5-semestr uchun
“Til tarixi” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:
5120101-filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
T/R
|
Mavzular nomi
|
Jami
soat
|
Ma’ruza
|
Amaliy
|
seminar
|
Mustaqil ta’lim
|
1
|
«O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari
|
4
|
2
|
|
|
2
|
2
|
Morfologiya. Mustaqil so‘z turkumlari
|
18
|
2
|
2
|
6
|
12
|
3
|
Morfologiya. Yordamchi so‘z turkumlari
|
14
|
2
|
2
|
2
|
8
|
4
|
Sintaksis. So‘z birikmalari
|
8
|
2
|
2
|
2
|
2
|
5
|
Sintaksis. Gap bo‘laklari.
|
10
|
2
|
2
|
2
|
4
|
6
|
Sintaksis. Sodda gap turlari.
|
8
|
2
|
2
|
|
2
|
7
|
Sintaksis. Qo‘shma gap.
|
8
|
2
|
2
|
|
2
|
|
Jami:
|
70
|
14
|
12
|
12
|
32
|
Asosiy qism
Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltirilgan. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib berilgan. Mavzu bo‘yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinadi.
Asosiy qismda mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgrishlar, huquqiy va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab olish ko‘zda tutilgan hamda fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlariga e’tibor qaratilgan.
Ma’ruza mashg‘ulotlari
«O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. O‘zbek xalqi va tili tarixi, uning o‘rganilish darajasi. Turkiy tillar va ularning tasnifi. O‘zbek xalqi va tilining shakllanishi. O‘zbek tili tarixini davrlashtirish masalasi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim, Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Pog‘ona, qadamba-qadam metodi, Venn diagrammasi, T-sxemasi, zig-zag usuli, munozara, BBB, Insert, bumerang, 3x3 usuli, baliq skeleti, 4x4 usuli, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, klaster, blits-so‘rov, fikrlash xaritasi, charxpalak, B.B.B jadvali, kichik guruhlarda ishlash metodlari.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; A6; A7; A8;Q12; Q13; Q14; Q15; Q16; Q17; Q34.
Morfologiya. Eski o‘zbek adabiy tili morfologik strukturasining taraqqiyot bosqichlari. Mustaqil so‘z turkumlari.
Ot. Otning grammatik kategoriyalari: ko‘plik, egalik va kelishik. Ko‘plik shakli yasovchi affikslar. Egalik shakllarining yasalishi. Egalik munosabatlarining ifodalanish usullari. Kelishik shakllari va ularning yasalishi. Kelishiklarning asosiy sintaktik funksiyasi. Ot yasalishi: affiksatsiya (morfologik usul), kompozitsiya (sintaktik usul).
Sifat. Asliy va nisbiy sifatlar. Sifat yasalishi. Sifat darajalari.
Son. Son turlari, ularning ifodalanishi va shakllari. Sanoq sonning sodda, tarkibli turlari. Noaniq son. Tartib son va uning yasalishi. Jamlovchi son yasovchi affikslar. Dona son, numerativ so‘zlar, chama son va ularning hosil qilinishi. Taqsim sonning yasalishi. Kasr son va uning sintaktik usul bilan ifodalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |