Tayanch tushunchalar:
Alisher Navoiy - o’zbek adabiy tilining asoschisi.
«Turkiy», «turkcha» - Navoiy asarlarida qo’llangan atamalar.
«Majolisun-nafois», «Mezonul-avzon» - Navoiyning adabiyotshunoslikka oid asarlari.
SHarqiy Turkistonning til xususiyatlari – shoir asarlri tilidagi arxaik unsurlar.
6-ilova
O’tilganlarni takrorlash. YOzma yodgorliklar tilini tahlil qilishga tayyorlanish. YOdnomalar tili bo’yicha izlanishlar olib borgan olimlarning tadqiqotlari bilan tanishish. Konspektlashtirish.
Ma’ruza matni bilan tanishish topshiriladi.
Reja:
1. O’zbek adabiy tilining mumtoz davridagi tarixiy sharoit.
2. Alisher Navoiy o’zbek tilining asoschisi.
3. Alisher Navoiyning asarlarida o’zbek tili me’yorlarining belgilanishi.
4. Alisher Navoiyning asarlarida «turkiy», «turkcha» atamalarining qo’llanishi va ma’nolari.
A.Navoiy zamonasidagi badiiy adabiyotning turli janrlarida ijod etgan va shu sohalarda original asarlar yaratgan buyuk so’z san’atkoridir. Navoiy o’z asarlari orqali sermazmun maktab yaratgan buyuk iste’dod egasidir. Navoiy Husayn Bayqaro saroyida ish ko’rgan adabiyot jamiyatining tashkilotchisi va ustozi edi. SHu jamiyatdan o’z atrofiga zamondosh shoir va yozuvchilarni to’plab ular bilan fors-tojik va turk-o’zbek shoirlarining ijodlari haqida, adabiyotning turli masalalari to’grisida, til va uslub haqida sermazmun va jozibali suhbatlar olib borar edi. Bu suhbatlar Navoiyning aytishicha, jonli munozaralarga aylanib ketar edi. Bundan esa Navoiy har choq xursand va mamnun bo’lgan. Navoiy zamondosh shoir, yozuvchilarning buyuk homiysi va ustozi edi. SHoir va yozuvchilarning shaxsiy munozaraviy suhbatlarida biror chigil masala tug’ilib qolgudek bo’lsa hamda o’rtada hal qilinmasa, shu masalani uzil-kesil hal qilish uchun suhbatdoshlar Alisher Navoiyga murojaat kilardilar. Ular Navoiyning tiyran fikridan har doim o’zlariga kerakli fikrlarni topa olar edilar. Deyarli 40 yil davomida olib borilgan shu suhbatlar turk-o’zbek badiiy adabiyotida to’plangan boy tajriba, adabiyotning turli janrlarida to’plangan o’zining shaxsiy tajribalari keyinchalik «Xamsa», «Xazoyinul maoniy», «Mezon-ul avzon», «Majolis-un-nafois», «Muhokamat-ul-lug’atayin», kabi asarlarni yozish uchun Navoiyga asos bo’lgandir. SHu yuqorida ko’rsatilgan asarlarning yozilishi uchun bo’lgan boshqa sabablar Navoiy yashagan va ijod etgan davrdagi tarixiy sharoitlar bilan bog’likdir. Bir vaqtlar shuhrat qozongan va qo’shni davlatlarga ko’rqinch tug’dirib kelgan temuriylar davlati Navoiy ko’z oldida inqirozga yuz tuga boshladi. Temuriylar o’rtasidagi uzluksiz kurashlar davlatning harbiy- iqtisodiy qudratini zaiflashtirib yuborgan edi. Adabiyotda va adabiy tilda etakchilik xamon traditsion forsigo’y shoirlar ko’lida edi.69 Maktab va madrasalarda arab va fors tili o’rganilib, ular bilan birga fors poeziyasi haqida ma’lumot olinar edi. O’zbeklar orasidan chiqqan shoirlar o’zlarining dastlabki asarlarini ona tilida emas, balki fors tilida yozar edilar. Fors tili esa asrlar mobaynida fors tilida yozgan so’z ustalari tarafidan ishlanib, sayqal berib kelingan til edi. SHuning uchun ham fors poeziyasida tarbiyalangan turk-o’zbek shoirlari uchun o’z ona tilida yozishdan ko’ra badiiy jihatdan ishlangan fors tilida yozish oson edi. Bunga odatlanib qolgan ko’pgina turk-o’zbek shoirlari o’z asarlarini forsiy til bilan yozib kelgan. Alisher Navoiy «Majolis-un-nafois» asarida 459 ta shoir haqida ma’lumot berib, shundan 2-majlisda 91 shoirdan 16 ta shoirning turk-o’zbek tilida, 3-majlisda 175 ta shoirdan faqat 3 tasigina turkigo’y ekanligini aytadi. SHu keltirilgan ma’lumotdan ham ko’rinib turibdiki, o’zbeklar ichidan etishib chiqqan so’z ustalari o’z ona tilida asar yozishga kam e’tibor berganlar. Bu hol siyosiy jihatdan ham temuriylar davlatiga ma’lum darajada putur egkazar edi. SHunday sharoitda o’zbek tilini mensimas, uning burdini tushirishga, bu til avom tili, dag’al til, ilmiy va badiiy tushunchalarni ifoda qilish kudratiga ega bo’lmagan til, degan fikrlar ilgari surilar edi.
O‘zbek adabiy tili tarixida XV asrning ikkinchi yarmi bevosita o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning ijodiy-ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati bilan bog‘liqdir. Navoiy ijodida, uning barcha asarlarida adabiytilning yagona umumxalq me'yorlari, umumiy qoidalari to‘la shakllandi va qat'iy tarzda belgilandi. Tildagi barcha mantiqiy-uslubiy va ijtimoiy-tarixiy qatlamlar umumxalq xususiyatiga ega bo‘lib bordi, yagona bir butunlikka birlashdi.
Shuni qayd qilish kerakki, bu davr adabiy tili faqat Navoiyning adabiy-ilmiy va ijtimoiy faoliyati bilangina emas, balki Navoiyning o‘tmishdoshlari, zamondoshlari va izdoshlari faoliyati bilan ham uzviy ravishda bog‘langan.
Alisher Navoiy tili o‘z tarixiy-tadrijiy rivojlanishi jihatidan ham, uslubiy boyligi va rang-barangligi tomonidan ham juda murakkab hodisadir. Uning asarlarida faqat Navoiyning o‘ziga xos xususiy til hodisalari, individual ijodiy xususiyatlarigina aks etib qolgan emas. Balki shu bilan birga, u o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan keng foydalangan holda o‘z davri adabiy tili va adabiyotining xilma-xil adabiy uslublarini ham ishlab chiqdi.
U o‘zining ajoyib nazm durdonalarini, yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan “Xazoyin-ul maoniy”, “Xamsa” kabi asarlarini ona tilida yozish orqali turk-o‘zbek tilining qudratini, uning boy tasviriy vosita va imkoniyatlarga ega ekanligini, to‘liq ma'noda badiiy adabiyot tili ekanligini amaliy tarzda isbotlab berdi. Navoiy o‘z adabiy-badiiy asarlarini yaratish jarayonida juda muhim va murakkab ikki vazifani – o‘zbek adabiy tilini yuksak darajada rivojlantirish va takomillashtirish, uning hozirgi o‘zbek adabiy tiliga xos adabiy-uslubiy me'yorlarini ishlab chiqish hamda tom ma'nodagi o‘zbek adabiyotini yaratish, undan xalq ommasini bahramand qilish vazivalarini amalga oshirdi.
Turk o‘zbek adabiy tilini ijtimoiy-siyosiy jihatdan himoya qilish – Navoiyning ona tili uchun, uning davlat tili bo‘lishi uchun olib borgan kurashining ikkinchi yo‘nalishini tashkil qiladi.
Ulug‘ mutafakkir olim Alisher Navoiyning ona tili boyligi va mustaqilligi uchun olib borgan kurashining yana bir muhim tomoni uning til haqidagi ilmiy-nazariy kurashlari hisoblanadi. U yetuk tilshunos olim sifatida o‘zining mashhur “Muhokamat-ul lug‘atayn” asarini yozdi. Bu kitobida o‘zining o‘zbek adabiy tilini asoslash, o‘zbek adabiyotini yaratish, uni rivojlantirish sohalarida olib borgan kurashini ko‘p yillik mehnatlari va boy tajribalarini umumlashtirdi, chuqur ilmiy-nazariy xulosalar chiqardi. U o‘ziga xos g‘oyaviy teranlik bilan aniq va mukammal til vositalari asosida o‘z davridagi adabiy til va badiiy adabiyotning xilma-xil uslublarini ishlab chiqdi. O‘ziga qadar maydonga kelgan o‘zbek xalq badiiy eng yaxshi uslubiy yutuqlarini o‘z tiliga singdirib oldi, o‘zbek xalq mumtoz she'riyatining turlicha uslub va janrlarida ijod qildi, asarlar yozdi, uni yangi uslubiy vositalar bilan boyitdi va shu asosda o‘zbek adabiy tili uslubiyatini ishlab chiqdi.
Navoiyning ona tili uchun olib borgan kurashlari osonlikcha kechmadi. Bu yo‘lda u katta qiyinchiliklarga, zodagonlar, bek-amaldorlarning qarshiligiga, o‘z xalqi orasidan chiqqan forsiyparast shoir-yozuvchilarning ta'na-malomatlariga duch keldi. Ammo Navoiy o‘zining haqligiga, o‘zi olib borayotgan ishning muqaddas va murakkab ekanligiga to‘la ishonar edi. Bu ish o‘z xalqining tarixi va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan katta davlat, umumxalq ahamiyatiga molik ish ekanligini yaxshi bilar edi. Uning orzusi o‘z xalqining tilini yuksak darajada rivojlantirish, uning istiqbolini, kelgusi taraqqiyot yo‘lini belgilash, o‘z xalqi uchun hamma sohalarda fors-tojik tilidagidek rivojlangan katta adabiyot yaryatish, uni badiiy ijodning eng yaxshi durdonalaridan bahramand qilishdan iborat edi. Darhaqiqat, Navoiy o‘z orzusi, o‘z kurashi yo‘lidagi barcha ziddiyat va mone'liklarni yengib o‘tdi va ajoyib natijalarga erishdi. U o‘z ona tilini har xil ta'na-malomatlardan batamom xalos qildi, uning salohiyatini, go‘zalligini rad etib bo‘lmas dalillar asosida isbotladi, uni taraqqiy ettirdi. O‘zbek adabiyotini fors-tojik tilida yozilgan asarlar bilan musobaqa qila oladigan bebaho asarlar bilan boyitdi.70
O‘zbek adabiy tili, o‘zbek adabiyotini rivojlantirish sohasida o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni yuksak darajada ado etgan Alisher Navoiy o‘z xalqi uchun, uning madaniyati uchun va umuman kelgusi avlodlar uchun katta sharafli ishlarni amalga oshirdi, bu bilan faxrlanib:
Ona tili uchun tolmas kurashchi Alisher Navoiyning bu sohadagi buyuk xizmatlarini ulug‘ olim va yozuvchilar – Dyu Belli
( XVI asr), italiyalik Dante (XVIII-XIX asr ) hamda buyuk rus olimi M.V.Lomonosov xizmatlari bilan tenglashtirish mumkin. Bu yozuvchi va olimlar ham o‘rta asrlarda adabiy til sifatida lotin va eski cherkov-slavyan tillari qo‘llangan davrlarda o‘z ona tillarining ravnvqi uchun, ulurning tillar sifatida qo‘llanishi uchun kurashgan ajoyib vatanparvarlar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |