23-maqsad: Geologiya-qidiruv ishlari hajmini keskin oshirish, sohaga xususiy investorlar va ilgor xorijiy kompaniyalarni keng jalb qilish. Istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv va konlarda qazib olish ishlariga shaffof mexanizmlar asosida mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb qilish.
Iqtisodiyot uchun zarur mineral xomashyo bazasini kengaytirish.
Uglevodorod xomashyosi mavjud konlar, geologiya-qidiruv maydon va strukturalarini tahlil qilgan holda ularga shaffof mexanizmlar asosida investorlarni jalb qilish orqali qazib chiqarish hajmlarini oshirish.
Geologiya sohasida zamonaviy talim standartlarini keng joriy etgan holda malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yolga qoyish hamda ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish.
24-maqsad: Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz taminlash hamda Yashil iqtisodiyot texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish. 2026-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish korsatkichini qoshimcha 30 milliard kVt.soatga oshirib, jami 100 milliard kVt.soatga yetkazish.
2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25 foizga yetkazish evaziga yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash.
Ozbekiston energetika tizimining qoshni davlatlar energetika tizimlari bilan barqaror ishlashini taminlash.
Sanoat tarmoqlarida yoqotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish.
Uy-joy-kommunal xojaligi, ijtimoiy soha obyektlari va boshqa sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirish.
Elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish boyicha choralarni korish.
Iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqaradigan zararli gazlar hajmini bir birlik Yalpi ichki mahsulot hisobida 10 foizga qisqartirish. 25-maqsad: Raqamli iqtisodiyotni asosiy drayver sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish. Raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali barcha aholi maskanlarini va ijtimoiy obyektlarni hamda magistral avtomobil yollarini keng polosali ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish.
Iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026-yil yakuniga qadar 70 foizgacha oshirish.
Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish.
26-maqsad: Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSh dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini korish. Investitsiyalardan samarali foydalanish hamda eksport hajmlarini oshirish boyicha, pastdan-yuqoriga tamoyili asosida, yangi tizimni yolga qoyish.
2026-yilgacha Xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish.
Davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sogliqni saqlash, talim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xojaligi va boshqa sohalarga 14 milliard AQSh dollarga teng investitsiya jalb etish.
Respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar biznes vakillari ortasida tashqi iqtisodiy aloqalarni ornatish, jumladan Sirdaryo viloyatining Xitoy Xalq Respublikasi, Surxondaryo viloyatining Rossiya Federatsiyasi hamda Jizzax viloyatining Hindiston biznes doiralari bilan investitsiya va tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish.
Surxondaryo viloyatida Investorlarga komak markazi, Navoiy viloyatida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan Biznesga komaklashish markazi va Toshkent shahrida Ilgor loyihalar va injiniring markazi va har bir tumanda Innovatsiya va texnologiya markazlari tashkil qilib, tadbirkorlarga amaliy yordam korsatish.
Toshkent shahrida har yili Toshkent xalqaro investitsiya forumini otkazib borish.