83-maqsad: Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish.
Davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulklarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish.
Davlat xizmatida manfaatlar toqnashuvining oldini olish boyicha samarali mexanizmlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatda ochiqlikni taminlash va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish.
84-maqsad: Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
Korrupsiyaga qarshi kurashishga zamonaviy axborot, shu jumladan suniy intellekt texnologiyalarini joriy etish.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yolga qoyish, jamoatchilik nazoratini olib borishni qollab-quvvatlash.
Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotida tizimli preventiv choralarni kuchaytirish.
Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish.
Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyadan xoli qonunchilik tamoyili asosida ishlab chiqilishini taminlash.
85-maqsad: Mamlakatda yangi ish orinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va shu orqali 2026-yil yakuniga qadar kambagallikni kamida 2 baravarga qisqartirish.
Kambagallikni qisqartirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Norasmiy ishlayotgan 2,5 million nafar fuqaroning bandligini legallashtirishga yordam berish orqali ularda ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan toliq foydalanish imkoniyatini yaratish.
Ayollar orasidagi ishsizlik darajasini 2 baravar kamaytirish, 700 mingdan ziyod ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan kasb-hunarga oqitish. Ish bilan band bolmagan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va ozini ozi band qilish boyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini korsatishda mahalliy darajada (mahallabay tamoyili asosida) ijtimoiy ishlarni olib borish mexanizmini yolga qoyish.
Hududlar, shaharlar va tumanlar kesimida kambagal toifadagi oilalar, ayollar va yoshlarni yagona elektron hisobga olish tizimini yaratish, kambagallikning qayta tiklanish xavfini bartaraf etish. Hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish.
Ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha ehtiyojmand aholining kamida 85 foizini ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va aholi qatlamlariga, shuningdek, vaqtinchalik ogir sharoitga tushib qolgan fuqarolarga togridan togri davlat ijtimoiy yordamini korsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |