II
-
BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT
GEOGRAFIYASI TARMOQLAR TARKIBI.
II.1. RESPUBLIKA TEMIR YO’L TRANSPORT TARMOG’I TAXLILI
Temir yo‘l transporti.
O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan transport turlari
orasida etakchi va muhim o‘rinni temir yo‘llar egallaydi. Mamlakatlarning tashqi
iqtisodiy aloqalarida, ayniqsa eksport va import munosabatlarida ushbu transport
turining ahamiyati beqiyosdir. Temir yo‘l transportining boshqa transport turlariga
nisbatan yana bir afzalligi shundan iboratki, bi transport atrof-muhitga kam zarar
etkazadi, uning yuk va yo‘lovchilar tashish qobiliyati juda yuqori bo‘lib, ob-havo
injiqliklari bilan bog‘liq emas va muntazam ravishda harakatda bo‘ladi. Bu bilan u
avtomobil va ayniqsa havo transportidan katta farq qiladi. Respublika temir yo‘l
tizimida 2005 yilda 15134,1 ming yo‘lovchi va 45,8 mln t turli xil yuklar tashilgan.
O‘zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishuvi barcha sohalar qatori temir
yo‘l sohasida ham o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keldi. Ayniqsa, temir yo‘l
mustaqilligini ta’minlash eng asosiy vazifa qilib qo‘yildi. SHu bois, sohada qator
yangi temir yo‘l qurilishlari boshlandi. Ana shularning samarasi o‘laroq, 2001
yilda uzunligi 500 km dan ortiq bo‘lgan Uchquduq-Sultonuvays-Nukus temir yo‘li
ishga tushurildi. 2007 yilda temir yo‘l tarmog‘ida yana bir muhim voqea yuz berdi.
Mustaqilligimizning 16 yilligi shodyonalari arafasida G‘uzor-Boysun-
Qumqo‘rg‘on (233 km) temir yo‘li ishga tushdi. Ushbu yo‘lning qurilishi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida
ijobiy yutuqlarga olib kelishi shak-shubhasizdir. 1999 yilda halqaro ahamiyatdagi
uzunligi
1422
km.li
Andijon-Toshkent-Nukus-Qo‘ng‘irot
tezyurar
avtomagistralining qurilishi loyihasi ishlab chiqildi va hozirda qurilish boshlandi,
mazkur yo‘l Yevropani O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali Xitoy bilan
bog‘laydigan Yevropa-Osiyo transkontinental avtomagistrali (E-40)ning bir qismi
hisoblanadi.
19
Respublikaning xorijga jumladan, Janubiy va Janubi-G‘arbiy Osiyo
davlatlariga chikishida Mashhad-Seraxs-Tajan temir yo‘lining qurilishi muhim
voqea bo‘ldi. 1996 yil 13 may Mashhad shahrida 295 kmli mazkur yo‘lning
ochilish marosimi bo‘ldi. Bu yo‘l eng qisqa masofa orqali Markaziy Osiyo
mamlakatlarini Fors qo‘ltig‘i mamlakatlari bilan va ular orqali Janubiy va Janubi-
G‘arbiy Osiyo boshqa davlatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga
keng
imkoniyatlar
ochib
beradi.
Mustaqillik yillarida temir yo‘l aloqasini modernizatsiya qilish va
rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirildi
O'zbekiston temir yo'llari tizimida amalga oshirilayotgan loyihalar yuk va
yo'lovchilarni tashish ishida sifatni oshiribgina qolmay, balki iqtisodiyotni
rivojlantirish orqali davlatimiz ravnaqiga ulkan xissa ko'shib, aholining hayot
sifatini yaxshilashga zamin yaratmoqda. So'zimiz isboti sifatida, ko'plab misollarni
keltirish mumkin. Xususan, bugungi kunda qo'rilayotgan “Angren-Pop”
elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasi ham shular jumlasidan. Uning hududida
Qamchiq tog' dovoni orqali o'tuvchi 19,1 km uzunlikdagi tunnel burg'ilandi.Uni
loyihalashtirish ishlari bu kabi turdagi inshootlarning so'ngi yutuqlariga asoslangan
20
bo'lib, u xavfsiz yer osti yo'llari, sboykalar, uzun yo'laklar, ventilyatsion binolar va
injenerlik kommunikatsiyalarini o'z ichiga oladi. Ushbu qurilish kompleksi tog'
hududlarida joylashgan tunnellar orasida, murakkabligi bo'yicha dunyo reytingida
8-o'rinni, temir yo'l ko'tarmasining uzunligi bo'yicha 13-o'rinni egallamoqda.
Davlatimiz rahbarining 2013 yil 18 iyundagi “Angren-Pop elektrlashtirilgan temir
yo'l liniyasini qurishni tashkillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qaroriga
asosan qurilayotgan yangi po'lat magistrali yaqin kelajakda tranzit sohasida yangi
imkoniyatlarni ochib beradi va Markaziy Osiyoni Sharqiy Osiyo bilan
birlashtirishga zamin yaratadi.
Uning qurilishida 4250 nafarda ortiq mutaxassis jalb etilgan bo'lib, 720 dan
ziyod texnika vositalaridan foydalanilmoqda. Bugungi kunga kelib, amalga
oshirilgan yer ishlari hajmi 43 mln. kub.metrni tashkil etib, qazish va portlatish
ishlari 16,3 mln.kub.metrdan iborat bo'ldi. Bundan tashqari, 285 ta vodoprovod va
6 ta ko'prik yo'llari inshootlari, 13 ta temir yo'l ko'priklari, “Orzu” vokzali, “Ko'l”,
“Temiryo'lobod”, “Qo'shminor” stansiyalarining qurilish ishlari yakunlandi.
.Yangi temir yo‘llar, shu jumladan Navoiy – Uchquduq – Sulton Uvaystog‘
– Nukus yo‘nalishi bo‘yicha Amudaryo daryosidan o‘tuvchi 342 km uzunlikdagi,
Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘yicha dengiz sathidan 1500
metr balandlikdagi tog‘li dovon orqali o‘tib, Afg‘onistonning shimoliy
chegaralariga chiquvchi 223 km uzunlikdagi yangi temir yo‘l qurildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |