Mazkur muqaddimada zikr etilgan bu asosiy prinsiplar, boshqa bir necha qoidalar
bilan birga O’zbekiston Asosiy Qonunining ichki mazmuni, ruhi va mohiyatini
45
Konstitusiyaning 13-moddasiga binoan, O’zbekistonda qonunchilik demokratik,
umuminsoniy prinsiplarga asoslanib, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi,
sha’ni, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari, oliy qadriyat hisoblanadi,
demokratik huquq va erkinliklar, konstitusiya va qonun bilan himoya qilinadi.
Ushbu modda o’zining yorqin va komil ifodasi bilan, inson maqomini va uning
asosiy huquqlarini eng yuksak va oliy darajaga ko’taradi.
O’zbekiston Konstitusiyasining eng muhim tomonlaridan biri shundan iboratki, bu
sohada faqatgina umumiy prinsiplarni zikr etib o’tish bilan cheklanib qolmay, inson
va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini ayrim boblarda keng ko’lamda aks
ettirib, ularning himoyasi uchun kafolat beriladi.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida zikr etilgan inson asosiy huquqlari va
erkinliklari ifodasini O’zbekiston Konstitusiyasining quyidagi moddalarida yaqqol
ko’rish mumkin:
1. teng fuqarolik huquqi (21- modda);
2. yashash huquqini himoya qilish (24- modda);
3. har kimning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egaligi, qonunga
asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emasligi (25 -
modda);
4. hech kimning qiynoqqa solinmaslik va aybi aniqlanmaguncha aybdor
hisoblanmaslik holati (26- modda);
5. fuqarolar turar joyi, telefon yozishmalari daxlsizligi (27- modda);
6. so’z, fikr va e’tiqod erkinligi va uni tarqatish huquqi (29- modda);
7. din va vijdon erkinligi (31- modda);
8. fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish
huquqi (32 - modda);
9. mulkdorlik huquqi va erkin kasb tanlash (38-39- moddalari);
46
10. qonunga muvofiq siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari tashkil
etish (56- modda)
11. saylash va saylanish huquqi (117- modda) va boshqa ko’p moddalarda
xalqaro miqyosda e’tirof etilgan insonning asosiy huquqlari va erkinliklari o’z
munosib o’rnida har tomonlama aks ettirilib, konstitusiya va boshqa qonunlar bilan
kafolatlangan.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining uchinchi moddasi: "Har kim
yashash va dahlsizlik huquqiga ega".
O’zbekiston Konstitusiyasining 24-moddasi: "Yashash huquqi har bir insonning
uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir". Shuningdek,
25-moddada "Har kim erkin va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega" deb ta’kidlanadi.
18
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 19-moddasida hech kimni
o’zboshimchalik bilan hibsga olish va qamoqda saqlash mumkin emasligi
ta’kidlansa, O’zbekiston Konstitusiyasi 25-moddasining ikkinchi xat boshida "Hech
kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin
emas" deyiladi.
Yuqorida
berilgan
qisqa
misollardan
ko’rinib
turibdiki,
O’zbekiston
Konstitusiyasida Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining barcha qadriyatlari
yetarli darajada va to’laroq shaklda ifoda etilib himoya qilingan. Masalan, 24-
moddada "Inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir" iborasi bilan insonning
yashash huquqi va shaxsiy dahlsizlik huquqi jiddiy suratda himoya ostiga olingan.
Xulosa qilib aytganda, mustaqil O’zbekistonning Konstitusiyasi barcha demokratik
qoidalar, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanib, Birlashgan Millatlar
Tashkilotiga a’zo bo’lgan barcha davlatlar tomonidan tasdiqlangan Inson huquqlari
18
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 11 bet T., «O’zbekiston». 2014
47
umumjahon Deklaratsiyasining barcha qadriyatlarini o’zida aks ettirgan milliy-
tarixiy hujjatdir.
Konstitusiya o’zbek xalqiga milliy, demokratik huquqiy davlat soyasida yashash
uchun huquqiy sharoit yaratib berib, ularni bozor iqtisodiyotiga va bu yo’ldan yangi
hayot ufqlari tomon yo’llab boradi hamda O’zbekiston Respublikasiga jahon
miqiyosida buyuk demokratik davlatlar qatorida yuksakva e’tiborli o’rin tutish
uchun yordam beradi.