|
|
|
|
“TASDIQLAYMAN”
Xiva tuman 17-son umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori
_____________ N.Xudayberganov
“25” dekabr 2020 yil
|
Xiva tuman 17-son umumiy o’rta ta’lim maktabi “___” sinf o‘quvchilari o‘rtasida bayram oldi xavfsizlikni ta’minlish, qishqi ta’til davrida yong’in, yo’l harakati va texnika havfsizligi qoidalariga amal qilishga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilish
B A YO N N O M A S I
25 dekabr 2020 yil “Chinobod” mahallasi
Raislik qiluvchi:
|
|
MMIBDO’ B. Jumaniyazova
|
|
|
|
Ishtirok etdilar:
|
|
Sinf rahbari ….., sinf o’quvchilari ---- nafar
|
KUN TARTIBIDAGI MASALA:
Pirotexnika vositalaridan foydalanishni – qat’iy ta’qiqlash.
Qishqi ta’til davrida yong’in, yo’l harakati va texnika havfsizligi qoidalariga amal qilish.
Eshitildi:
Xiva tuman 17-son umumiy o’rta ta’lim maktabida 2020 yil 25 dekabr kuni “___” sinfida bayram oldi xavfsizlikni ta’minlishga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishga MMIBDO’ B.Jumaniyazova qatnashdi.
Yig`ilishda “___” sinfning barcha o‘qituvchilari ishtirok etishdilar.
Yig`ilishni sinf rahbari ___________________ ochib berdi MMIBDO’ B. Jumaniyazovaga so’z berdi. U barcha o‘qituvchilar va o‘quvchilarni yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklab o‘tdi va shu bayram munosabati bilan bozorlarda har xil yo‘llar bilan sotuvga chiqariladigan pirotexnika vositalarini sotib olmaslik, uning salbiy oqibatlari haqida, yaqinlashib kelayotgan yangi yil bayramida biz xursandchilik qilishimiz, quvonchimizni yaqinlarimiz davrasida tinch omon o‘tkazishimiz lozimligini, har xil pirotexnik vositalardan foydalanamiz deb sog‘lig‘imizga zarar etkazib qo‘ymasligimiz to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
So‘ng sinf rahbari so‘zga chiqib kun tartibidagi ikkinchi masala qishqi ta’til davrida yong’in, yo’l harakati va texnika havfsizligi qoidalariga amal qilish bo’yicha tushuntirishlar berdi. Ta’til davrida behuda ko’ch kuyda yurmaslik, bazmlar uyushtirmaslik, yo’l harakati qoidalariga to’liq amal qilish, ota-onalarining ruxsatisiz kechki paytlarda ko’chaga chiqmaslik, elektr jihoylarida to’g’ri foydalanish, yong’in keltirib chiqaruvchi vositalarni ishlatmaslik bo’yicha ko’rsatmalar berib o’tdi. Ta’til paytini mazmunli o’tkazish maqsadida ko’proq kitoblar o’qish, televideniyada beriladigan yoshiga mos dasturlarni tomosha qilish, maktabda tashkil etilgan sport va fan to’garaklariga qatnashni tavsiya qildi.
Yuqorida bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib yig‘ilish
QAROR QILADI:
1. Xiva tuman 17-son umumiy o’rta ta’lim maktabi MMIBDO’ B. Jumaniyazova va sinf rahbari ______________ larning axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘quvchilar o‘rtasida pirotexnika vositalarini sotib olishni qat’iyan ta’qiqlash va nazoratga olinsin.
3. Qishqi ta’til davrida pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik, yong’in, yo’l harakati va texnika havfsizligi qoidalariga amal qilishni o’quvchilarning ota-onalari bilan birgalikda nazoratga olish tashkil etilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash vazifasi MMIBDO‘ B.Jumaniyazova va sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin.
MMIBDO‘: B. Jumaniyazova
Sinf rahbari:
Do'stlaringiz bilan baham: |