BMI ning ilmiy yangiligi.BMI da “inson huquqlari implementatsiyasi”
tushunchasi hozirgi davrdagi mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro munosabatlar rivojini
hisobga olgan holda ilk bora kompleks tarzda, sistemali yondashuv asosida huquqiy
jihatdan tahlil qilindi.Alohida mamlakat aholisining huquqiy madaniyatini
shakllantirishda va oshirishda davlat tomonidan inson huquqlariga doir hujjatlarni
milliylashtirish jarayoni bevosita ta’sir qilish omillari ilmiy asoslandi.
Implementatsiya jarayonida milliy qonunchilik tizimida transformatsiya qanday
ta’sirga ega ekanligi, implementatsiya jarayonining O’zbekistondagi xususiyatlari
haqida batafsil yoritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |