3. 1989-yil, iyun. Fargonadagi qonli fojialar
Sovet mustamlakachiligi istibdodi, milliy adolatsizlik, zulm, zoravonlik va milliy istiqlol uchun olib borilgan kurashning eng yuksak choqqisi 1989-yilning yoz oylarida Fargonada bosh- langan qonli fojialar boldi. Dastlab Fargonada boshlanib, songra Ozbekistonning boshqa shaharlariga ham keng tarqalgan toqnashuv qizil saltanat mustamlakachiligi zulmining mahsuli edi.
Bu qozgolon natijasida qancha odam qurbon bolganligi va aziyat chekkanligi togrisida turlicha malumotlar berilgan. «Ozbekiston adabiyoti va sanati» gazetasidagi malumotlarga qaraganda: «Yovuz fitna tufayli Fargonada jami 112 kishi shahid boldi. 1000 dan ortiq kishiga tan jarohati yetdi, 400 yigit javobgarlikka tortildi, 700 ga yaqin kishi mamuriy jazo oldi, 160 nafardan ortiq kishi ogir jazolarga hukm etilgan»12. Bu darajada katta fojiaga olib kelgan Fargona isyonining bosh sababi nimada? - degan qonuniy savol tugiladi. Bu haqda Ittifoqning markaziy matbuot organlari va Ozbekistondagi juda koplab gazeta va jumallarda har xil xulosalar bildirildi. Kimdir uni ozbeklar bilan mesxeti turklari ortasidagi milliy nizo dedi, boshqa biri allaqanday mafiyaning ishi, bazilar SSSR Davlat Xavfsizlik Qomitasining tashkil etgan fitnasi deb baholadi.
Butun boshli Ozbekiston va uning xalqi taqdiri ishonib topshirilgan R.Nishonov esa SSSR Oliy Kengashi minbaridan turib Fargona isyonini «bozorda bir chelak qulupnay ustida kelib chiqqan kelishmovchilik», deb elon qildi. Bu xususda «Ozbekiston adabiyoti va sanati» gazetasida 1992-yil 14 fevralda elon qilingan yozuvchi Alisher Ibodinovning «Zanjirband sher tugilganda» maqolasi ozining xolisona va hayotiy yondoshganligi bilan ajralib turadi. Muallifning xulosasiga kora Fargonada 1989-yil iyunda roy bergan «.. .osha hodisa aslida isyon, ozbeklaming mustamlaka tuzumiga qarshi qozgoloni edi»13. Buni 8 iyunda Qoqon shahrida bolgan kop ming kishilik miting qatnashchilari talabnomalaridan ham bilsa boladi. Rahbariyatga topshirilgan talabnomada vodiyda ishsizlikni tugatish choralarini korish, uy-joysizlar uchun tomorqa uchastkalari berish, paxta, pillaning xarid narxlarini oshirish, ozbek tiliga davlat tili maqomini berish, Orol dengizini qutqarib qolish tadbirlarini tezlatish, ozidan zaharli moddalar tarqatayotgan Yangiqorgon ximiya kombinatini yopish, oylik ish haqlarini oshirish, 7 iyunda tinch aholiga oq uzganlami javobgarlikka tortish kabi talablar qoyilgan edi. Hamma talab haqqoniy va odilona bolib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga borib taqalardi. Birgina ishsizlik muammosini oladigan bolsak vodiyda ulaming soni yiliga 23 ming14 kishiga kopayib borardi. Alisher Ibodinov Bogdod-Qoqon yolida shaharga shoshilib ketayotgan odamlar orasida bir oqsoqol bilan qilgan suhbatini eslab yozadi: «oqsoqol mesxeti turklari bilan hech qanday ishi yoqligi, oz dardi bilan shaharda boladigan mitingga otlanganligini sozladi. Uning on farzandi bor ekan. Tort kelin, nabiralar, olti farzand bilan katalakdek xonadonda tiqilib yashayotganliklari, tirikchilik ogirligidan hasrat qildi. «Negadir biz ozbeklar oz yurtimizda boshqalarga qaraganda nochor yashaymiz, aybimiz qishloqda tugilganimizmi?» deya nola qilgan edi, u. Choi Qoqonga kelgan kattalarga shu dardlarini aytmoqchi ekan»15. Osha olovli damlarda mantiqan qiziq bir jumboq hosil bolgan edi. Qizil qoshinlar, osmondan vertolyotlar mesxeti turklar bilan talashib bir-birlarining uylariga ot qoyayotgan bezorilami oqqa tutmadilar, balki siyosiy talablar bilan Lenin nomli maydonda otirib olib, tinch miting qilayotgan aholi ulami qurshab olgan askarlar tomonidan avtomatlardan va vertolyotlardan oqqa tutildi. Bu bejiz emas edi, albatta. Aslini olganda osha mashum kunda Ozbekistonning mustaqilligi oqqa tutilgan edi.
Sovetlar va uning mahalliy malaylari ozbek xalqini qorqitish, milliy uygonish davriga kirgan fidoyi vatanparvarlami tiz choktirish maqsadida bunday vahshiyona tadbimi qollagan edilar.
Ammo xalqimizning tokilgan qonlari zoe ketmadi. Chunki u qonlar qutlug4 qonlar edi. Mustamlakachilarga qarshi ozodlik, erk, ijtimoiy-adolat va baxtli istiqbolni deb 1989-yil iyun oyida Qoqonda shahid bolgan Shuhrat Olimov (Qoqon taksomotor parkida shofyor, uch farzandning otasi), Abdumavlon Mahkamov («Tekstilmash» korxonasi ishchisi), Alijon Bobojonov (Qoqon Qishloq xojalik texnikumining talabasi), Azizxon Dehqonboyev (Qoqon Lokomotiv deposi ishchisi), Alisher Rahmatullayev (mushtipar onaning yakkayu yagona ogli), Qodirjon Nurmatov (ikki bolaning otasi) va boshqalar tufayli sovetlarga va Kompartiyaga kor-korona ishongan xalqning kozlari ochildi, xalqimiz ongida jiddiy ozgarish yasadi.
Fargonadan song Toshkent, Samarqand, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ham xalq galayonlari boldi. Ammo bu galayonlaming oldi olindi. Fargona voqealari xalqimizga katta va achchiq hayotiy saboq berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |