Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yonalishlari.
II. Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yonalishlari
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:
sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy ragbatlantirish va ijtimoiy taminot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
sudyalarga gayriqonuniy tarzda tasir otkazishga yol qoymaslik boyicha tasirchan choralar korish;
sudning mustaqilligi va begarazligi, sud protsessi tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;
«Xabeas korpus» institutini qollash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taminlash:
fuqarolarning murojaatlarini oz vaqtida hal etish, murojaatlarni korib chiqishda sansolarlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bolish holatlariga yol qoyganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taminlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini korish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taminlash;
fuqarolarning xususiy mulkka bolgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;
fuqarolarning odil sudlovga tosqinliksiz erishishini taminlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.
2.3. Mamuriy, jinoyat, fuqarolik va xojalik qonunchiligini takomillashtirish:
jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish;
odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini yaxshilash, mamuriy, jinoyat, fuqarolik va xojalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish;
jinoyat, fuqarolik va xojalik ishlarini korib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instantsiyalarni qisqartirish;
elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish boyicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish;
korruptsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korruptsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;
aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan ozaro samarali hamkorligini tashkil etish.
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularning sabab va omillarini bartaraf etish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini oqitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish boyicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bolgan ishonchini mustahkamlash.
2.6. Yuridik yordam va xizmat korsatish tizimini takomillashtirish:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish;
advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, mamuriy va xojalik ishlarini korib chiqishda advokatlaring orni va nufuzini oshirish;
notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |