Guljamol asqarova she'riyatida ayol ruhiyatini ifodalovchi lug‘aviy birliklar va ularning semantik tasnifi annotatsiya


shodmon, shod, xushchaqchaq, masrur



Download 46,08 Kb.
bet2/3
Sana31.03.2022
Hajmi46,08 Kb.
#520553
1   2   3
Bog'liq
Guljamol Asqarova

shodmon, shod, xushchaqchaq, masrur kabilar. Xursandlik ifodalovchi bunday sifat leksemalar orasida xursand uslubiy jihatdan betaraf bo‘lib, dominant leksema
hisoblanadi. Bu so‘z og‘zaki va yozma nutqda, adabiy tilning turli vazifaviy
uslublarida keng qo‘llaniladi. Guljamol Asqarovaning she’riyatida xursandlik ifodalovchi leksik birliklar u qadar ko‘p emas. Shoiraning 2010 -yilda nashr etilgan “Turnalar yo‘li” she’riy to‘plamida dastlabki she’r “Baxtli qiz qo‘shig‘i” xursandlik ifodalovchi leksemalar qo‘llangan, she’r o‘z nomi bilan tamomila uyg‘un kelga:
Yursam to‘rt tarafim gulzor bo‘ladi,
Gullayman, har kunim bahor bo‘ladi,
So‘z aytsam ash’oru alyor bo‘ladi,
Men shu go‘zal yurtning baxtli qiziman!4
Shuningdek, to‘plangan misollar , xushhol, xushnud, xurram, quvnoq, shodmon, shod, xushchaqchaq kabi ko‘pgina sifat leksemalarning xursandlik ruhiy holatini turli darajada ifodalashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
2. Xafalik holatini ifodalovchi sifat leksemalar esa shoiraning she’rlarida ko‘p o‘rinlarda qo‘llanilgan. Guljamol Asqarova she’riyatining katta qismi maxzunlik, g‘amginlik, ayriliq, yolg‘izlik, dilgir, xafa, xomush, ma’yus, giryon, xunibiyron, diltang kabilar ma’nolarini bildiruvchi lug‘aviy birliklar asosiga mahorat bilan qurilgan: G‘amgin, dilgir yurganim ko‘rib,
Qo‘llaringdan tushsa kapgirlar.
Menu dilni qo‘shib xazonga
Supursalar farrosh kampirlar.
Shoira yana bir she’rida: Dayrovotni suv bosibdi-ku,
Otam diltang bo‘la boshlaydi.
Otam diltang bo‘lgani sari,
Yurakka dard to‘la boshlaydi
deya otasining xafagarchiligidan yuragiga dard to‘layotgani xususida yozg‘iradi. Shoira bu holat bilan qiz, ayol ruhiyatining otaga nisbatan mehr, ishonch vas hu kabi tuyg‘ularni his etishiga ishora qiladi. Ya’ni she’rda otasining xafagarchiligi qizga ko‘chishi, otasiga cheksiz mehri “Otamga” she’rining keyingi misralarida ham aks etgan.
Xafalik holatini ifodalovchi leksik-semantik guruhlar tarkibiga kiruvchi leksemalarning qo‘llanishida farqli holatlar ham ko‘zga tashlanadi. Jumladan, xafa, ga’mgin, xomush, dilgir kabi sifat leksemalarning belgini ifodalash darajasi bir xil bo‘lsa, g‘amgin, xomush, mahzun so‘zlari kishining yuz-ko‘zidan ifodalanib turadigan g‘amginlik holatini bildirishga xizmat qiladi:
Ayriliqning rangida ko‘nglim!
Mahzun, yana yomg‘irlar singgan,
O‘lganimda sariq gullarmas,
Qizil gullar keltiring menga.
G‘ash leksemasi esa ayolning ichki kechinmalari, ruhiy iztiroblari bilan bog‘liq holatni aks ettiradi. Shu leksik-semantik guruh tarkibiga kiruvchi ma’yus so‘zida belgi darajasi ancha kuchli bo‘lib, u ayolning umidsizlikka tushgan, tushkun holatini ifodalaydi: Bir ismni pichirlar ma’yus
Yomg‘irlarda cho‘milayotgan lab.
Borayapman, gul bahorimda,
O‘n sakkizta gulni qucho qlab.

Shunday qilib, sifat leksemalar o‘z semantik tabiatidan kelib chiqib, kishining turli ruhiy holatini ifodalashga xizmat qiladi hamda bunday sifatlar alohida leksik-semantik guruhlar qatorini tashkil etadi. Ular badiiy nutqda tasvirlanayotgan ayolning turli xil kayfiyatini (shodligini, quvonchini, g‘am-alamini), ichki kechinmalarini, ruhiy iztiroblarini aks ettirish va shu orqali kitobxonda ham turli emotsiyalarni hosil qilishda muhim uslubiy vositalardan biri sanaladi. Uslubiy qo‘llanishiga ko‘ra o‘zining siqiqligi bilan ajralib turuvchi sintetik shaklli sifat darajalari she’riyatda qo‘llansa, analitik shaklli sifatlar esa publitsistik, ilmiy nutq uslublarida ishlatiladi. Demak, Guljamol Asqarovaning she’riyatida sintetik shaklli sifat leksemalar ayol ruhiyatini yuzaga chiqarishda, kitobxonga o‘sha ruhiyatni “yuqtirish”da katta ahamiyat kasb etadi. Uchinchi guruh sifatlari g‘azabli holatni ifodalovchi sifatlar bo‘lib, shoiraning ayol ruhiyatida g‘azabni aks ettiruvchi o‘rinlari kam, u ayolni g‘azabnok emas, balki arazchi, xafa holatda tasvirlaydi. Har qanday ayol g‘azablansa, go‘zalligini,nafisligini yo‘qotishini shoira his qiladi va buni o‘quvchiga ham yetkazishga intiladi: Azal shundoq: topishmoq qiyin,


Abad shundoq: ajralmoq oson.
Men sen bilan xayrlashaman,
Endi yordam bermaydi osmon.
4. Tilimizda sog‘, sergak, hushyor, lol, mudroq, loqayd kabi sifat leksemalar
ham ruhiy holatni ifodalovchi leksik-semantik guruh qatorini tashkil etadi. Lekin
bu qatorni tashkil etuvchi leksemalar anglatgan ma’nosidan salbiylik yoki ijobiylik
semasi aks etmaydi.
Ruhiy holatni ifodalovchi sifatlarni nutqda qo‘llash orqali uslubiy ta’sirchanlik ortadi, badiiy tasvirda ifodaviylik ta’minlanadi. Guljamol Asqarovaning she’rlari milliy qadriyatlarni, kishi nafaqat kishi, ayol ruhiyatinining shodligi-yu xurramligini, g‘am-qayg‘usini tarannum etadi, o‘sib kelayotgan yosh avlodda vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘usini yanada kuchaytirib, istiqlolni va porloq kelajakni sharaflaydi.

Download 46,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish