suv transporti
rayonlararo xalq xo’jalik yuklarini tashishga
xizmat qiladi.
O’zbekistoninng quvur transporti rivojlanib bormoqda. Respublika hududida
neft quvuri dastlab Chimyon neft koni bilan Oltiariq neftni qayta ishlash zavodi
o’rtasida qurilgan edi.
Sovet hokimiyati yillarida Farg’ona vodiysida bir qancha neft konlari topilib
ishga tushirilgach bu konlardan Oltiariq va Farg’ona neftni qayta ishlash
zavodlariga neft quvurlar orqali keltiriladigan bo’ldi.Respublikamiz janubida neft
konlari (Lalmikor, Qumqo’rg’on) ishga tushirilishi bilan Amudar¸ konidan Amu
Zangacha, Qashqadar¸ viloyatidagi G’arbiy Toshloqdan Qashqadar¸ bekatigacha,
Shimoliy O’rtabuloqdan Oltingugurt zavodigacha neft quvurlari o’tkazildi. 1992
yilda Mingbuloq – Oqtosh neft quvuri ishga tushirildi. Buxoro neftni qayta ishlash
zavodining ishga tushirilishi esa Ko’kdumaloq – Qoravul bozor neft quvurining
yotqizilishiga olib keldi
Respublikadagi elektr stantsiyalarning O’rta Osiyo elektr tizimiga ulanishi
bilan trasportnig yangi turi – elektron transport vujudga keldi. O’zbekiston xalq
xo’jaligini rivojanishida bu transportning salmog’i tobora ortib bormoqda.
O’zbekistonda birinchi elektr uzatgich liniyasi 1933 yilda GESi bilan Sharqiy
Toshkent podstantsiyasi orasida qurilgan edi. 1958 yilda Qayraqqum GESi bilan
Qo’yliq (Toshkent) orasida elektr uzatkich liniyasi qurildi. So’ngra Sirdar¸ GRESi
– Toshkent, Andijon–To’xtag’ul, Toshkent – GRESi–Shimkent, Tursunzoda–
g’uzor–Sirdaryo orasida elektr uzatkich liniyalari barpo etildi.
Shunday qilib, O’zbekistonning asosiy elektr energiyasi manbalari qo’shni
respublikalar bilan birlashtirildi, ya’ni O’rta Osiyo va Janubiy Qozog’iston
energetika tizimi barpo etildi.
17
Hozir O’zbekistonda 15 ming kilometrdan ortiq yuqori voltli kuchlanish
elektr uzatkich liniyalari ishlab turibdi.Bizga ma’lumki, ishlab chiqarish
infrastrukturasiga yana inshoat va qurilmalar, kommunikatsiya va tarmoqlar,
jumladan elektr uzatish yo’llari, taqsimash tarmoqlari, suv, gaz, neft o’tkazgichlari
issiqlik trassalari, telefon tarmoqlari va boshqalar kiradi.
Sanoatni xududiy tashqil etish va joylashtirishda transport ham muhim
ahamiyatga ega. Chunki sanoatning xomashyo va boshqa vositalar bilan
taminlashda, korxonalar urtasida ishlab chiqarish aloqalarini yulga quyishda,
mehnat resurslarining erkin harakatida va nihoyat, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni
istemolchilarga etkazishda transport vositalaridan keng foydalaniladi. Janubiy
O’zbekiston va Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining nisbatan sust
rivojlanganligini kup hollarda transport imkoniyatlarining uzoq yillar davomida
cheklanganligi bilan ham izoxlash mumkin. Sanoatni rivojlantirish va joylashishiga
sezilarli tasir etuvchi omillar qatoriga murakkab yunalishga infratuzilma mazmuni
ham kiradi. Asosiy ishlab chiqarish in’fratuzilmasi (transport- aloxa vositalari,
elektr uzatish liniyalar, suv bilan taminlash tizimlari, kanallari imkoniyatlariva
boshqalar) va ijtimoiy infratuzilma ( uy-joy, maorif, tibbiyot, sport, savdo kabi
muassasalar) ga bulinadigan bu majmusiz joylarda ishlib chiqaruvchi kuchlarini,
jumladan, sanoatni rivojlantirib bo’lmaydi.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |