Offshor kompaniyasi — bu imtiyozli soliq to‘lash (yoki butkul to‘lamaslik) xududida bunyod etilgan korxona bo‘lib, u ro‘yxatga olingan joyda barqaror turmaydigan shaxslarga tegishlidir. Ko‘pgina davlatlarda xorijiy investitsiyalarni ko‘proq jalb etish maqsadida kiritilgan omonatlar haqidagi axborotning qonunchilik yoki an’anaviy kafolatlar yo‘li bilan konfidensialligini (oshkor etilmasligini) ta’min etuvchi va qator imtiyozlar berish tizimi bunyod etilgan bo‘lib, bu tizim xorijiy tadbirkorlarga ularning tadbirkorlik faoliyatini mazkur davlat xududida olib borish sharti bilan joriy qilinadi.
Odatda, offshor korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki kompaniya shaklida bunyod etiladi. Ammo, offshor faoliyati uchun boshqa tashkiliy-xuquqiy shakllar ham yo‘q emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |