Xulosa..........................................................................
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’hati............................
|
|
KIRISH.
Bunday holat mahalliy biologik xilma-xillik ob‘ektlarini yanada ko'proq o'rganish lozimligini belgilaydi. Flora tarkibini, ayniqsa mavjud oilalarning sistematik va floristik nuqtai nazardan o'rganish va uning keng ko'lamli tahlilini amalga oshirish bu botanika fanining dolzarb mavzulardan biri bo'lib qolmoqda. Ayniqsa, aholi o'ta zich joylashgan va kishilarning kundalik turmush tarzi atrof muhitga ta‘sir ko'rsatishi bilan qattiq bog'liq bo'lgan xududlarda bunday tadqiqotlarning nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyati yanada yuqori bo'lib bormoqda.
Ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor preparatlarning qariyb 50 foizi o'simliklardan ajratib olinadi yoki ulardan tayyorlanadi. Tabobatda katta ahamiyatga ega bo'lgan alkaloidlar, saponinlar, efir moylari va boshqa moddalar ham o'simliklardan olinadi, yana turli dorilar, preparatlar va vitaminlarga boy konsentratlar tayyorlanadi. Bundan tashqari o'simliklardan turli oshlovchi, bo'yoqbop va boshqa sanoat mahsulotlari olinadi.
O'zbekiston florasi ko'plab foydali, dorivor, efirmoyli va manzarali o'simlik turlariga boyligi bilan boshqa floralardan ajralib turadi. Aksariyat o'simlik turlari meditsinada, kulinariyada, ko'kalamzorlashtirish va shu boshqa sohalarda keng ishlatiladi. Biroq, O'zbekiston florasidagi foydali ahamiyatga ega o'simlik turlari, turkumlari va oilalari hali to'la to'kis o'rganilgan emas. Kishilarning kundalik hayotida yoki ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida mahalliy bioxilma-xillikdagi ko'plab o'simlik turlari hali o'z o'rnini topgani yo'q. Yana bir faktni aytish mumkinki, dunyo florasidagi 300 000 dan ortiq o'simlik turlaridan faqatgina 2500 ga yaqin o'simlik turlari odamlarning kundalik turmush tarzida u yoki bu darajada ishlatiladi, xalos. O'zbekiston xududida 4300 ga yaqin o'simlik turlari tabiiy sharoitda yovvoyi holda uchraydi. Ulardan 120 ga yaqin turlar rasmiy ravishda farmakologiya ro'yhatidan o'tgan turlar hisoblanadi. Olimlarning ma‘lumotlariga ko'ra, O'zbekiston florasidagi 2000 ga yaqin o'simlik turlari halq tabobatida turli darajada ishlatiladi, xalos. Qolgan o'simlik turlarining foydalilik xususiyatlari yoki ularni kundalik turmushda ishlatilishi borasidagi ma‘lumotlar yetarli darajada emas (Xojimatov, 1997).
Dorivor o‘simliklar o'stirish texnologiyasi qishloq xo‘jaligining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, farmatsevtika sanoati hamda dorixonalarni sifatli shifobaxsh o‘simliklar xomashyosi bilan ta’minlashni o'z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ishlarining mavsumiyligi, agrotexnika tadbirlarni aniq belgilangan muddatlarda etkizish lozimligi, har yilgi ob-havo sharoitining bir-biriga deyarlik o‘xshamasligi, har bir mintaqaning tuproq, iqlim sharoitini bir-biridan keskin farq qilishi va boshqa ko'pdan-ko'p omillar dorivor o‘simliklar o‘stirish texnologiyasini ishlab chiqishda ko‘plab noqulayliklami keltirib chiqaradi. Ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda mamlakatimizda farmatsevtika sanoati va dorixonalarni o‘simliklar xom-ashyosi bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan, fermer, o‘rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarida eng ko‘pi bilan 42 tagacha dorivor o‘simliklar turlari o‘stiriladi. Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Moidova, Misr Arab Respublikasi va bir qator mamlakatlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish bilan shug' ullanish birmuncha yaxshi уо‘lga qo‘уilgan. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika sanoati tezlik bilan rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda bunday korxonalarning soni 70 tadan ortiqdir. Shu sababli ham, ushbu sanoatni dorivor o‘simliklar xomashyosi bilan etarli darajada ta’minlash talab etiladi. Keyingi vaqtda farmatsevtika sanoati korxonalari dori vositalarining taxminan 50% dorivor o‘simliklar xom-ashyosidan tayyorlanayotganligini e’tiborga olsak, dorivor o‘simliklar o‘stirish texnologiyasi fani naqadar katta ahamiyat kasb eta boshlaganini tasavvur qilish qiyin. Shu sababli ham, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan hozirgi vaqtda mamlakatimizda dorivor o‘simliklar o‘stirish bilan shug‘ullanuvchi 8 ta ixtisoslashgan xo‘jaliklar tashkil qilingan. Bundan tashqari ко‘plab o‘rmon, fermer va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarda ham o‘stirilmoqda. Biroq mamlakatimizda dorivor o‘simiiklar xomashyosiga bo‘lgan talabning keskin ortib borishiga qaramasdan ularni o‘stirish texnologiyalari shu vaqtgacha mukammal ishlab chiqilgan emas.
Mutloq ko'pchilik mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi bunday korxonalaming dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabni keskin ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxiralarining chegaralanganligi farmatsevtika sanoati korxonalaming dorivor o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabini, asosan, dorivor o‘simliklar o ‘stirish orqaligina qondirish mumkin. Biroq Dorivor o‘simliklar o‘stirish texnoiogiyasi fani shu vaqtga qadar mustaqil darslik sifatida ishlab chiqilgan emas. Buning ustiga hozirgi vaqtgacha mamlakatimizning ixtisoslashgan, fermer, o‘rmon, dehqon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklarni, ularni o‘stirish texnologiyalari mukammal ishlab chiqilmaganligi sababli, ilmiy asoslanmagan holda parvarish qilinmoqda. Shu sababli ham farmatsevtika sanoatini sifatli, mo‘l, tannarxi arzon va ekologik sof xom-ashyo bilan ta’minlash katta muammo bo‘lib qolaveradi. Bu holat, albatta, dorivor o‘simliklar xom-ashyosi yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarni dorivor o‘simliklar o‘stirish texnologiyalarini puxta egallagan mutaxassislar bilan ta’minlashni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |