojinsning oshnosi bo‘lmas”, “Bo‘ynida illati borning oyog‘i qaltiraydi”,–degan maqollarni keltiradi.
“Zarbulmasal” majoz va masallar, xalqning jonli iboralari asosiga qurilgan asar. Undagi she’riy va nasriy matnlar turli badiiy san’atlar vositasida ta’sirchan ifoda etilgan.
“Zarbulmasal” ham “so‘z matosi qadim o‘tmishda to‘qilgani, ranginkamon rishtalari butun yer yuzini, go‘zal so‘z gilamlari bilan burkab chiqqan” yodgorliklarga monandligi jihatidan, nafaqat kattalar, balki bolalar ham zo‘r qiziqish bilan o‘qib kelayotganligi uning bolalar kitobxonligidagi muhim o‘rnini belgilaydi. Umuman, asarda zarb, zarblash usulidan foydalanilgani uchun nomi “Zarbulmasal” hisoblangan. Unda 400 dan ortiq maqol va iboralar singdirilgan. Asar tarkibida quyidagi masallar bor: “Toshbaqa bilan chayon”, “Tuya bilan bo‘taloq”, “Maymun bilan Najjor”, “Kabutar bilan zog‘”, “Yodgor po‘stindo‘z”, “Dumsiz eshak”, “Yolg‘onchi tuya”. Asardagi masallarning jami 15 dan ortiq.
“Zarbulmasal” xalq orasida “Yapaloqqush hikoyasi” ham deyiladi.
Download 115,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish