Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o


Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar



Download 1,33 Mb.
bet80/153
Sana15.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#919322
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   153
Bog'liq
Hozirgi o’zbek adabiy tili darslarida so’z turkumlarining uslubiy hususiyatlarini o’qitishning nazariy va metodik asoslari

Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:

1. Ko’plik va kelishik kategoriyalarining uslubiy xususiyatlari.


2. Otlarda egalik kategoriyasi, modallik va ularning uslubiy xususiyatlari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar:
Ko’plik kategoriyasi. Kelishik kategoriyasi. Sub’ektiv baho shakllari. Ot yasovchi qo’shimchalar uslubiyati. Uslubiy qo’llanish. Egalik kategoriyasi. Uslubiy xususiyat.
Mavzuga oid muammolar:
1.-lar ko’plik qo’shimchasining fe’l, ravish, olmoshlarga qo’shilib qanday ma’no bildirib keladi?
2. Ko’plik qo’shimchasining so’zlashuv, ilmiy, publitsistik uslublarda qo’llanishi natijasida qanday muammolar yuzaga keladi?
1-savol bo’yicha dars maqsadi:
Talabalarda ot so’z turkumining uslubiyati haqida tushuncha hosil qilish.Ko’plik qo’shimchasi –larning ma’no nozikligi haqida tasavvur hosil qilish. Kelishik qo’shimchalarining turli shaklda kelishini izohlash.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. –lar ko’plik qo’shimchasining hurmat, kinoya, kuchaytirish ma’nolari borligini anglab etadi.
1.2. Kelishik qo’shimchalarining belgili va belgisiz natijasida ayrim uslubiy nozikliklarni keltirib chiqarishini anglay oladi.
1.3. Kelishik qo’shimchalarini ko’makchilar bilan ma’nodoshligi holatlarini tushunib etadi.
1.4. Kelishik qo’shimchalarining qo’shimcha ma’no anglatishi holatlarini o’rganadi.
1- savolning bayoni:
Ot so’z turkumining uslubiy xususiyatlari, eng avvalo, ulardagi ko’plik, egalik, kelishik kategoriyalari va modal shakllarida ko’rinadi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida bu kategoriyalar ba’zi bir ko’rsatkichlari eskirgan, muomalada eskirganlari o’rnida yangi shakllarning qo’llanishi natijasida turli xil parallellar, variantlar maydonga kelgan. Bu variantlar o’rni bilan o’zaro sinonim sifatida qo’llanishi mumkin.
O’zbek tilida birdan ortiqlik–ko’plik ma’nosi morfologik, leksik va uslubiy yo’llar bilan ifodalanadi.
Ba’zi so’zlar hech qanday morfologik ko’rsatkichsiz, boshqa miqdor bildiruvchi so’zlar bilan birgalikda kelmagan holda, ham o’z leksik ma’nosi bilan ko’plik tushunchasini ifodalaydi: xalq, el, qo’shin, poda, armiya kabi. Bu so’zlarda jamlik ma’nosi kuchli. Bu ham uning leksik ma’nosidan sezilib turadi. Bu jihatdan ko’pchilik, ozchilik kabi so’zlar ham shu ma’noga yaqinlashadi. Ammo bu so’zlar grammatik jihatdan shakllangan jamlikni ko’rsatad: Yo’lchi chetroqda bir oz qarab, so’ng olomon ichiga kirdi.
Ba’zan so’z grammatik jihatdan birlik shaklida bo’ladi-yu, ammo u kontekst bilan bog’liq ravishda ko’plikni ifodalaydi: U o’z uyiga ketdi. Bolalar o’z uylariga ketdilar. Birinchi galda o’z so’zi birlikda, ikkinchi gapda o’z so’zi esa bolalarning ko’pligini anglatadi. Shuning uchun u logik jihatdan ko’plikda deb qaraladi va Bolalar o’zlarining uylariga ketdilar tarzida tushuniladi.
Hozirgi o’zbek tilida ko’plik tushunchasi sintaktik yo’l bilan ham ifodalanadi. Bunday shakl ko’plik qo’shimchasini olgan sintetik shakl bilan sinonimik munosabatga kirishi mumkin. Qiyoslang: o’nta daftarG’G’daftarlar, beshta qalamG’G’ qalamlar kabi. Bu juftlar buyumning konkret sonini va noaniq ko’plikni ko’rsatishi bilan bir-biridan farqlanadi.
Ba’zan bu turdagi birikmalar oxirida –lar qo’shimchasi ham qo’shilib keladi: ko’p bolalar, yuzta kemalar kabi. Bunday qo’llash uslubiy nuqtai nazardan xato hisoblanadi. Chunki ot oldidagi so’z shu predmetning ko’pligini anglatadi. Shuning uchun –lar qo’shimchasini ishlatish ortiqcha, o’rinsizdir.
-lar hozirgi o’zbek tilida ko’plikni ko’rsatuvchi asosiy morfologik ko’rsatkichdir.
-lar qo’shimchasining asosiy vazifasi narsa-buyumlarning birdan ortiqligini ko’rsatishdir. O’zi uchun tipik bo’lmagan konstruktsiyalarda boshqa ma’no nozikliklarini ifodalashi uning uslubiy xususiyati, funktsiyasidir.
-lar qo’shimchasi buyumlarning birdan ortiqligini ko’rsatishdan tashqarii, yana quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:
1. Hurmat ma’nosi. –lar gapning kesimiga qo’shilib kelganda, birlikdagi ega orqali ifodalangan shaxsga nsbatan hurmat ma’nosi anglashiladi: Pochcham, rahmatlik, soatni so’fi deganlari bilan namoz o’qimas edilar.
Bu ma’no (hurmat ma’nosi), ayniqsa, kesim bor va yo’q so’zlari bilan ifodalanganda yaqqol seziladi: O’g’illari Halimjon bormilar? – Borlar, kiravering!-dedi Xotin va yurib ichkari hovliga kirib ketganini eshitdim. (J.Ikromiy).
Ba’zan badiiy adabiyotda, og’zaki nutqda –lar qo’shimchasi otlarga ham qo’shilib hurmat ma’nosini ifodalaydi. Bu ayrim ilmiy asarlarda ham o’zbek adabiy tilining me’yori sifatida talqin qilinadi. Aslida esa hurmat ma’nosini ifodalash uchun ko’plik qo’shimchasini fe’llarga qo’shib ishlatish ma’qul.


  1. Download 1,33 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish