Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi



Download 1,52 Mb.
bet36/136
Sana29.03.2022
Hajmi1,52 Mb.
#515383
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136
Bog'liq
2 5231195232233591868

3. Sanoat, avtomobilsozlik sohasini rivojlanishi.
O'zbekiston o'z suverenitetini qo'lga kiritgandan so'ng, o'z ri-vojlanish yo'lini belgilar ekan, oson yo'l qidirmadi. O'tish davrining murakkabliklariga qaramasdan ulkan-ulkan inshootlar, zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari yaratishga kirishdi.
Bu borada, birgina Andijon viloyatining Asaka shahrida zamo­naviy mashinasozlik sanoati obyektining vujudga kelishini misol keltirish kifoyadir. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Kari­mov 1992-yil iyun oyida Janubiy Koreya Respublikasiga qilgan ras-miy tashrifi chog'ida ikki davlat o'rtasida o'zaro iqtisodiy hamkor-likni rivojlantirish to'g'risidagi dastlabki hujjatlarni imzoladi. Shu yilning avgust oyida esa Janubiy Koreya Respublikasi bilan hamkor-likda O'zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qo'shma korxona barpo etish to'g'risida kelishib olindi.
Korxonani tashkil etish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 5-noyabrda «Selxozmash» konserni va «DAEWOO» korporatsiyasi bilan hamkorlikda avtomobillar ishlab chiqaruvchi «O`zDAEWOO avto» qo'shma korxonasini tashkil qi­lish to'g'risida maxsus qaror qabul qildi. Unda «Selxozmash» kon-serniga 3 oy muddat ichida respublikada avtomobilsozlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan konsepsiya ishlab chiqish vazifasi topshi-rildi.
O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi hamkorligi-da barpo etiladigan ushbu qo'shma korxona ta'sischilari etib Ko­reya Respublikasi tomonidan «DAEWOO» korporatsiyasi, O'zbekiston Respublikasi tomonidan esa «O`zavtosanoat» uyushmasi belgilandi va O'zbekistonda barpo qilinayotgan avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonani «O`zDAEWOO avto» nomi bilan yuritishga kelishildi. Shartno-maga ko'ra har ikki tarafning qo'shma korxonadagi ulushi miqdori «DEU» kofoga181ua81 uchun 50%, 100 million AQSH dollari va «O`zavtosanoat» uyushmasi uchun 50%, 100 million AQSH dollari hisobida belgilandi.
Bir qarashda O'zbekiston mashinasozligi ma'lum bir bosqich-ni bosib o'tgan, o'z tarixiga ega bo'lgan sohalardan biri. Sobiq sho'rolar davrida o'lkamizda qishloq xo'jaligi mashinalari ishlab chiqaradigan «Tashselmash», «O`zbekselmash», Toshkent traktor zavodi, Ekskavator zavodi, «Chirchiqselmash» hamda Andijon va boshqa viloyatlarda turli rusumdagi traktorlar ishlab chiqarilar edi. Biroq, aslida ular torn ma'nodagi ishlab chiqarish quvvatiga va im-koniyatiga ega emas edi.
Yuqorida ta'kidlanganidek haqiqiy o'zbek mashinasozligi mus­taqillik mahsuli bo'lib, u 1993-yilning mart oyida «O`zDAEWOO avto» nomi bilan ro'yxatdan o'tkazilib, Andijon viloyatining Asaka shah-ridagi pritseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida tashkil qi-linishi hamda bu muhim inshoot qurilishining boshlanishi bilan O'zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos solindi.
Qo'shma korxonaning umumiy maydoni 476 ming 266 kvadrat metr bo'lib, shundan bino va inshootlar uchun ajratilgani 146 ming 266 kvadrat metrni tashkil qiladi. Qurilish 1993-yilning fevralidan boshlab 32 oy mobaynida oxiriga yetkazildi.
Loyiha ishlari asosan «DAEWOO injeniring» va «Uztyajprom» firma-lari tomonidan amalga oshirildi. O'zining ko'lami jihatidan nafaqat O'zbekistonda balki, Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan mazkur kor-xonadir.
Loyiha quvvatiga ko'ra yiliga 200 ming avtomobil ishlab chi-qara oladigan bu ulkan inshootning umumiy qiymati 658 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Avtomobilsozlikda ko'p jihatdan yangi bo'lgan ilg'or texnolo-giyalar qo'llanilgan ushbu korxonada ishlaydigan ishchi, muhandis kadrlar tayyorlash ishlariga qo'shma korxonaga asos solingandan boshlab katta e'tibor berildi.
Korxona sexlarida mehnat qilayotgan yoshlarning 1000 dan ko'prog'i Janubiy Koreya Respublikasida - « DAEWOO » kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarish korxonalarida ishlab tajriba orttirib qay-tishdi, keyinroq yana 2000 kishi o'z malakalarini oshirish uchun Janubiy Koreyadagi «DEU» kompaniyasining avtomobilsozlik za-vodlariga yuborildilar.
Qo'shma korxonada bajarilgan qurilish ishlari asosan Andijon, Farg'ona va Namangan viloyati qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirildi.
1996-yil 19-iyulda ushbu qo'shma korxonaning ishga tushuri-lishiga bag'ishlangan tantanali yig'ilish bo'ldi. Unda nutq so'zlar ekan, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimov «Asaka shahrida ikki yil ichida bunyod etilgan, 1996-yilning mart oyida «Damas» mashinasi, iyun oyida «Tiko», iyul oyida esa «Neksiya» ishlab chiqargan «O`zDAEWOO avto» istiqlol yillarida bunyod etilgan qudratli korxona bo'lish bilan birga O'zbekistonning eng ilg'or davlatlar qatoriga kirish uchun qo'ygan dadil qadam» ekanligini alohida uqtirdi.
Korxona aytish mumkinki ko'plarni hayratga solib havaslan-tirayotgan «Tiko», «Damas», «Matiz», «Neksiya», «Lasetti»larni xalqimizga yetkazib berishdan tashqari butun mamlakatni eng ilg'or, jahon andozalariga to'la javob beradigan avtomobillar bilan ta'minladi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari yildan yilga o'sib bor-di. 2006-yilga kelib korxona 571580 ta avtomobil ishlab chiqardi, uning 198609 tasi xorijga eksport qilindi.
2008-yilga kelib mamlakatimizda «O`zDAEWOO avto»ga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Andijon mexanika zavodi, Baliqchidagi «A.Navoiy interneshinl» «And Polik» singari o'nlab korxonalarda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shunday qilib, Asakada «O`zDAEWOO avto» qo'shma korxonasining ishga tushishi O'zbekistonda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish-ni, respublika industriyasining qudrati muttasil ortib borayotganini ko'rsatuvchi muhim dalildir.
Shu bois bir haqiqatni alohida ta'kidlash joiz. Jahon mamlakat­lari tarixi guvohlik berayaptiki, dunyodagi eng kuchli mamlakatlar-gina avtomobil industrasiyasiga ega. Ular asosan, AQSH, g'arbiy Yevropa, Yaponiya, Rossiya va Janubiy Osiyodagi mamlakatlardan iborat 28 tani tashkil etadi.
Avtomobil industriyasi bozoriga kirish va undagi kuchli raqo-batga bardosh berish o'ta mushkul ish bo'layotganligi uchun ham iqtisodiy va moliyaviy baquvvat mamlakatlar ham bu biznesga kira olmayaptilar. O'zbekiston esa kuchli raqobatchilari bo'lgan avtomo­bil bozoriga sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar orasida birinchi bo'lib kirib bordi.
Bunday yutuqqa O'zbekiston osonlikcha erishmadi. Unga erishish uchun esa quyidagi masalalarga jiddiy e'tibor berildi:

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish