Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet315/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

5-ilova
Son so’z turkumi
Dona sonlar. XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda dona sonlar ifodalovchi formalar kam rivojlangan, dona sonlar funkstiyasini turli son formalari bajargan. Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub», «Sab’ai sayyor», Muhammad Solihning «SHayboniynoma» asarlarida bir, ikki sanoq soniga –affiksi qo’shilib dona son hosil bo’lgan: birtә yarmag’ ikki bөlüb (Navoiy MQ); birtә өtmәkni iki bөlüb (Navoiy MQ).
XV—XIX asrlarga oid yozma manbalarda sanoq sonlar dona sonlar ma’nosida qo’llangan: Y e t i ag’zï anïң otlar sachïb (Navoiy HA).
Numerativ so’zlar. Numerativ so’zlar XV—XIX asr yozma manbalari tilida ham deyarli sanoq sonlar bilan qo’llangan, bu davr yozma manbalari tilida numerativ so’zlarni qo’llash qadimgi turkiy hamda XI—XIV asr yozma manbalari tiliga nisbatan kengaygan. Eski o’zbek tilida Numerativ so’zlar sanoq son bilan aniqlanayotgan so’zlar orasida qo’llanib, aniqlanmish so’zga nisbatan qo’shimcha aniqlik darajasini oshirgan va ular ulush, miqdor, hajm, vosita birligi, masofa, to’da, o’lchov birligi, guruh, dona kabi qator ma’nolarni anglatgan.


Tartib sonlar. -ьnchï,-inchi,-unchï,-unchi,-nchï,-nchi affiksi variantlari asosida hosil qilingan. Yigirmi birinchi fasl (Navoiy MQ); birinchi maqalat (Navoiy HA).
-lanchï (la-\-nchï),-lәnchi(lә-\-nchi) affiksi Alisher Navoiyning «Mahbubul qulub» asarida uchraydi, XVII asrdan boshlab -lanchï, -lәnchi affiksi orqali tartib son hosil qilish kengaygan: altïlanchï fasl (MQ), sekizlәnchi fasl (MQ), yetilәnchi arqada (SH tar.), beshlәnchi oqlï (SH. tar).
Avval so’zi birinchi tartib soni ma’nosida qo’llangan: Ul avval qïldï Gul vasfïnï āg’āz (Lutfiy ), Avval ayag’ïg’a tüshüb pәst bol (Navoiy HA).
«Devonu lug’otit turk» yozma obidasida tartib sonlar asosan -nch, -ïnch, -inch, -unch, -ünch hamda -ndi affikslari bilan ifodalangan.
Jamlovchi sonlar. Jamlovchi sonlar o’ziga xos xususiyatlarga ega, shuningdek, jamlovchi sonlarda umumturkiy tillarga xos belgilar ham mavjud. Jamlovchi sonlar sanoq sonlarga -av,-әv,-la,-lә,-ala,-әlә,-avla,-әvlә,-avlan,-әvlәn, ba’zan -lay, -lәy; -ag’u, -әgü affikslari qo’shilishi orqali ifodalangan.
-ag’u,-әgü/ әgün affiksi orqali jamlovchi sonlar hosil qilish XIV asr yodgorliklarida faolroqdir: Bir anchalarï aydïlarkim, beshәgü tarur, altïnchï it birlә (Taf.). Ular yetәgü, men yalg’uz (Rabg’.), ...üchәgüsi tün sarïg’a bardïlar (O’N). Ikәgün namāz qïlalïm (Taf.).


-av/-әv(-әvlәn) affiksi orqali jamlovchi sonlar yasalishi XV—XIX asrlar yozma obidalarida xarakterli bo’lgan: ikәv (Navoiy SS); uchәv (Navoiy FSH); cherikdә bir ikәv (SHN); SHul ārzu: ikәvlәn qïlsun ekәn tamāshā (Furqat).
-lәy(-lәgü/-layu/-lәy) affiksi «Sab’ai Sayyor», «Boburnoma» asarlarida ayrim o’rinlarda iki soniga qo’shilib, jamlovchi sonlar yasagan: bәribәn ul nuqudnï ikәlәy (Navoiy SS); ikәlәy qorg’an yavïg’ïg’ә (BN).
-ala,-әlә affiksi Navoiy, Bobur asarlarida sanoq sonlarga qo’shilib jamlovchi sonlar yasagan: tөrtәlәsi( Navoiy MN), bu uchәlәsi (BN).
-(ә)vlәn (әgülәn}әvlәn) affiksi ba’zi sanoq sonlarga qo’shilib jamlovchi sonlar yasagan: ikәvlәn qachtïlar (Lutfiy).
Chama sonlar. XV— XIX asrlarda bitilgan yozma manbalarda chama sonlar analitik, sintaktik usullar bilan hosil qilingan.
-cha, -chә affiksi sanoq sonlarga qo’shilib, chama sonlar hosil qilingan: yuz iki yuzchә kishi (Navoiy HA); yana besh mïңcha kishi (SHN). Sonlarni juftlash orqali ham hosil bo’lgan; kichik sonlar oldin, katta sonlar keyin qo’llangan: yuz-yuz elik өzbәkni kishisi bilәn (BN); tөrt-besh mïң kishi birlә (SHN).

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish