Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o


Mavzuga oid asosiy muammolar



Download 1,33 Mb.
bet46/153
Sana15.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#919322
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   153
Bog'liq
Hozirgi o’zbek adabiy tili darslarida so’z turkumlarining uslubiy hususiyatlarini o’qitishning nazariy va metodik asoslari

Mavzuga oid asosiy muammolar:

  • Ilmiy uslubdagi obrazlilik bilan badiiy uslubdagi obrazlilik orasida qanday farq bor?

  • Ilmiy-ommabop asarlarda raqamlardan foydalansa bo’ladimi?

  • Mantiiqiy bog’liqlik ilmiy uslubda asosiy rol o’ynaydi boshqa uslublarda-chi?.

  • Aniq va xolis ilmiy axborot berish muammosi.

  • Terminologik leksika muammolari.

  • Ilmiy uslubdagi obrazlilik bilan badiiy uslubdagi obrazlilik orasida qanday farq bor.



1-savol bo’yicha o’qituvchining asosiy maqsadi:

    • Ilmiy uslubning mohiyatini ochib berish. Ilmiy-ommabop asarlar haqida tushuncha berish.Ilmiy uslubda dalillarning aniqligi, mantiiqiyligi, izchilligini tushuntirish. Ilmiy uslubga mansub materiallar mazmuni



Identiv o’quv maqsadlari:

  • Ilmiy uslubga mansub materiallar mazmunini izohlaydi.

  • Ilmiy uslubdagi obrazlilikni tushuntira oladi.



1-asosiy savolning bayoni:
Voqelikka munosabatning va uning tadqiqini mantiiqan dalillangan, grammatik shakllangan, adabiy me’yor asosida tuzilgan jumlalarda ifodalab berish ilmiy uslubning mohiyatini tashkil etadi.
Ilmiy uslubning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu uslubda fikrlar mantiqiy jihatdan aniq bir ma’noli bo’lishi lozim. Ilmiy uslubda fikrlar faqat tushunchalarni ifodalaydi. Bu tushunchalarning ifodasi muhokama, munozara va xulosalar shaklida bo’lib, ular qat’iy mantiqiy izchillikka asoslangan bo’ladi. Bu uslubda mantiqiylik eng asosiy belgi bo’lsa-da, fikr qat’iy dalillanishi kerak. Tahlil va sintez bir-biridan ajralmagan holda qo’llanadi, biri ikkinchisini keltirib chiqaradi. Shu orqali qonuniyatlar ochiladi. Mana shu qonuniyatlar ochilishi jarayonida tafakkurning umumiy, mavhum bo’lishi ko’rinadi.
Shu narsani farqlash lozimki, ilmiy uslubda bir tomondan, ilmiy fikrlash xususiyati mavjud. Ikkinchi tomondan, uni ilmiy uslubda ifodalash. Ilmiy uslubda fikr berilayotganda, ya’ni yozilayotganda, uning tadqiqot bosqichi bilan birga shakllantirish masalasi ham hisobga olinadi. Bunda isbotlash usullari, lo’ndalik darajasi, oddiy tasvir yoki muhokama ekanligi, ommalashtirish darajasi nazarda tutiladi. Shuning uchun ham ichki va tashqi nutqni bir narsa deb bo’lmaydi. Lekin ular orasida katta farq ham yo’q. Ular bir-birini to’ldirib, biri ikkinchisi uchun zamin bo’ladi. Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, tafakkurning uzil-kesil ifodasi tashqi nutqda bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ilmiy uslubning muhim xususiyati deb shuni ko’rsatish lozimki, ilmiy bayon umumiy va mavhum bo’lib, mantiqiylik yaqqol sezilib turadi. Bundan ikkinchi xususiyat kelib chiqadi, ya’ni bu uslubda qo’llanadigan til birliklarining ishlatilish darajasi va uslubga xos bo’yog’idir. Ilmiy uslubning tipik bo’lgan xususiyatlari quyidagicha;

  1. Terminlarning qo’llanishi.

  2. Bir ma’nolilik.

  3. Obrazlilikning deyarli bo’lmasligi.

  4. Yashirin emotsionallik.

  5. Bayonning ob’ektivligi.

  6. Bayonning quruq va qat’iyligi.

Ilmiy uslubda fanning turli sohalariga oid ramziy belgilar, raqamlar, jadvallar, turli chizmalar va rasmlar qo’llanishi mumkin. Masalan, kimyo fani bo’yicha turli formulalar: Mg- magniy, Cl- xlor, N2QOqN2O ishlatiladi.
Yuqorida ko’rsatilgan belgilar muallifning uslubiga, ilmiy uslubning mavzusiga, uni bayon qilish muhitiga bog’liq holda namoyon bo’ladi.
Ilmiy uslubda emotsionallik va uslubiy bo’yoqning bo’lishi fan sohalariga bog’liq. Adabiyotshunoslik va tilshunoslik fanlarida bunday xususiyat mavjud. Tabiiy fanlarda bu nisbata kamroq uchraydi. Masalan, dengiz marjonlari , patsimon bulutlar, somon yo’li(yulduzlarga nisbatan), vulqon chambaragi, marjon qirg’oq, oy o’tovi, oq tuproq, qora tuproq, qizil tuproq, sariq tuproq, qush bozorlari, uchar yulduz, dumli yulduz, geografik burun kabilar.
Butun dunyoga mashhur bo’lgan fizik olim Albert Eynshteyn “Fizika va reallik” degan maqolasida “men tushunchaning hissiy idrokdan mantiqan mustaqil ekanligini tan olmayman” degan edi. U ilmiy tushuntirishda hajv, hazil, askiya, qiziq o’xshatishlar qo’shib yuborardi. (R. Bekjonov. Albert Eynshteyn, “Fan”, Toshkent, 1966 ) Albatta, ilmiy va badiiy uslublardagi obrazlilik farqlanadi. Ilmiy uslubda yuqorida keltiririlgan obrazli nomlar atash vazifasini, badiiy adabiyotda estetik ta’sir ko’rsatish vaifasini bajaradi. Ko’rinadiki, ilmiy texnik bayon ilmiy matematik bayondan yoki qat’iy ilmiy bayon ilmiy ommabop bayondan farqlanadi. Masalan, ilmiy ommabop uslubda yozilgan biror fanga oid kitob, maqola yoki ma’ruzalar shu fan bilan tanish bo’lmagan kishilarga tushunarli tarzda bayon etiladi. Fikr jonli va qiziqarli shaklda ifodalaniladi. Ilmiy terminlar kam ishlatiladi. Mavhum ma’noli jumlalar va formulalar o’rniga tasviriy materiallar qo’llaniladi. Ba’zan obrazli va emotsional ifodalardan foydalaniladi. Shunga qaramay ular ilmiy Uslub tushunchasining bir butunligiga, yaxlitligiga putur etkazmaydi


Ilmiy uslubning leksik xususiyatlari
Ilmiy Uslub ilmiy terminologiya bilan bog’liq. Shuning uchun terminlar ilmiy uslubning leksikasini tashkil qiladi. Albatta, har qanday ilmiy asarda faqat termin qo’llanmaydi. Unda mavhum so’zlar, ko’p ma’nolilikka ega bo’lgan umumxalq so’zlari ham qo’llanadi.
Bu uslubda har bir so’z umumiy tushunchani yoki mavhum narsani ifodalaydi. Masalan, ilmiy uslubda yozilgan quyidagi parchani tahlil qilaylik: Til so’ziga tilshunoslikda turlicha ma’no beriladi. Keng ma’noda til deganda xotirada mavjud ijtimoiy boylik ham,bu boylikdan foydalanish jarayoni ham, shu jarayon natijasida yuzaga keladigan matn(nutq) ham tushuniladi.Til deganda asli xotirada saqlanuvchi ijtimoiy boylikni, nutq hosil etish uchun xizmat qiladigan hodisalarni, shulardan foydalanish qoidalarini tushunish to’g’ri bo’lib,bunda til bilan nutq o’zaro chegeralanadi, tilga mansub birliklarni til birligi deb,nutqning o’zida tuziladigan birliklarni nutq birligi deb farqlash mumkin.(U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh. Rahmatullaev.Hozirgi o’zbek adabiy tili,Toshkent,1992,50-b.)
Bu parchadagi til, so’z, nutq, matn, ijtimoiy boylik, hodisa, qoida, birlik kabilar ko’p ma’nolidir va ular umumiy tushunchani ifodalaydi.
Yangiliklar siyosiy, iqtisodiy- moliyaviy, ta’lim, ilmiy, sport, xuquqiy, xarbiy, ekologiya va boshqa turlarga bo’linadi. Ular matbuot nashrlari sahifalarida, tele va radio dasturlarida o’z o’rniga ega. Gazetalarda avval siyosiy yoki shov-shuvga sabab bo’ladigan yangiliklar berailadi. Iqtisodiy va boshqa yangiliklar keyingi sahifalardan doimiy o’rin egallaydi. Tele, radio yangiliklar dasturlarida ham ketma-ketlik shu tartibda ketadi.
Gazetalardagi yangiliklar ruknida yoki teleradioning yangiliklar dasturlarida birinchi shrinda siyosiy mavzudagi yangiliklar beriladi.(Xalim Saidov. Yangiliklar yozish va tahrir san’ati. Toshkent, 2002 yil, 38- bet )
Fan, texnika, san’at, siyosat, diplomatiya sohalarida borliqni mantiqiy jihatdan bilishga qaratilganligi sababli so’z va terminlarning nihoyatda ravshan aniq bo’lishi talab qilinadi. Lekin ular qayta- qayta takrorlansa, bir xillikka olib kelishi mumkin. Shuning uchun olimlar oldida ilmiy bayonning xususiyatiga ziyon etkazmaydigan va uning jonli ta’sirchanliligini ta’minlaydigan terminlarning sinonimik variantlarini topish masalasi turadi.
Ilmiy uslub fonetik xususiyatlarga ega emas. Chunki ilmiy uslub adabiy me’yorda yoziladi.
Ilmiy uslubning grammatik xususiyatlari
Ilmiy uslubning grammatik qurilishi mantiqiy bog’liqlikni izchillikni, sintaktik aniqlikni taqozo qiladi. Shuning uchun unda ellipsiz (gapdan birorta so’zning tushub qolishi) hodisasi uchramaydi. Bu uslubda gapning kesimi ko’pincha majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalanadi. Shuning uchun unda shaxsi noma’lum gaplar, passiv konstruktsiyalar qo’llanadi. Misol: 1. Bir so’z bir necha narsalarga nisbatan ishlatiladi. 2. Harakat va holatni bildirgan so’zlar fe’l deyiladi kabi.
Demak, ilmiy uslub o’rganilayotganda, aniq bir fanning: matematika, fizika, biologiya, adabiyot, ona tili, tarix kabilarning uslublariga xos xususiyatlar alohida tadqiq etilishi lozim. Albatta, ularga xos bo’lgan farqli va mushtarak tomonlar ham bor. Ularni ham namoyon etib, o’zaro taqqoslab yoki umumlashtirib, umumiy xulosa chiqariladi. (talabalar ilmiy uslubga xos bo’lgan turli matnlarni tahlil qilishadi).

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish