38
II bob. O`zbеkiston Rеspublikasida inson huquqlari bo`yicha xalqaro
hujjatlarning implementatsiyasi
2.1.O’zbekiston Konstitusiyasida Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi
qadriyatlarining aks ettirilishi.
Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi 1948-yil, 10-dekabrda
Birlashgan
Millatlar Tashkiloti
Bosh Assambleyasining 217 A (III) ko rsatmasi orqali qabul
qilingan va e lon qilingan.
Birlashgan millatlar tashkilotining inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi -
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan
deklaratsiya. U muqaddima va 30 moddadan iborat bo lib, uni qabul qilishdan
maqsad har bir inson va davlat mazkur Deklaratsiyani nazarda tutgan holda
ma rifat va ta lim orqali shu huquq va erkinliklar hurmat qilinishiga
ko’maklashishi lozim. Deklaratsiya har bir insonning tabiiy va ajralmas huquq va
erkinliklari e lon etilgan asosiy xalqaro hujjatdir. Shu tariqa xalqaro munosabatlar
tarixida birinchi marta insonning hamma rioya etishi zarur bo lgan asosiy
huquqlari va erkinliklari doirasi belgilab berilgan. Deklaratsiyada "insoniyat
oilasining hamma a zolariga xos qadr-qimmatni, ularning teng va ajralmas
huquqlarini tan olish — erkinlik, adolat va yalpi tinchlik negizi" ekanligi e lon
qilingan. Unga ko ra, umum hurmat va rioya qilishi shart bo lgan inson huquqlari
doirasi shaxsiy, siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy huquqlardan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy poydevori bo‘lmish
Konstitutsiya qabul qilinganiga bu yil yigirma to’rt yil to‘ladi. Yangi demokratik
huquqiy davlatni shakllantirish hamda fuqarolik jamiyatini qaror toptirish yo‘lida
amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz Bosh Qomusimizda
kafolatlangan qonunlarimizning amaldagi namoyishidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson va davlatning huquqiy holatini
belgilashda inson huquqlari ustuvorligi, davlat bilan fuqaroning o‘zaro siyosiy-
39
huquqiy mas’ulligi prinsiplariga asoslanuvchi tamomila yangi konsepsiyaga
tayangan bo‘lib, unda ilk bor inson huquqlari kategoriyasi konstitutsiyaviy darajada
mustahkamlab qo‘yilgan.
Inson huquqlarining yangi konsepsiyasi konstitutsiyaviy qonunchiligimizda o‘z
yuridik tasdig‘ini topgan bo‘lib, ular O‘zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy
huquqiy maqomi sifatida muayyan prinsiplarga tayanadi. Ushbu prinsiplar universal
xususiyatga ega bo‘lib, ular qatoriga quyidagilar kiradi.
Birinchidan, inson va fuqaroning huquq, erkinlik va majburiyatlari tenglik hamda
teng huquqlilik asosida amalga oshiriladi. Bu prinsip Konstitutsiyada uch jihatdan
ta’riflangan: barcha fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi; fuqarolar huquq va
erkinliklarining tengligi; erkaklar va xotin-qizlarning teng huquqliligi.
Ikkinchidan, Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi prinsipi.
Jumladan, Asosiy Qonunimizning 2-moddasiga asosan Davlat xalq irodasini ifoda
etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar
jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar deyilgan.
Shuningdek, Konstitutsiyada demokratik huquq va erkinliklar davlat tomonidan
muhofaza qilinishi alohida e’tirof etilgan. 13-moddaning 2-qismida demokratik
huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi, 19-moddada
fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va
erkinliklari daxlsizligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab
qo‘yishga hech kim haqli emasligi qonuniy mustahkamlangan. Shuningdek,
Konstitutsiyamizning ikkinchi bo‘limi bevosita inson va fuqarolarning asosiy
huquqlariga bag‘ishlanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
14
14
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi II bo’lim
Do'stlaringiz bilan baham: