Kursni o`rgаnishdа talaba tarixiy manbalar, ko’rgazmali qurollar, statistik ma’lumotlardan, davriy marbuot, arxiv hujjatlari, Internet resurslaridan foydalanish, shuningdek, mushohada, tahlil usullaridang keng foydalanishni va tadqiqotlarni tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilishni o’rganadi. Kursni o’rganishda “O’zbekiston tarixi” fanidan olingan bilimlarga suyanadilar. Bundan tashqari bu fan asoslarini teran anglashda talabalarga “o’rta asrlar tarixi”, “antropologiya”, “arxeologiya”, “tarixshunoslik”, “o’lkashunoslik”, “manbashunoslik” kabi fanlaridan olgan bilimlariga suyanadilar ham asqotishi shubhasiz.
Fаnning yakunidа tаlаbаlаr o’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixining mаzmun-mоhiyati bоrаsidаgi bilimlаrgа egа bo`lishаdi.
Fаnni o`rgаnishdа tаlаbаlаr O`zbеkistоn хаlqlаri tаriхi, Etnоlоgiya аsоslаri, Qаdimgi dunyo tаriхi, O`rtа аsrlаr tаriхi, YAngi tаriх, Eng yangi tаriх, Tаriхiy o`lkаshunоslik, Jаhоn sivilizаsiyalаri tаriхi fаnlаridаn оlgаn bilimlаrgа suyanаdilаr.
Fanni o’zlashtirgan talabaning malakaviy darajalari
Fanni o’zlashtirgan talaba:
Talabalar O’zbekiston tarixining turli bosqichlarida, hususan ibtidoiy davrdan to xozirgi kunlarga qadar insoniyat tomonidan yaratilgan asarlarning yuzaga kelishi va ularning o’ziga xos xususiyatlarini bilishi;
«O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi» fanini o’rganish jarayonida Vatanimiz hududidagi ilk tsivilizatsiyalar va davlatchilikka oid asarlar, “Avesto”, qadimgi tosh bitiklar, g’orlarga chizilgan sura’tlar, to’g’risida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi;
«O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi» fanini o’rganish jarayonida Sharq Renessansi taraqiysining mohiyatini bilishi;
«O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi» fanini o’zida aks ettirgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy muammolar, o’zbek xalqining yuzaga kelishi tarixi va o’ziga xos xususiyatlari, turli hududlarda paydo bo’lgan dastlabki moddiy va yozma manbalarning O’zbekiston xalqlariga o’zaro ta’siri haqida tasavvurga ega bo’lishi;
«O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi» kursinining asosiy bosqichlarini, davrlarning roli va o’rnini, daliliy xulosalarini umumlashtirish uchun aniq tarixiy ma’lumotlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
«O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi» kursinining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari bo’yicha manbalarini qidirishi va o’rganishi, O’zbekiston tarixini o’rganishda oid ashyolar, manzilgohlar, manbalar va me’morchilik yodgorliklarini tahlil qilishi;
O’zbekiston tarixini davrlashtirish va sanalari, ibtidoiy to’da davri, antropogenez jarayonining mohiyatini bilishi;
O’zbekiston tarixidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xo’jalik - faoliyati, ma’naviy madaniyatni tahlil qilishda O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi fanining rolini, mohiyatini bilishi;
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikga erishishi, davlat suverinitetining tarixiy ahamiyatini, Vatanimizning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ravnaqini manbalar asosida tahlil qila olishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |